2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi  ( 23964 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 14:00:32

2010 yilning eng yaxshi tashkilotchisi


Ushbu nominatsiya g'olibi Abdulaziz deya baholandi.
O'zi bizlardan necha ming millar uzoqda bo'lsa-da, har bir uzerga telefon qilib, uchrashuvlar, turli tadbirlar tashkil etishdan zerikmaydigan Chustiy 2-o'rinni band etdi.
Biz Islomni bilamizmi viktorinasi munosabati bilan o'tgan uchrashuvda va iftorlik uchrashuvida xizmat qilgan Habib 3-o'ringa loyiq deb topildi.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

AbdulAziz    - 16 (31.4%)
Chustiy    - 11 (21.6%)
Habib    - 9 (17.6%)
Y_U_R_I_S_T    - 6 (11.8%)
Robiya    - 5 (9.8%)
Iymona    - 2 (3.9%)
Yoqutxon    - 2 (3.9%)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 14:08:49

2010 yilning eng odobli ishtirokchisi


Ushbu nominatsiyaning g'olibi deya Mo'min Mirzo va AbdulAziz e'tirof etildi. Mo'min Mirzo hayotda ham, forumda ham odoblari, tavozelari bilan ko'pchilikning hurmatini qozongan uzerlardan. Kam gapirganidan uyanchan shekilli deb o'ylaydi, kishi. Lekin ba'zida shiddatli gap gapiradigan payt kelganda hech kimni ayab o'tirmaydi.
2-o'rinni Kapalak opa va Ziyovuddin band etishdi. Ziyovuddin juda kamtar bo'la. Hamma aytgandek uyatchan emas. Istalgan mavzuda suhbat qursangiz, sizga yaxshi suhbatdosh bo'la oladi.
Uchinchi o'rin Abu Muso aka va Muallimga nasib etdi. Abu Muso aka bilan bir marta telefonda gaplashish nasib etdi. Muallim bilan ikki marta uchrashdik. Ochiq chehrali, yaxshi hamsuhbat.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Mo'min Mirzo    - 11 (12%)
AbdulAziz    - 11 (12%)
Kapalak    - 9 (9.8%)
Ziyovuddin    - 9 (9.8%)
Abu Muso    - 8 (8.7%)
Muallim    - 8 (8.7%)
Robiya    - 6 (6.5%)
Mirolim    - 4 (4.3%)
Braupov    - 4 (4.3%)
Abdulhafiz    - 3 (3.3%)
G_u_l_i    - 3 (3.3%)
Iymona    - 2 (2.2%)
Muhammad Amin    - 2 (2.2%)
Musannif Adham    - 2 (2.2%)
Shokir63    - 2 (2.2%)
Siddiqa    - 2 (2.2%)
Ummatiy Muhammadiy    - 2 (2.2%)
Yoqutxon    - 2 (2.2%)
Zamiraxon    - 1 (1.1%)
Hadija    - 1 (1.1%)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 14:15:23

2010 yilning eng yaxshi moderatori


Moderatorlik - og'ir yumush. Hammaga birdek muomala qilish, topib gapirish, bo'limni adolatli boshqarish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi.
Demak, g'oliblar:
Chustiy - eng ko'p tashrif buyuriladigan Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar bo'limi moderatori
Javik - yaqindagina ochilganiga qaramay, bo'limni ajoyib ensiklopediya ko'rinishiga keltirgan Salomatlik bo'limi moderatori.
Tikuvchilik, Pazandalik bo'limlarini doimo yangiliklar bilan to'ldiradigan Kapalak opamiz 2-o'rinni band etdilar.
Ma'rifat, Oila va jamiyat kabi ma'rifiy, ibratli bo'limlar moderatori Robiya 3-o'ringa munosib topildilar.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Chustiy - Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar bo'limi moderatori    - 10 (17.5%)
Javik - Salomatlik bo'limi moderatori    - 10 (17.5%)
Kapalak - Tikuvchilik, Pazandalik bo'limlari moderatori    - 8 (14%)
Robiya - Ma'rifat, Oila va jamiyat bo'limlari  moderatori    - 7 (12.3%)
Foniy - Umumiy, Madaniyat bo'limlari moderatori    - 6 (10.5%)
Shoxjahon12 - Yangiliklar, Futbol bo'limlari  moderatori    - 4 (7%)
Y_U_R_I_S_T - Intellekt bo'limi moderatori    - 4 (7%)
Abu Muso - Yigitlar bo'limi moderatori    - 3 (5.3%)
Muhammad Sohib - Salomatlik bo'limi moderatori    - 3 (5.3%)
Musannif Adham - Yangiliklar bo'limi  moderatori    - 2 (3.5%)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 14:20:14

2010 yilning eng qiziqarli uchrashuvi


Men ushbu nominatsiya bo'yicha Vodiyliklarninmg birinchi uchrashuvi - Kosonsoydagi yig'ilish birinchi o'rinni olarmikan deb umid qilgandim. Eh, Toshkandegilar-ey, sizlar bizninfg qanday maza qilganimizni ko'ziylar bilan ko'rmadinglar-da. Ko'rganiylarda albatta bizga ovoz berardiylar. :)
Xullas, 1-2-o'rinlar Toshkent uchrashuvlariga nasib etdi.
Inshaalloh keyingi safar vodiy, voha uchrashuvlari sovrinni qo'lga kiritamiz-a? Nima dedinglar :)

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Toshkent uchrashuvlari: 28.11.2010    - 13 (31%)
Forumdoshlar uchrashuvi: Toshkentda (iftorlik)    - 10 (23.8%)
Vodiyliklarning 1-uchrashuvi. Kosonsoy    - 6 (14.3%)
Toshkent uchrashuvlari turkumidan navbatdagisi    - 5 (11.9%)
Vodiyliklarning 2-uchrashuvi. Vodil    - 4 (9.5%)
Vodiyliklarning 3-uchrashuvi. Chinobod    - 3 (7.1%)
Moskvadagi forumchilar uchrashuvi    - 1 (2.4%)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 15:00:05

Diqqat!
Ushbu nominatsiya g'oliblari imzolariga administrator tomonidan g'oliblik belgisi tushirildi. Hayron bo'linmasin!

