Muallif Mavzu: Olam bozor o'lmush, barcha haridor...  ( 46716 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Re: Olam bozor o'lmush, barcha haridor...
« Javob #45 : 20 Fevral 2011, 10:42:56 »
Турк адабиётининг  йирик  вакилларидан
бири бўлган, шоир Юсуф Набий 1678 йил, карвон билан бирга ҳаж зиёратига
чиқди. Карвонда  энг обрўли давлат генераллари ҳам бор эди. Карвон
муборак Ҳижозга яқинлашгач, Ҳазрати пайғамбар (с.а.в.)ни зиёрат қилишга
бўлган иштиёқ Набийнинг қалбида янада жўш урди. Вужуди ажиб сурурга
тўлиб, уйқуси қочди;  ухлай олмади. Кечқурун карвон пайғамбар шаҳри –
Мадинаи Мунавварага яқинлашди. Карвондагилардан  Айюбли Рами Меҳмед шу
пайт, қибла томонга  оёғини узатиб ухлаб қолди. Расулуллоҳнинг(с.а.в.)
музофотларига кириладиган бир пайтда,  бу манзара шоир Набийга Ñ‘қмади.
Генерални уйғотиш учун, шундай байтларни Ñžқий бошлади:
Сақлан, тарки адабдан сен,
Кўйи маҳбуби Худодир бу,
Назаргоҳи илоҳийдир,
Мақоми Мустафодир бу.
Мурооти адаб бирла,
Киргин  Набий, бу даргоҳга.
Матофи қудсиёдир бу,
Бўсагоҳи анбиёдир бу.
Байтнинг маъноси шундай эди:  “Беадабликдан сақлан! Зеро, бу – Аллоҳ таоло
ҳабибининг шаҳридир. Бу – Ҳақ таоло  назар соладиган маскандир; Муҳаммад
Мустафонинг (с.а.в) мақомидир. Эй, Набий, бу даргоҳга одоб қоидаларига
риоя қилган ҳолингда  кир! Зинҳор, одобга бепарво бўлма!  Бу ер катта
фаришталар атрофида парвона бўладиган, пайғамбарлар эгилиб эшигини
ўпадиган, муқаддас қадамжойдир”.
Бу мисраларни эшитган гинерал сергак тортди. Шеър нима мақсадда Ñžқилганини
фаҳмлаб, дарҳол оёқларини йиғиштириб олди. Ва шоир Набийга қараб:
- Шеърингни қачон ёздинг? Уни мендан бошқа ҳам эшитганми? – деб сўради. Юсуф Набий:
-Бу мисраларни олдин ҳеч қаерда айтмаганман. Сизни бу аҳволда кўргач, беихтиёр баланд овозда айтиб юбордим. Иккимиздан бошқа ҳеч кимнинг хабари йўқ, – деди.
- Унда, бу сир орамизда қолсин, –дея илтимос қилди. Набий сукут билан йўлида давом
этди. Бомдодга яқин,  карвон  Расулуллоҳнинг (с.а.в.) масжидига
яқинлашди. Во ажаб! Масжид минораларидан азондан  илгари Юсуф Набийнинг:
“Сақлан тарки адабдан...” байтлари янграмоқда...
 ÐÐ°Ð±Ð¸Ð¹ ва гинерал ҳайратдан донг қотдилар. Масжидга кириб, намозларини Ñžқигач,
дарҳол муаззиннинг ёнига боришди. Набий ҳаяжон билан:
-Худо ва пайғамбар ҳаққи айт, менга.  Азондан илгари Ñžқиган байтни
қаердан, кимдан, ва қандай қилиб ўргандинг? – деб сўрай бошлади. Набий
қайта-қайта илтимос қилгач, ниҳоят муаззин жавоб берди:
-Жаноби пайғамбаримиз Расулуллоҳ (с.а.в.) ушбу тун барча муаззинларнинг
тушларини шарафлантириб: “Умматимдан Набий исмли шоир зиёратимга
келмоқда. Менга бўлган муҳаббати – ҳамма нарсадан устун. Туринглар,
азондан олдин  менга атаган байтларини Ñžқиб, уни қарши олинглар,
масжидимга кирган пой қадамларини қутланглар”,– деб буюрдилар. Биз эса,
ул зоти муборакнинг амрларига бўйсундик.
Беихтиёр Набийнинг кўзларида ёш халқаланди. Қалби жўшиб, қайта муаззиндан:
- Ул икки жаҳон сарвари, чиндан ҳам мени Набий дедиларми? У менинг умматимдан деб айтдиларми? – дея сўради.
- Ҳа, “Менинг умматимдан бўлган Набий” деб айтдилар,– деганида Юсуф Набий, бу илтифотдан ҳушини йўқотди ва ерга йиқилди.
- Уйғонганида эса, ёнида генерал ва муаззиннинг  йиғлаётганини кўрди...
 

