Behi murabbosiMasalliqlar: 5 dona yirik behi va danaklari
5 stakan suv (1 kg)
1 kg shakar
3-4 tomchi limon suvi
Tayyorlanishi: Behilarni po'stini archib, bir sovuq suvni ichiga kubik shaklida to'g'rang.
5 stakan suvni qaynating, suvni ichidagi behilarni suzib oling. Danaklari bilan birgalikda qaynayotgan suvni ichiga soling.
Behilar yumshaguncha o'rta olovda qaynating.
Behilar yumshagandan keyin shakarni soling va qaynatishga davom eting. 20 daqiqa so'ngra murabboni qo'yiqligini tekshiring.
Qo'yiqligini aniqlash uchun sovuq bir tarelkani ichida qoshiqni uchida soling, tarelkani eging, suvday oqsa demak hali tayyor emas. Tarelkani egishingiz bilan murabbo qo'yiq holda oqsa demak tayyor.
Murabboni qaynatish jarayonida behi va suvi qo'yiq pushti rangga kiradi. Murabbo qo'yiqligidan ko'nglingiz to'lgandan keyin 3-4 tomchi limon suvini soling. 1-2 marta qaynab chiqqandan keyin olovni so'ndiring va sovushini kuting.
Eslatma: Behining danaklari murabboga gelga o'hshash qo'yiqlik va rang beradi, shuning uchun albatta danagini ham soling. Orada yegan behilaringizni danagini ham yig'ib, murabbo qilganingizda ishlating.
Ha keyin, men qo'shimcha sifatida murabboga 5-6 dona (2 kg murabboga) qalampirmunchoq, Rus.gvozdika, (karanfil Turkchasi) soldim. U ham muraboga xush ta'm va o'ziga xos rang beradi:)