Qarindoshlik haqi. (Yoxud silai-rahm)  ( 5075 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Muvahhid  21 Dekabr 2010, 16:51:37

Муҳтож қариндошларига ёрдам бериш мусулмонга вожибдир. Ҳадисларда ака ота срнида, опа она срнида скани айтилган. Демак, акани ота каби ҳурматлаш, опани она каби съзозлаш лозим. Ўз навбатида, бу қоидадан ака ва опанинг ука-сингилларига ота ва она каби ғамхсрлик қилишлари кераклиги ҳам англашилади. Абу Бакр Сиддиқ (Аллоҳ рози бслсин) камбағал, ғайридин қариндошига нафақа беришни тсхтатганларида А асулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) танбеҳ берганлар. Мсмин киши сқинларидан схшилик ксрмаса ҳам, улардан ёрдамини асмаслиги керак.

Лайғамбаримизга (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) саҳобалар қариндошларидан шикост қилишганида, у зот: "œУлар ёмонлик қилишса ҳам, сизлар схшилик қилаверинглар", деб буюрганлар.

Қуръони каримда: "œА­й одамлар! Сизларни бир жон (Одам)дан сратган ва ундан жуфти (Ҳавво)ни сратган ҳамда иккисидан ксп сркак ва аёлларни тарқатган А аббиларингдан қсрқинглар! Шунингдек, срталарингдаги сзаро муомалада номи келтирилувчи Аллоҳдан ва қариндошлар (алоқасини узиш)дан қсрқинглар! Албатта, Аллоҳ сизларни кузатиб турувчидир" (Аисо, 1), дейилган.
Ҳадисда қариндошлик ҳақ-ҳуқуқларига амал қилмай, сътиборсиз бслганлар жаннатга кирмаслиги маълум қилинган. Яна бир ҳадисда: "œҚариндошларидан алоқани узган одам жаннатга кирмайди. Силаи раҳм доимий борди-келди смас, балки узоқлашиб кетган қариндошнинг ҳолидан хабар олишдир" (Бухорий ва Муслим ривости), дейилади.

Қариндошлик ҳақлари фақат борди-келдиларнинг такрорланиши билан чегараланиб қолмай, очин-тсқин кунларида далда бслиш ва хурсандчилигига шерик бслишни ҳам тақозо стади. Инсон табиатан сқинларига, оғайниларига суснишни хоҳлайди ва топганларини улар билан баҳам ксришга уринади. Яқинларнинг сзаро борди-келдини узиб қсйиши жамистда меҳрсизлик, бағритошлик деб баҳоланади. Бундай кимсалардан схшилик умид қилинмайди. Қариндошлик алоқаларининг мустаҳкамлиги жамист тараққиётида ҳам муҳим омилдир. Аҳиллик, меҳрибонлик устувор жамистда муҳтожлар бслмайди, етимлар ксчада қолмайди. Аллоҳ таоло барчаларимизни бир-бирларимизга меҳр-муҳаббатли қилсин, фаровон ҳаёт кечиришимизни насиб стсин!


Собиржон АА ЗИҚУЛОВ,
Ўзбекистон мусулмонлари идораси фатво
бслими ходими

Qayd etilgan


Saliha  21 Dekabr 2010, 23:28:33

Muvahhid, Allah rozi bo'lsin..
hozirgi zamonda juda mehr-muhabbat kam..Rabbim oqibatli qilsin...

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  17 Fevral 2011, 19:08:44

Salmon ibn Yazid r.a. dan  rivoyat qilinadi ushbu muborak hadisi sharif:

-Kunlardan bir kuni biz, Payg'ambar s.a.v. bilan arafa kuni bir davrada o'tirib qoldik.
 Shunda RasulALLOH s.a.v.:
-Oramizda qoti'u rahm (ya'ni silai rahmni aksi) qarindoshlari bilan arazlashib yurganlar bo'lsa, men o'tirgan davradan turib ketsin dedilar.
 Hech kim turmadi, magar ham bir kishi turdi, va bir qancha fursatdan keyin qaytib keldi.
 Nabiy s.a.v.: Hech kim o'rnidan turmadi sen indamasdan turib ketib qolding? Nega unday qilding dedilar?
 Shunda haligi sahoba r.a.:
-Yo RasulALLOH, O'zingiz qarindoshlari bilan arazlashib yurgan men bilan bir davrada o'tirishga noloyiq dedingiz, yashirib o'tirganim bilan qalblarimizni bilguvchi ALLOH bor qiyomatda javob beraman deya, anchadan buyon bir xolam bilan arazlashib yurgan edim, shu kishini yonlariga ketdim. Xolamga borib:
-Ey xolajon, RasulALLOH s.a.v. kimda-kim, qoti'u rahim, bo'lsa men bilan bir davrada o'tirishga noloyiq  dedilar, meni kechiring  dedim, xolam meni kechirdilar, men xolamni kechirdim va biz yarashib oldik dedilar. Shundan keyin men qaytib keldim siz bilan o'tirishga loyiq bo'lsam kerak deb o'yladim.
 Olamlarga rahmat qilib yuborilgan zot, Payg'ambarimiz s.a.v.:
-Qanday ham yaxshi odamsan, biz bilan o'tirgin dedilar.
Ogoh bo'ling, bir jamoatni ichida, bitta qoti'u rahim bo'lsa usha jamoatga, ALLOHning rahmati tushmaydi va o'sha bandani duosi qabul bo'lmaydi dedilar.