“Сирли, ибратли ва ҳаётий воқеалар” китобидан.
Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Re: Olam bozor o'lmush, barcha haridor...
« Javob #46 : 22 Fevral 2011, 05:53:38 »
Kunlardan bir kuni Luqmoni Hakimdan so'rashibdi:
-Siz gaplashishni qaerdan o'rgangansiz, siz gapirganingizda birorta ham xato topa olmaymiz-deyishibdi.
 Shunda Luqmoni Hakim juda go'zal tarzda:
-Ko'rlardan deya javob bergan ekanlar.
-Ie, qanaqasiga ko'rlardan deb hayron bo'lishibdi so'rovchilar.
-E'tibor berganmisizlar ko'rlar bir qadam qo'yishidan oldin, hassasi bilan, usha joyni tekshirib keyin qadam qo'yadi.
 Men ham, gapirishdan oldin, o'sha gapni ichimda avval o'zimga aytib ko'raman, xato bo'lmasa keyin tashqariga chiqaraman deya javob bergan ekanlar...
Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Re: Kun iqtibosi.
« Javob #47 : 22 Fevral 2011, 06:09:14 »
"Bugunni o’yladim, kecha o’tdi, erta bormi?! Yoshlikka ham ishonma, o’layotgan faqat qarilarmi?!"

"Zamin farzandi" filmidan
Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Olam bozor o'lmush, barcha haridor...
« Javob #48 : 22 Fevral 2011, 16:08:24 »
Bir duo

Bir kuni Haz. Hasan (r.a) Ka'baning bir burchagiga suyanib, shunday duo qiladilar:

"Yo Rabbim! Menga shuncha ne'mat in'om etding, faqat meni shukr qilgan qul holida ko'rmading. Menga azob-uqubatlar berib imtihon aylading, lekin meni sabr etgan qul holida ko'rmading. Shukr qilmaganim uchun menga bergan ne'matlaringni qaytarib olmading. Sabr qilishni tark etdim, deya azob berishda davom etmading. Allohim!!! Sening kabi Karim, jo'mard bir Robb'dangina bunday sahiylik va ehson paydo bo'lur"

Kusheyri, "Risola" kitobidan.

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Re: Olam bozor o'lmush, barcha haridor...
« Javob #49 : 01 Mart 2011, 13:16:20 »
Eski zamonlarda bir tolib madrasaga borib ilm o'rganishga bel bog'labdi. Shogird g'ayratli bo'lganidan ustozlari ham unga nisbatan talabchanlik bilan tahsil bera boshlashibdi. Har bir ilmiy masala ravshanlashgani sayin talabaning xizmat qilish, ilm nashr qilish g'ayrati oshib boraveribdi. Shunday holatga yetibdiki, talaba o'rgangan juda muhim masalalarning ta'siri va bundan xaloyiqning behabarligidan kuyinib, tezroq ijozatnoma olib, ilm irshod qilmoqqa qattiq ishqiboz bo'libdi.
Lekin har gal uning bu talpinishlarini ustozlarining:
"Bo'tam, to'g'ri siz ko'p narsalar o'rgandingiz, Lekin hali yetilmadingiz. bu kofiy emas. Sabr qiling, yana (edited) ilm tahsil qiling" degan nasihatlari bilan hamisha tizginlanib kelibdi.

