Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)  ( 27422 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Abdulhafizaka  12 Iyun 2013, 11:51:39

Smarodinadan murabbo qilishni biladiganlar yo'qmi  :(

Qayd etilgan



Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:06:32

Nok va yong'oqli murabbo


Zarur masalliqlar:
1 kg nok, 2 kg
shakar, 5 dona qalampirmunchoq,
4 tayoqcha dolchin va yong'oq.

Tayyorlanishi:
1. Qattiqroq noklarni (yumshog'i
jem bo'lib qoladi) sovuq suvda
yuvib, o'rtasidan bo'lib,
urug'laridan tozalang.
Yana 3-4
bo'lakka bo'ling. Ustidan shakar
sepib qo'ying. 30-40 daqiqa
tursin.
2. O'rtacha olovga qo'yib,
ko'piklarini oling. Mudom
aralashtirib turing. 5 daqiqadan
so'ng qalampirmunchoq, dolchin
va yong'oqlarni qo'shing. So'ng
olovni o'chiring. 30 daqiqadan
keyin yana 10 daqiqa qaynating.
Sterillangan bankalarga solib,
mahkamlang.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:09:31

Tarvuz po'stidan qiyom

Zarur masalliqlar:
1 kg tarvuz va 0,5 kg shakar.
Tayyorlanishi:
1. Tarvuz po'stini ajratib olib,
somoncha shaklida to'g'rangda,
ustidan shakar sepib qo'ying. 4
soat tursin.
2. Hosil bo'lgan sharbatni
qaynating. Siropni tarvuz po'sti
ustidan quyib, kechasi shu holicha
qoldiring. Ertasi kuni yana siropni
olib qaynating. Shu tariqa 4 marta
shaffof rangga kirguncha
takrorlang.
3. Qaynatilgan po'stloqli siropni
qizib turgan gaz pechida 10
daqiqa quriting. So'ng pechdan
olib, qand upasiga belab,
banjalarga joylang. Suvdan va
muzlatkichdan yiroqda saqlashni
unutmang.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:12:03

"Oltin uzum" murabbosi

Zarur masalliqlar:
1 kg dan uzum va shakar, 1
stakan suv, 100 gr maydalangan
yong'oq, vanilin, olcha darahti
bargi.
Tayyorlanishi:
1. Uzumlarni urug'idan ajrating. 1
stakan suvga olcha barglarini solib
qaynating. Keyin shakarni solib,
qiyom tayyorlang.
2. Qiyomga uzumni solib, 10
daqiqa qaynating. Keyin olovni
pasaytirib, 10 daqiqadan qaynatib,
olovni o'chiring. Shu tarzda jami 8
soat davomida qaynating.
Murabbo tayyor bo'lishiga oz
qolganda maydalangan
yong'oqlarni ham soling.
3. Murabboni sterilizatsiyalangan
bankalarga solib yoping.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:13:04

Behi va limonli murabbo

Zarur masalliqlar: 1 kg behi va
shakar, 1 dona limon, 1 stakan
yong'oq.
Tayyorlanishi:
1. Behi urug'i va po'stini tozalab
(faqat tashlab yubormang),
to'g'rang. 10 daqiqa qaynagan
suvga solib qo'ying. Yarim kg.
shakar va 1 stakan suv bilan
qiyom qiling va uni behining
ustiga quyib, 3-4 soat qoldiring.
2. Keyin qaynatishga qo'yib, ustiga
qolgan shakarni soling. 2-3 marta
10 daqiqadan qaynatib, o'chirib
qo'ying. Behi po'stlog'ini 1 stakan
suv (behi ivitilgan suvni olsa ham
bo'ladi) bilan 10-15 daqiqa
qaynating. Suzib olib, sovutib
qo'ying.
3. Behi po'stlog'ini murabbo oxirgi
marta qaynatilgan vaqtda
yong'oqlar bilan birga soling.
Limonni ham halqa shaklida
to'g'rab, murabbo tayyor
bo'lishiga 3-5 daqiqa qolganida
soling. Bankalarga solib,
qopqog'ini yoping.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:15:38

"Shirintoy" murabbosi

olma va shokolad uyg'unligi
Zarur masalliqlar:
2 kg olma, 1,5 kg shakar, 100 gr
oq shokolad, dolchin, limon
kislotasi va qirindisi, vanilin.
Tayyorlanishi:
1. Olmalarni yuvib, 4 bo'lakka
bo'ling, urug'idan tozalab, yarim
aylana shaklida yupqa qilib
to'g'rang. Shakar sepib, ustini
yopib, 1 kun qo'ying.
2. Ertasi kuni olmani suvi bilan
past olovda qaynating. Olmalar
pishgach, vanilin, dolchin, limon
kislotasi va qirindisini solib, past
olovda qaynatishda davom eting.
3. Shokoladni qirg'ichdan o'tkazib,
uni ham murabboga soling,
yaxshilab yana bir marta
qaynating-da, sterizatsiyalangan
bankalarga solib yoping.
Bankalarni teskari tarafga
to'nkarib qo'ying.

Qayd etilgan