Qoti'u rahim, duoni qabul bo'lishiga to'sqinlik qiladi.

ALLOHim barchalarimizni, bir-biriga mehribon, silai rahimli mo'min bandalaridan qilsin!

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  13 Avgust 2011, 14:38:57

''Hotirjamlik sirlari yoxud rizq sabablari''da shunday deyiladi :
Silai rahm 3ga:
1. Haqiqiy silai rahm . Bunday insonlar nodir. Undan hech kim xabar olmasa ham uning o'zi yaqinlaridan xabar olaveradi.
2. Qarzini o'tovchi ya'ni, uni bemorligida yoki boshqa shunga o'xshash vaziyatda kim xabar olishga kelgan bo'lsa, qanday yordam bergan bo'lsa u ham shunday holatda o'sha insonlarni ko'rishga boradi va berganlariga yarasha qaytaradi.
3. Silai rahmni uzgan. Bundan barcha xabar olsa ham u hech kimdan xabar olmaydi.


Qayd etilgan


Secret  13 Avgust 2011, 16:23:39


Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œAllohdan qo‘rqinglar va silai rahm qilinglar. Chunki u sizlar uchun dunyoda hamma narsadan yaxshiroqdir, mustahkamroqdir. Oxiratda sizlar uchun yanada yaxshiroqdir", dedilar.

Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œKim Allohdan qo‘rqsa, silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, moli ko‘payadi, ahlini yaxshi ko‘radi".
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Umrning ziyoda bo‘lishida ulamolar ixtilof qildilar. Ba’zilar aytdilar: "œKim silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, degan xabar zohiriydir". Ba’zilar aytdilar: "œTaqdir o‘zgarmaydi, chunki Alloh taolo:
"œBas, qachon ularga ajallari yetsa, uni biron soatga ketga ham, ilgariga ham sura olmaydilar" (A’rof, 34), degan. Lekin umrni ziyoda qilishning ma’nosi o‘limdan keyin uning savobini yozmoqlikdir. O‘limidan keyin unga savob yozsa, go‘yoki umrini ziyoda qilgandekdir".

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  16 Avgust 2011, 13:11:07

Bismillahir Rohmanir Rohim !
Assalomu aleykum !
Bugungi kunimiz va kelajagimiz uchun ham zarurat bo'lgan silai rahmning o'nta fazilati :

1. Ollohning rizoligi. Bu barcha mo'min musulmonlarning qalblaridagi eng xayrli niyat va umidlari eng asosiy maqsadlaridir. Ollohning rizosiga erishishni istasangiz silai rahm qiling.

2. Boshqa musulmoning qalbiga hursandchilik kirgazish. Payg'ambarimiz s.a.v. dan amallarning afzali qaysi deb so'rashganda. Musulmonning qalbiga hursandchilik kirgazish deya marhamat qildilar .

3. Farishtalar hursand bo'ladi bu amaldan.

4. Qarindosh urug'ining holidan xabar olgan insonni barcha yaxshi ko'radi. Qarindoshlariz orasida gapingiz o'tadi. Oyda yilda bir borib shundayam jiyanlarizi namoz o'qimayotganidan yoki ro'mol o'ramayotganidan gapirasiz. U gapizni omidi chunki avvalroq uning qalbiga hursandchilik kirgazishingiz, tez tez hollaridan xabar olishingiz kerak.


5. Iblisning qalbiga g'am kiradi. Chunki, Ollohni rozi qiladigan amallarni qilsangiz iblisning qalbiga g'am kiraveradi.

6. Umrga ziyodalik , baraka beriladi.

7. Rizqqa baraka kiradi.

8. Mayyitlar ham silai rahmdan hursand bo'ladi.
Bir kishi Rasululloh s.a.v.dan:ota onam vafot etib ketishgan ularga qanday yaxshilik qilay? Qarindos urug', do'stu birodarlarining holidan xabar olgin -deya marhamat qildilar.
Davomi . . .

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  24 Avgust 2011, 13:37:22

9. Musulmonlar o'rtasida muhabbat paydo bo'ladi !

10. Silai rahm qilgan inson vafot etgandan so'ng ham savob yetib turadi.

Oramizdan silai rahm yoqolmasin.

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  26 Avgust 2011, 15:18:23

Silai rahm :
1. Mol dunyo bilan
2. Holidan xabar olish bilan
3. Qo'lizdan kelgan mehnat bilan yordam berish orqali
4. Hech biri qo'lizdan kelmasa haqlariga duo qilish bilan qilinadi .

Qayd etilgan