Yana bir kuni ilmlardan navbatdagisining mutoalasini tugatgach, yigitcha yana ijozatnoma so'rab sabrsizlik qilibdi. O'shanda ustozi: "O'g'lim siz ilmi siyosatdan boshqa jami ilmlarni o'qidingiz. ozgina sabr qiling, ilmi siyosatni ham hotima qiling, ana undan keyin oq fotihamizni beramiz" deb qancha sokinlashtirishga urinsalar ham, yigit shashtidan qaytmasmish:
"Ustoz, axir shuncha musulmon besavodlikdan jahannamga ketmoqda. Izn bering ki tezroq ularga foydali bo'layin. Shuncha narsa o'rgandim, bittagina ilm qolibdi xolos, uni o;'rganguncha yana qancha birodardan ayrilib qolamiz axir... "

Gap tinglamagan shogirdga ustozning ayatdigan nasihati qolmagach: "Mayli, o'zingiz bilasiz" deb o'z holiga qo'yibdi.

Bundan behad xursand bo'lgan yosh mulla tezda yo'lga ravona bo'libdi. yo'lida uchragan ilk masjiddagi jamoat bilan namoz o'qibdi. Qarabdiki masjid to'la jamoat, imomni ahvoliga maymun yig'lagulik, jamoat esa shaytonga masqara emush. Yosh mulla darhol mehrobga o'tib:
- Ey olomon! Bu nima qiliq? Shu ham namoz bo'ldimi? Bu imomni orqasida nechchi yildan beri namoz o'qirsiz?
- 30 yil...
- O'sha o'ttiz yillik namozingizni qazosini o'qing. imomni falon-filon xatolari bor...-
Imom albatta jamoat orasida bunaqa tanqidga jim turmabdi:
- Ey jamoat, bu kimsa Sizning namozingizga qasd qilibdi. uring uni - deyishi bilan olomon emasmi, darhol yosh mullani po'stakday do'pposlab, chala o'lik holida tashqariga chiqarib otishibdi.

Bechora mullani madrasa talabalari ko'rib qolib, madrasaga eltib parvarish qilib, o'ziga keltirishibdi. keyin ustozlari: "Keling o'glim, darslarni kelgan joyidan davom ettiraylik" deb yumshoqlik bilan darslarini davom ettrishibdi. oradan bir-ikki yil o'tib, tugallanmagan oxirgi ilm - ilmi siyosat ham xotimasiga yetibdi. buni qarangki, yosh mulla ijozatnoma olsa ham madrasadan ketmasmush.
- Ustoz, iltimos yana (edited) qolay, yana (edited) darslaringizga istirok etay - deb yolvorarmush. oshanda ustozi debdiki:
- Ey farzand, mana endi siz kamolga yetdingiz. Endi bu yerda qolishingizni ma'nisi yoq'. Sizga oq fotiha, Alloh yordamchingiz bo'lsin- deb yigitga ijozati mutlaq (diplom) berib madrasadan kuzatib qo'yibdi.
Yosh mulla yigit orqasiga qarab-qarab yo'lga ravona bo'libdi. Yo'lida birnecha yil avval uchragan masjidiga xohlamaygina kiribdi. Hamon o'sha imom, osha jamoat. eski hammom eski tos, davom etmoqda emush. Ustoz duosini olgan va tahsilini mukammal qilgan yosh mulla mehrob tomon o'tib:
- Ey muhtaram jamoat, Siz ushbu savodda tengi va o'xshashi yo'q muhtaram imom orqasida qancha yildan beri namoz barpo qilursiz?
- 35 yil...
- ha barakalla. Siz qanday Xudoni suygan bandalari ekansiz ki shunday betakror imomga jamoat bo'lish sharafiga noil bo'lmishsiz. Endi kim ki o'sha imomdan xotira bir tuk olsa, to'ppa to'g'ri jannatga ravona bo'lur, inshalloh -

deyishi bilan jamoat imomidan bir tuk qo'porish ilinjida imomga hujum qila ketibdi. Olomon emasmi, bir zumda imomni badanida tuk qo'ymagan jamoat soxta imomni pati yulingan tovuqdek qilib tashlabdi. Jamoatning hujumidan soxta imom jon havlida qip qizil go'sht bo'lib tumturaqay qochib qolibdi.

