Kiprik va qosh kuyishi  ( 8647 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nurilla  28 Dekabr 2010, 18:43:02

:as
Kiprik va qosh kuygandan keyin yana qaytadan o'sadimi? Qanday davo usullari bor? Nimalar qilish kerak? Yordamingizni ayamaysizlar degan umiddaman.

Qayd etilgan


Sevdo  28 Dekabr 2010, 20:28:43

Assalomu alaykum,kiprik va qow kuyganda albatda qayta o'sadi,qaconki ostidagi teri ham kuyib,uzgariwga ucramagan busa.

Qayd etilgan


Aqoid  28 Dekabr 2010, 20:34:04

Bir zamonlar sochim, qoshim,yuzim yaxshigina kuygandi. Yuz terim deyarli yangi o'sib chiqqan-ov. Xavotir olmang, qoshiz o'sib chiqadi Inshaalloh!

Qayd etilgan


Ummu Muslima  28 Dekabr 2010, 20:35:16

ha, bunaqa holatlar ko'p kuzatilgan , yegil kuyish bo'lsa qaytadan o'sib  chiqadi,
agarki
,qaconki ostidagi teri ham kuyib,uzgariwga ucramagan busa.


Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  28 Dekabr 2010, 22:22:34

:as
Kiprik va qosh kuygandan keyin yana qaytadan o'sadimi? Qanday davo usullari bor? Nimalar qilish kerak? Yordamingizni ayamaysizlar degan umiddaman.
va alaykum assalom.
Agar kuygan qoshu kiprikni ishqalab ildizidan to'kib yubormasangiz yana qayta o'sib chiqaveradi. Zero, kuyganda tepa qismi kuyadi, ter biroz kuyganda ham ildizi joyida qoladi, shunga baribir o'sib chiqaveradi.

Qayd etilgan


Nurilla  29 Dekabr 2010, 03:26:01

Javoblaringiz uchun hammangizdan Alloh rozi bo'lsin. Ehtiyotsizligim oqibatida yani katyolga gaz yoqvotganimda gaz yig'ilib qolgan ekan, katyol bang'illab g'ishtlari joyidan otilib, azgina olov urildi. O'ng ko'zimdagi kiprigim bilan qoshim kuyibdi. Allohga behad hamdu sanolar bo'lsinki, jiddiy shikastlanmadim. Alloh o'zi davosini bersin.

Qayd etilgan