'...  ( 37897 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


MUSLIM_uz  01 Yanvar 2012, 10:48:17

Man faqat uzimmi uylaydgan g'irt egayist inson buliwm keragakan bahtli buliw u.n wahsiy manfaatni brin4i urnga quyiwm kerak.Komillika yetaklo4i yagona yul egayist buliw

Qayd etilgan


azizbek_mx  03 Yanvar 2012, 08:15:39

pirimqul qodirovning erk nomli qissasini öqiganmisiz? Men kechagina online öqib chiqdim.
Adib nima demoqchi, tushunmadim...
Erk... Birgina shaxsiy, hirsiy hissiyot deb ota-ona ra'yiga qarshi chiqish kerakmi? Guldek oilani, yosh juvonni, murg'ak gödakni köchaga chiqarib, mustaqil yashashga örgatib, qöyib yuborish mumkinmi? Bir begona, nomahram uchun, bir chet el xodimidan andisha uchun butun qarindosh urug', oila, qishlog'idan voz kechib ketish mumkinmi?
Buni öqigan öquvchida allbatta bir savol tug'iladi: meni erkim kimni qölida?.. Bu özbekchilikkayam, musulmonchilikkayam tög'ri kelmaydiku! Axir, köz oldingizda shaxs erkinligi deya odamlar ne ne tubanliklarga borishyapti...
Haqiqiy muhabbat ayriliqdagina vaslini topadi. Agar u sevganiga yetishsa, turmush qursa, tamom, 1 oydir, 2 oydir, boringki 1 yildir baxtiyor bölar. Lekin bir kun baribir zerikadi... Chunki, bir narsaga yetishgan odam undan mukammaliga intiladi. Yetishgani eski bölib körinadi. Nafs shu yerda g'alaba qiladi.
Misol uchun, men yoshligimda rasm chizishga juda qiziqardim. Yonimda doim rasm albom, möyqalam, rangli ruchkalar bölardi. Hozir ular yöq chunki endi men istagan narsamni kompyuter orqali chiza olaman. Kerak bölsa haqiqiy qilib bera olaman. Endi esa bu ham kam körinyapti, chunki ularni jonlantirib, harakatlantirish orzusi meni tinchimni olgan. Odamlar bir narsaga erishdim, endi tinchgina yashay demaydi, marhum xonanda aytganiday:
bitta rag'bat uchun yashamaymiz biz,
almashinib turar bizda ishtiyoq, havas...
Xuddi shu kabi, qanchalar tez erishilgan visolning qadri shunchalar tez tushib ketadi. Raxmatli Xojiboy aka aytganiday, vasvasaga tushib qolganmiz. Biriga erishsak, ikkinchisi vasvasaga soladi.
Bunday bölmasligi uchun nima qilish kerak?...
Men yuqorida aytib ötilgan qissada Sattor tutgan yölni oqlamayman. Chunki u otasining hoxishini notög'ri deb hisobladi. Uyat, andisha, hayo, iffat liboslariga burkangan ayoli va onasini eskicha fikrlaydiganlikda aybladi. Nima sevgi muhabbat yangicha tuyg'u ekanmi? Texnika asrida ixtiro qilingan yangilik ekanmi? Ösha eskicha fikrlaydiganlarda yurak, hissiyot, hirs yöq ekanmi? Bor! Lekin ular hayo, iffat, odamgarchilikni har narsadan ustun qöyadilar. Aks holda inson deb atalish nimaga, hayvondan farqi qolmaydiku!
Shu örinda opamizning ta'riflarini ham e'tiboringizga havola qilib, özim bilganimcha sharhlab ötmoqchiman:
BAXTSIZLIK baxtning bir tahallusidir,
SIZSIZLIK- siz bilan bo`lmoq fasli-da,
Umidsiz kunlardan umid qiling yor,
AYRILIQ- sevgining vasli aslida!
Baxtsizlik -baxtning bir taxallusidir... Inson özini baxtsiz his etmasligi darkor. Har ishda hikmat bor deyishadi, baxtsizman deya hisoblagan holatiga har tomonlama nazar solsinchi, allbatta uning foydasiga shu holat bölganini köradi. Lekin köpchiligimiz buni tan olgimiz kelmaydi. Aslida, Donishmand akamiz aytganiday: Bazan tuyg'ularingiz eng
 yaqin dushmaningiz bo'lib
qoladi, aldaydi. Aslida
haqiqat unday emas,
 haqiqat siz
 hohlaganingizdek!
Sizsizlik - siz bilan bölmoq faslida!.. Ya'ni, siz bilan bölmoq uchun, siz yonimda bölmasligingiz kerak. Shu jumlaning özi ham fikrimni tasdiqlab turibdi, agar yonimda bölsangiz, siz bilan emas boshqa narsalar bilan band bölaman deyilmoqda. Siz yonimda bölmasangiz, siz bilan band bölaman deyilmoqda.
Umidsiz kunlardan umid qiling, yor,
Ayriliq - sevgining vasli, aslida! Chunki sevgining qadri ayriliqdagina bilinadi. Haqiqiy sevgilar hijron, sog'inch taftida toblanadi.
Mana shu erk qissasi ham ba'zi asarlar singari milliy qadriyatlarga qarshi buyurtma asosida yozilgan degan shubha uyg'ondi. Aks holda, Zahiriddin Muhammad Boburday buyuk ajdodimiz hayoti va avlodlari siyratini yoritib bera olgan yozuvchida bunday qabih niyat uyg'onishi mumkin emas...
Qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr sörayman, axir, forumdan boshqa kimga yorilish mumkin : )