O'rta sokinlashgach, qarbdilarki, hammani qo'lida bir tutamdan tuk, qil, saqol, faqat imom yo'qmish. savodsiz jamoat endi namozni qandoq o'qiymiz deb haligi yosh mullaga murojaat qilishibdi:
- Ey muhtaram mehmon! Biz besavodlar shunday ulug' imomimiz borligidan qirq yil birga namoz o'qib behabar ekanmiz. Siz bo'lsa bir ko'rishda tanidingiz. Demak siz ham juda ulug' ilm egasisiz. Endi bizga imom bo'lishingiz yolvorib so'raymiz - deyishib yosh mullani mehrobga o'tkazishibdi.
Yosh imom ancha yillar masjidda insonlarni irshod qilib, oxiratlarini obod qilishlariga rahnamo bo'libdi..
Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Re: Kun iqtibosi.
« Javob #50 : 02 Mart 2011, 14:33:20 »
Билмайман» дейишни ўрган, “биламан”-ни унут, сен билмайман десанг, билгунингча ўргатишади, биламан десанг, билмагунингча сўрашади.

Ибн Қаййум p.a.
Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Re: Yaxshilikka chaqirish.
« Javob #51 : 02 Mart 2011, 14:35:24 »
ЧИРОЙЛИ ХУЛҚ ИМОНДАНДИР
“Аллоҳумма инни ас’алукас сиҳҳата вал иффата вал аманата ва ҳуснал хулқи варризо бил қодари”.
Маъноси: “Эй Аллоҳ! Сендан сиҳҳат, иффат, омонатга риоят, гўзал ахлоқ ва қадарга (тақдирга) розилик истайман”.
Шарҳ: Табароний нақл қилган бу ҳадиси шарифда Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) моддий ва маънавий ҳаётнинг тўкислиги омилларидан бўлган беш нарсани Аллоҳ таолодан тилаганлар.
Биринчиси – сиҳат-саломатлик. Одам ҳар бир муваффақиятга соғлиқ билан эришади.
Иккинчиси – иффат. Иффат инсон шарафини қўриқлайдиган қўрғондир. Энг яхши одам иффатли одамдир.
Учинчи бўлиб, омонатга риоя қилиш ҳам Аллоҳдан сўралмоқда. Комил инсон ўзига омонат қилинган нарсаларга хиёнат қилмайди. Омонатга риоя қилмаган киши энг ёмон кишидир. Фақат ишончли одамларгина омонатга риоя қиладилар.
Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) бошқа ҳадисларида ҳам Аллоҳ таолодан гўзал ахлоқ тилайдилар. Чунки гўзал ахлоқ диннинг устунларидан саналади. Гўзал хулқ имондандир.
Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) бу ҳадиси шарифларида илоҳий қадарга ризо бўлишни тилайдилар. Чунки Ҳақ тақдир қилганига рози бўлиш Ҳақнинг ризосига йўл очиб беради.
Ҳар биримиз Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) тилаган ушбу яхшиликларни Ҳақ таолодан сўраб дуо қилсак, дунё ва охиратимиз обод бўлади.

Абдулазиз МАНСУР,
Ўзбекистон мусулмонлари
идораси раиси ўринбосари

Hidoyat jurnalidan.
Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Re: Olam bozor o'lmush, barcha haridor...
« Javob #52 : 03 Mart 2011, 15:37:16 »
Qop ko'tarsa kuyungan edim,
Chetdan qaytsa suyungan edim.
Alloh, Alloh endi ne dedim.
Mardikorga chiqdi ayollar.