2010 yilning eng yaxshi yangi ishtirokchisi - Yoqutxon

2010 yilning eng ko'p rahmat aytuvchi ishtirokchisi - Kapalak

2010 yilning eng yaxshi suratchisi - Kapalak

2010 yilning eng yaxshi ayol ishtirokchisi - Kapalak

2010 yilning eng yaxshi avatar sohibi - Robiya

2010 yilning eng yordamsevar ishtirokchisi - Javik

2010 yilning eng yaxshi erkak ishtirokchisi - Muhammad Sohib  

2010 yilning eng yaxshi so'z ustasi - Chehmik

2010 yilning eng yaxshi nik sohibi - Abdulloh va Iymona

2010 yilning eng kamnamo ishtirokchisi - Shoir  

2010 yilning eng quvnoq ishtirokchisi - BelleQizcha

2010 yilning eng yaxshi oshpazi - Chustiy  

2010 yilning eng odobli ishtirokchisi - Mo'min Mirzo

2010 yilning eng yaxshi moderatori - Chustiy va Javik

Qayd etilgan


Saliha  27 Dekabr 2010, 15:01:25

Allah hayirli qilsin...

Qayd etilgan


JaviK  27 Dekabr 2010, 15:19:59

Assalamu Alaykum

Taqdimot marosimiga uzoq yaqindan tashrif buyurgan forum a`zolari va mehmonlar. Taqdimot yig`ilishimizga hush kelibsizlar. Mana Alloh nasib aylab yilning nihoya kunlarida shu taqdimotlar topshirilish guvohi bo`ldik. Avvalambor forumni tashkil qilgan Davron akaga rahmat. Shu forum orqali ancha do`stlar, akalar, maslahatchi opalar bilan tanishdik. Forumni rivoji uchun jon kuydirgan hamma user va userkalarga rahmat. Alloh ilmli mo`min, mo`minalardan qilsin. Eng qiziqarli uchrashuv nominatsiyasi bo`yicha ikki o`g`iz so`z. Hudo hohlasa 2011 yil yoz oylarida barcha toshkenliklarni yig`ib Vodiyning biror So`lim joyida Ostidan suv o`qib turgan so`rilarda mehmon qilsek 2011 Yilning eng qiziqarli uchrashuvi degan naminatsiyaga Vodiydagi uchrashuvga qanday qilib ovoz berishganini bilmay qoladi  ;D

Qayd etilgan


Hadija  27 Dekabr 2010, 16:48:04

G'oliblarni va nomzodlikda ishtirok etgan user va userkalarni chin qalbdan muborakbod etaman. Alloh hayirli va ziyoda qilsin... Nomlari zikr qilinmagan userlar kelasi yilda faolroq b-b naminatsya g'oliblari bo'lmoqlik nasib qilsin...

Qayd etilgan


muxlisa  27 Dekabr 2010, 16:52:25

 :as:

G'olib va g'olibalarni tabriklayman! Alloh muborak qilsin!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Dekabr 2010, 16:58:17

Yaxshi, ajoyib o'tibdi so'rovnoma. Shu faqat bironta oltin ololmaganim yomon bo'ptida... :7

Ammo natijalardan nolisak ham uyat bo'lar.

www.oshxona.uz rasmiy saytining xabar berishicha Chustiy hamda uning prodyusseri Y_U_R_I_S_T so'rovnomalarda 2 ta oltin, 6 ta kumush, 2 ta bronza - jami 10 ta medal olib, umumjamoa hisobida (o'zi bizdan boshqa jamoa bo'lmasa kerak :7) 1-o'rinni egallashdi :7

Barcha-barcha forumdoshlarni g'alabalar bilan va muvaffaqiyatli o'tgan 2010-yil bilan tabriklayman.

Kirib kelayotgan yangi 2011-yil bu yilgidan ham muvaffaquyat va omadlarga boy bo'lsin. Forumdoshlar oilasida tug'ilgan kichkintoylar katta yigit, katta qiz bo'lishsin. 2011-yilda yana ko'plab forumdoshlar oilasida chaqolaqlarning "inga-ingasi" eshitilsin...

Forumdosh abiturientlarga talaba bo'lish nasib qilsin...

Bu yil oliy o'quv yurtini tugatoyatganlar esa osongina "diplomlarini" himoya qilib olishsin.

Forumimiz ravnaqi yanada oshib, reytinglarda doimo yuqori o'rinlarda yuraversin. Xayrli tadirlar yanada ko'plab o'tkazilsin.

Ilm olish yo'lida charchamasdan yurgan barcha forumdoshlarimiz har doim Ziyouzning ilm ziyosidan bahramand bo'lib yurishsin...

Qayd etilgan