Bolalar aravachasi (xodunok) haqida fikrlaringiz qanday?  ( 8472 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  06 Yanvar 2011, 19:20:13

 :as:

Yaqinda o'g'lim nasib bo'lsa 7-oyini to'ldirib, 8-oyga qadam qo'yadi.

Unga o'tirishi va yurgunicha harakat eta olishi uchun xodunok olmoqchimiz?

Faqat bazi xavotirlarim bor. Sizlar bu haqda nima deysizlar azizlar?




Qayd etilgan


Solihatun  08 Yanvar 2011, 18:16:09

Bu haqda aniq ma'lumotga egamasman, lekin ukammi yoshligida oberishganidi uydagila. Shunga qiziqib, harakat qib yurib ketganidi. Manimcha zararlimas.

Qayd etilgan


Ansora  18 Yanvar 2011, 15:16:28

Yuqorida bazi xavotirlarim bor degandim bular:

1. Bolani oyoqlari doimiy ravishda ochiq turgani uchun oyoq shakli buzilishi mumkinmi?

2. Aravacha to'htamay harakat etgani uchun bola o'zini u yer bu yerga urib olishi mumkini? Xozir 8-oydan 1 hafta oldik. Balandlik degan narsani hali tushunganimizcha yo'q.


Qayd etilgan


muxlisa  18 Yanvar 2011, 16:11:19

 :as:

Iqtibos
Yaqinda o'g'lim nasib bo'lsa 7-oyini to'ldirib, 8-oyga qadam qo'yadi.

subhanalloh, ko'z tegmasin..

Iqtibos
Yuqorida bazi xavotirlarim bor degandim bular:

1. Bolani oyoqlari doimiy ravishda ochiq turgani uchun oyoq shakli buzilishi mumkinmi?

Xodunokda o'tirgan bolalarni ko'rganman. Bola doimiy ravishda xodunokda o'tirolmaydi, tez zerikib, charchaydi. Xodunok o'rindig'i bolani oyoqlarini juda katta ochib yuboradigan darajada ishlanmaydi, aksincha bolani yurishi va o'ritishi  un qulayroq qilinadi.

Iqtibos
2. Aravacha to'htamay harakat etgani uchun bola o'zini u yer bu yerga urib olishi mumkini? Xozir 8-oydan 1 hafta oldik. Balandlik degan narsani hali tushunganimizcha yo'q.

Xodunogda harakatlanayotgan bola o'zini u yoq-bu yoqqa urib olmasligi un xodunogning tepa va past qizmi keng qilingan. Bu bolani boshini urib olishdan va ag'darilishidan himoya qilishga sabab bo'ladi.

Bu mani xodunogda o'tirgan bolalarni kuzatganimda olgan xulosa va fikrlarim...

Qayd etilgan


Ansora  18 Yanvar 2011, 16:17:47

muxlisaxon, fikrlaringiz uchun katta rahmat. Doktorlar aravachada o'tirishga zotan kunda 1 soatgagina ruhsat berisharkan...chunki bu oylarda bolani beli hali qotmagani uchun bel suyaklari egri bo'lish (Alloh saqlasin) holatlari kuzatilarkan:( yani bir xil holatda ko'p o'tirish, egri o'tirish yoki kutilmagan harakatlar dastidan...

Qayd etilgan


muxlisa  19 Yanvar 2011, 14:39:13

Assalamu alaykum.

Kecha sizning bahonangizda bir-ikta ruscha forumlarni ko'rdim:)

Xodunok haqida hamma har xil fikr bildirgan.. ortoped va pediatr shifokorlar bolalarni xodunokka o'tqizishga umuman qarshi. Xatto bir ma'lumotni o'qib qoldim. Kanadada xodunok rasman taqiqlanganmish..

Ba'zi onalar o'z farzandlarini xodunokka o'tqizmas ekan. Sababini quyidagicha izohlashgan:

 "xodunok bola umurtqa suyagi un zararli. bolani, to o'zi xohlamaguncha oyoqqa turgizish yoki o'rqizish mumkin emas...",

"bolaning tabiatida o'z vaqti-soati bilan emaklash va yurish nasibasi bor. agar biz bu rivojlanish jarayonini xodunokka yuklab qo'ysak, bolaning asosan aqliy rivojlanishi sekinlashadi..",

"xodunokda yurish, bolaning oyoqlariga tushadigan o'g'irlikni noto'g'ri taqsimlaydi. Oqibatda bola, yoki oyoq uchida yurishga odatlanadi (ya'ni to'g'ri qadam tashlashni o'rganishi qiyinlashadi), yoki yassioyoqlik defektini orttirib oladi.."

lekin: "yurishga harakati boshlanayotgan bolaga xodunok asqotadi, agar xodunokda o'tirish vaqti me'yorda bo'lsa..", deb fikr bildirgan onalar ham bor ekan.

shaxsan o'zim xodunok haqida aniq bir to'xtamga kelomadim... manimcha, xodunok boladan ko'ra onaga ko'proq foydali. ya'ni qulaylik jihatidan..
masalan, uydagi ishlarini yoki shaxsiy hojatlarini bexavotir bajarib olish uchun...


 

Qayd etilgan