Bo'lib qadri somondan arzon,
Gulg'unchadan qoldimi hazon?
Qaynasin deb ro'zg'orda qozon,
Mardikorga chiqdi ayollar...

Ayollar ayol zoti qirqta joni bor ayol.
Ayollar ayol zoti shirin so'zning gadosi...

Mehnat axir mardning ishida,
G'urur bo'lsin ekan kishida,
Bolasini tishlab tishida,
Mardikorga chiqdi ayollar...

Dunyo ahir buzuldimikan?
Chin erkaklar uzildimikan?
Ayting bizga ne bo'ldi do'stlar?
Mardikorga chiqdi ayollar...

Ayollar ayol zoti qirqta joni bor ayol...
Ayollar ayol zoti shirin so'zning gadosi...

Yulduz Usmonova qo'shig'idan ko'chirildi.
Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Olam bozor o'lmush, barcha haridor...
« Javob #53 : 03 Mart 2011, 19:29:01 »
Ihlos insonning zohiri ham ,botini ham bir hil bo'lganligidur .

Huzayfa ibn Yamon (ra)

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Re: Olam bozor o'lmush, barcha haridor...
« Javob #54 : 05 Mart 2011, 16:23:45 »
«Ð¡Ð°ҳиҳ Муслим»Ð´Ð° Абдуллоҳ ибн Масъуд розияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтганлар: «Ð¨Ð°ҳидларнинг руҳлари яшил қушларнинг ичида бўлиб, у (қуш)лар учун аршга илиб қўйилган қандиллар бордир, жаннатнинг истаган жойида сайр қилиб, кейин ўша қандилларга келиб жойлашадилар. Парвардигорлари уларга боқиб: «Ð‘ирон нарса истайсизларми?», деб сўради. Улар: «Ð¯Ð½Ð° нима исташимиз мумкин, жаннатда истаган жойимизда сайр қилиб юрибмиз-ку?», дейишди. (Парвардигорлари уларга) яна уч бор шундай (мурожаат) қилди. Улар ўзларига (мазкур) савол берилмай қўйилмаслигини кўрганларидан кейин: «Ð­Ð¹ Парвардигор! Биз руҳларимиз яна жасадларимизга қайтарилишини ва сенинг йўлингда яна бир бор қатл қилинишимизни истаймиз», дедилар. Уларнинг (бошқа) бирон ҳожатлари йўқлигини кўргандан сўнг тек қўйилдилар»

(Муслим (¹1887), Термизий (¹3014, 3015) ривоятлари).

Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Re: Eng go'zal qissalar.
« Javob #55 : 05 Mart 2011, 16:32:32 »
Уҳуд жанги куни «Ð Ð°ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾ҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ўлдирилганмишлар» деган хабар тарқалиб, айримлар саросимага тушиб, қўлларидаги қуролларини ташлаб, таслим бўлиш ҳаракатига тушиб турганида улар олдидан Анас ибн Назр ўтиб қолди ва: «ÐÐ¸Ð¼Ð°Ð³Ð° қараб турибсизлар?», деб сўради. Улар: «Ð Ð°ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾ҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ўлдирилганмишлар», дейишди.

«Ð£Ð½Ð´Ð°Ð¹ бўлса, у зотдан кейин яшаб нима қиласизлар?! Туринглар, сизлар ҳам Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ўлган иш устида ўлинглар!», деди у, сўнг: «Ð­Ð¹ Парвардигор! Мен мана булар - яъни мусулмонлар - қилган ишдан Сендан узр сўрайман, ана улар - яъни мушриклар - қилган ишдан поклигимни Сенга эълон қиламан», деди. Шундай деб олға интилди. Йўлида Саъд ибн Муоз дуч келиб: «Қаерга эй Абу Умар?», деб сўраган эди: «Ðžҳ, оҳ, жаннатнинг ҳидини топяпман эй Саъд, у Уҳуд томондан келмоқда», деди.