Qayd etilgan


Aqoid  16 Fevral 2012, 18:47:07

Men javob yozmay qo'yoraman unda

Qayd etilgan


Maysara  16 Fevral 2012, 23:51:47

Uhlaganda bola qöl yoki oyog'i qimirlab ketsa tez uyg'onadi, beshikda esa boylab tashlanadi, ayniqsa tebratganda noiloj qorong'i pardani ichida majburan ham uhlaydi bechora! Xechqisi yöq, biz özbeklar hammamiz shunday kotta bölganmiz.

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  29 Fevral 2012, 11:10:30


O'rtola, nega fevralning 29-sanasi 4 yilda bir marta keladi? Har yili kevursa bo'midimi?

Grigoryan taqvimi tuzilganda ohirgi oy febral oyida tugallangan, shunga yillarni muvozanatda ushlaSH uchun shunday hisob kiritilgan. bu taqvimga ko'ra 1yil 365 kunu 6 soatga teng, 6 soat 4 yilda 1sutkaga teng boladi, shunga kabisa yili 366 kun, shu 1sutka kabisa yili fevral oyiga qo'shiladi.

Qayd etilgan


Ansora  01 Mart 2012, 01:09:28

 :asl3:

Shu Zero Heroni Chehmik orinlariga qoldirib ketmaganlarmikan urush janjal qip turing, deb, hech o'ylab tagiga yeta olmayman-taa:)

Qayd etilgan


Ansora  01 Mart 2012, 15:49:40

Yana bir narsa, yaqinlarda ibnUyayna Arab olimlari tarafidan futbol harom, degan fatvo bilan bogliq bir dunyo video joylagandilar, keyin ochirishdi...

unda nega Arabistonni futbol komandasi bor? kuni kecha 8-0 yutqazdiyam shekilli...

Qayd etilgan


Humayro  01 Mart 2012, 16:53:06

opa Arablarda yana ko'p narsalar bor, arablar qilsa bo'ldi biz ham ulardan o'rnak olsak bo'ladi degani emas bu.

O'rnak olishlikka arzigulik yagona zot Payg'ambar s.a.v, kegin u zotning sahobalari, kegin toebinlar, salaflar, solihlar, ulamolar...

Umuman har bir ishda ham xuddi shundek yo'l tutsak, yani insonlar (ayniqsa bugungi zamonimizdagilar) nima qilayotganiga qarab emas, balki Quron va hadisga, olimlar tavsiriga, fatvolariga qarab aql va insof bn xulosa chiqarsak inshallah adashmaymiz.

Qayd etilgan


Ansora  01 Mart 2012, 16:55:17

opa Arablarda yana ko'p narsalar bor, arablar qilsa bo'ldi biz ham ulardan o'rnak olsak bo'ladi degani emas bu.

O'rnak olishlikka arzigulik yagona zot Payg'ambar s.a.v, kegin u zotning sahobalari, kegin toebinlar, salaflar, solihlar, ulamolar...

Umuman har bir ishda ham xuddi shundek yo'l tutsak, yani insonlar (ayniqsa bugungi zamonimizdagilar) nima qilayotganiga qarab emas, balki Quron va hadisga, olimlar tavsiriga, fatvolariga qarab aql va insof bn xulosa chiqarsak inshallah adashmaymiz.

Saudiya men uchun oddiy odamlar yashaydigan joy, degani emas-da:)

Qayd etilgan


Ansora  01 Mart 2012, 17:03:29

opa Arablarda yana ko'p narsalar bor, arablar qilsa bo'ldi biz ham ulardan o'rnak olsak bo'ladi degani emas bu.

O'rnak olishlikka arzigulik yagona zot Payg'ambar s.a.v, kegin u zotning sahobalari, kegin toebinlar, salaflar, solihlar, ulamolar...

Umuman har bir ishda ham xuddi shundek yo'l tutsak, yani insonlar (ayniqsa bugungi zamonimizdagilar) nima qilayotganiga qarab emas, balki Quron va hadisga, olimlar tavsiriga, fatvolariga qarab aql va insof bn xulosa chiqarsak inshallah adashmaymiz.

Unda ular nimaga olimlarini fatvolarini tinglashmadi, shu meni oylantiradi:)


Qayd etilgan