Qop ko'tarsa kuyungan edim,
Chetdan qaytsa suyungan edim.
Alloh, Alloh endi ne dedim.
Mardikorga chiqdi ayollar.
Bo'lib qadri somondan arzon,
Gulg'unchadan qoldimi hazon?
Qaynasin deb ro'zg'orda qozon,
Mardikorga chiqdi ayollar...
Ayollar ayol zoti qirqta joni bor ayol.
Ayollar ayol zoti shirin so'zning gadosi...
Mehnat axir mardning ishida,
G'urur bo'lsin ekan kishida,
Bolasini tishlab tishida,
Mardikorga chiqdi ayollar...
Dunyo ahir buzuldimikan?
Chin erkaklar uzildimikan?
Ayting bizga ne bo'ldi do'stlar?
Mardikorga chiqdi ayollar...
Ayollar ayol zoti qirqta joni bor ayol...
Ayollar ayol zoti shirin so'zning gadosi...
Yulduz Usmonova qo'shig'idan ko'chirildi.