Сўнг жангга шўнғиб кетди ва то ўлгунича уришди. Жангдан сўнг унинг жасадини таний олмадилар, фақат синглиси унинг бармоғидан таниб олди. Баданида саксондан ортиқ найза, қилич ва камон Ñžқидан қолган жароҳатлар бор эди

(Бухорий (2805), Муслим (¹1903) Анас розияллоҳу анҳудан ривоят қилганлар)
Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Re: Kun iqtibosi.
« Javob #56 : 05 Mart 2011, 18:27:25 »
"АЛЛОХ таолонинг борлигини ва бирлигини Мусо а.с миллатига,Исо а.с умматига ва Мухаммад (алайхиссалом) бутун инсониятга билдирди".

( Наполеон Бонопарт 1769-1821, Франция императори )
Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Re: Olam bozor o'lmush, barcha haridor...
« Javob #57 : 07 Mart 2011, 12:02:18 »
   

Qandoq kunlarga qoldik azizlar o'zi?
Yerda oliy bo'lmasa ALLOHning so'zi
Hech oftob ko'rarmikan musulmon yuzi?
Yo tekkanmikan bizga shaytonning ko'zi?!
Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Re: Yomonlikdan qaytarish.
« Javob #58 : 09 Mart 2011, 02:17:40 »
Ҳасаднинг зарарлари

1. Ҳасад Аллоҳ таолонинг ғазабига сабабдир.
2. Ҳасадгўйнинг қалби ҳасратга тўла бўлади.
3. Ҳасад эгасининг мартабасини пасайтиради.
4. Ҳасадчини одамлар ёмон кўради.
5. Ҳасад неъматнинг заволига сабаб бўлади.
6. Ҳасад катта ёмонликларнинг манбаъсидир.
7. Ҳасад жамиятни бузувчи чўқмордир.
8. Ҳасад ахлоқсизлик аломатидир.
« So'nggi tahrir: 09 Mart 2011, 02:32:45 muallifi Shoxruh Mirzo »
Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Olam bozor o'lmush, barcha haridor...
« Javob #59 : 10 Mart 2011, 14:56:15 »
Yaxshiligingizga loyiq emas lekin...

Bir kuni bir odam Hasan Basriy Hazratlarini yonlariga kelib shunday debdi: "Falonchi odam sizni gi'ybat qilyabdi, sizga yoqmaydigan gaplarni orqangizdan gapirib yuribdi". 

Hasan Basriy Hazratlari g'iybat qilgan odamga bir tovoq xurmo jo'natib shunday debdilar:

"Eshitishimga qaraganda yaxshilik va savoblaringni menga bahshida qilibsan. Men ham bu yaxshiliging uchun xurmo hadiya qilay, dedim. Lekin sening yaxshiligingni to'lashga kuchim yetmaydi, shuning uchun meni ma'zur ko'r"...

Imomi G'azzoliy. "Ihya"

 

ZiyoUz Kutubxonasi (barcha kitoblar)

Muallif muxbirBo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 42
Ko'rilgan: 841013
So'nggi javob 19 Fevral 2015, 16:33:30
muallifi Nurdinboy
Jahon chempionati 2006 ning barcha o'yinlari

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 66
Ko'rilgan: 26936
So'nggi javob 10 Iyul 2006, 12:16:03
muallifi muxbir
Barcha Musulmonlar terorist emas.

Muallif gayrat17Bo'lim Islom

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 8076
So'nggi javob 15 Fevral 2007, 16:29:10
muallifi Laylo
Sedana barcha dardlarga shifo

Muallif AbdulAzizBo'lim Tibbiy kutubxona

Javoblar: 27
Ko'rilgan: 19272
So'nggi javob 19 Aprel 2010, 20:51:17
muallifi Ansora
Champions League: Barcha chempionlar ro'yxati

Muallif Y_U_R_I_S_TBo'lim Futbol

Javoblar: 33
Ko'rilgan: 14735
So'nggi javob 12 Noyabr 2009, 22:15:38
muallifi Y_U_R_I_S_T