Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)  ( 38356 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ansora  31 Dekabr 2010, 16:18:47

 :as:

Azizlar, bu mavzuda murabbo tayyorlash haqidagi fikr-mulohazalaringizni, turli xil murabbo ta'riflarini yozasiz, degan umiddaman.

Baribir uyda tayyorlangan murabbolar: sifatli, mazali, barakatli eng asosiysi ishonchli bo'ladi, nima deysizlar:)




Qayd etilgan


Saliha  31 Dekabr 2010, 16:56:30

Kapalak rahmat yahshi mavzu bo'bdi... rosdan insonni ta'bi tortmidi tashqaridan toyyorlanganlani sotib olishga..
manam hozir qishdi kunida ko'p bolgan..Kivi murobbosini tayorlanishini yozib o'tsam..
KIvi murobbosiga masallula..
1 kg Kivi..
1 kg shakar..
1 dona limon suvi..
kivini tozalab, kubik shakilda to'remiz va shakarni sepib..1 kecha suvi chiqishini kutamiz..1 kechadan keyin olovga qo'yib qaynab chiqqandan keyin ust ko'piglarini olib... qiyom rangiga kelgandan keyin limon suvini quyib 5-6 daqiqa qaynatamiz..tayyor va mazali..

Qayd etilgan


muxlisa  31 Dekabr 2010, 17:38:03

 :vslm:

Kapalakhonim mavzu un raxmat. Rostan ham Salihahonim aytganlaridek, uyda tayyorlangan narsalar o'zinig pokizaligi va ishonchliligi bilan afzal bo'ladi.  Men ham shu mavzuda bu yil tayyorlagan murabboimni retseptini yozmoqchiman. Bu murabboni asosan shamollagan paytda  choyga qo'shib ichilsa, foyda bo'ladi deb eshitganman. O'zim ham shu murabboli choyni ichishni yaxshi ko'raman.
 Bu muraboni deyarli ham uy bekalari bilishadi:)

Malina bn shponka (shonkani o'zbekcha nomini bilmayman) murabbosi:

1kg malina bn shonkaga taxminan
800 gr shakar solaman.
Mevalarning suvi chiqqandan keyin juda past olovga qo'yaman.
Murabbo qaynab chiqqan zahoti shisha idishlarga yopib qo'yaman.


Qayd etilgan


BelleQizcha  31 Dekabr 2010, 18:28:37

Sabzini murabossiyam chotkiiy chiqadi lekin.

Qayd etilgan


Saliha  31 Dekabr 2010, 20:44:45

Muhlisabonu, rosdan ham Malina gripga, shamollashga judayam foydali..mangayam malina rosa yoqadi..man boshqacha tayorleman..
masalan:kg ram malinaga, kg ram shakarni qo'shib qo'lda yahshilab eziladi va elim idishlaga qo'yib holodilnikda saqlanadi..qaynatilgandan bu usuli sveji va ta'mi o'zida qoladi..

Qayd etilgan


Ansora  05 Yanvar 2012, 17:24:11

 :asl3:



Behi murabbosi, tayyorlanishini yozaman inshalloh.

Qayd etilgan


azizbek_mx  05 Yanvar 2012, 17:25:55

:asl3:



Behi murabbosi, tayyorlanishini yozaman inshalloh.
mana shu murabbo jon dilim. Juda yaxshi köramanda, keyin tarvuzdan qilinganiyam juda boshqacha böladi

Qayd etilgan


Ansora  12 Yanvar 2012, 13:39:13

Behi murabbosi

Masalliqlar:

5 dona yirik behi va danaklari

5 stakan suv (1 kg)

1 kg shakar

3-4 tomchi limon suvi

Tayyorlanishi:

Behilarni po'stini archib, bir sovuq suvni ichiga kubik shaklida  to'g'rang.

5 stakan suvni qaynating, suvni ichidagi behilarni suzib oling. Danaklari bilan birgalikda qaynayotgan suvni ichiga soling.

Behilar yumshaguncha o'rta olovda qaynating.

Behilar yumshagandan keyin shakarni soling va qaynatishga davom eting. 20 daqiqa so'ngra murabboni qo'yiqligini tekshiring.

Qo'yiqligini aniqlash uchun sovuq bir tarelkani ichida qoshiqni uchida soling, tarelkani eging, suvday oqsa demak hali tayyor emas. Tarelkani egishingiz bilan murabbo qo'yiq holda oqsa demak tayyor.

Murabboni qaynatish jarayonida behi va suvi qo'yiq pushti rangga kiradi. Murabbo qo'yiqligidan ko'nglingiz to'lgandan keyin 3-4 tomchi limon suvini soling. 1-2 marta qaynab chiqqandan keyin olovni so'ndiring va sovushini kuting.


Eslatma:
Behining danaklari murabboga gelga o'hshash qo'yiqlik va rang beradi, shuning uchun albatta danagini ham soling. Orada yegan behilaringizni danagini ham yig'ib, murabbo qilganingizda ishlating.


Ha keyin, men qo'shimcha sifatida murabboga 5-6 dona (2 kg murabboga) qalampirmunchoq, Rus.gvozdika, (karanfil Turkchasi) soldim. U ham muraboga xush ta'm va o'ziga xos rang beradi:)


Qayd etilgan


Ansora  24 Yanvar 2012, 13:30:03



Yangi "mahsulotlardan" biri:)

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  12 Iyun 2013, 10:00:41

Assalomu alaykum.
Qora qorag'atdan murabbo tayyorlash ucun bir kilogramiga qancha shakar qo'shadi biladiganlar bormi.

Qayd etilgan