Olam bozor o'lmush, barcha haridor...  ( 89204 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 B


Shoxruh Mirzo  18 Oktyabr 2011, 09:57:22

Quronni O'QISH, Azon ovozini TINGLASH, Shahodat kalimasini oz tili bilan AYTISH, Kaabatulloh atrofida ozi AYLANA olish nematlaridan kopchilik mahrum... Bebaho nematlaringni tafakkuri ALHAMDULILLAH deyishimiz uchun kifoya, ALLOHim! Muborak Kunlarda va har doim bizlarni shukr qilguvchilar qatorida qilgin, ojiz bandalaringga chiroylik sabr va ajrlar bergin!

Qayd etilgan


Lu`lu`  01 Noyabr 2011, 08:45:46

Истаган таомингни е, хохлаган кийимингни кий, икки нарсадан харгиз кутулмайсан - исроф ва кибр.
                                                  Абдуллох ибн Аббос

Qayd etilgan


Lu`lu`  14 Noyabr 2011, 02:46:35


Odamlar dunyo masalalarida shu qadar mohir bo'lib ketganlarki, ular bir dirhamni barmoqlari uchida aylantirib ko'rib uning og'irligni aytib berishadi, biroq to'g'ri namoz o'qishni bilishmaydi.

                           Hasan Basriy

Qayd etilgan


azizbek_mx  15 Noyabr 2011, 08:13:16

odamlarning gap so'zidan qochib biror ishdan tiyilishda ko'pam foyda yo'q. Odamlarning gap so'zini ko'zlab qilingan ishdan esa umuman foyda yo'q

Qayd etilgan


Lu`lu`  19 Dekabr 2011, 08:31:07

Кимки, нафсига огир келган жойда келишиб,
сизники маъкул, деса муросаи-мадора килган булади.
Лекин динига зарар буладиган жойда муроса килса, мунофиклик булиб колади.
                                                                                                         
                                              Ашраф Али Тахонавий

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  19 Dekabr 2011, 10:34:37

Bir odamning qopi yo'qoladi, kimga berganini hech eslay olmaydi. Bir kuni namoz uqiyotganda qopi kimdaligi esiga tushib qoladi. Namozini bitirganidan keyin quliga qarab baqirdi
 Hoy, falon kishinikiga bor, qopimizni so'ra!
 Qul:
-Qopimiz unda ekanligini qachon esladingiz?
-Namozda
 Qul:
-U holda siz ibodat qilmay, qop qidiribsiz!
Qulning bu go'zal tanbehi va tog'ri e'tiqodi tufayli hojasi uni ozod etdi.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  28 Dekabr 2011, 11:40:38

Ismoilingiz kim?!

...Ibrohim alayhissalom qanday qilib o’z farzandini, umrining mevasini, qalbining xotirjamligini, hayotining ma’nosi va mazmunini, yakkayu yolg’iz o’gli Ismoini yerga bosib, bo’g’ziga pichoq tortgn ekan?  O’ylasam yuraklarim ezilib ketadi.
Agar bu ish faqat Ismoilni qurbon qilish bilan yakun tospsa qaniydi? Yo’q. Eng yomoni-endigina ulg’ayib kelayotgan Ismoil bu olamni tark etishi, keksayib qolgan Ibrohim esa bu ayriliqni ko’tarib hali yashashi ham kerak edi!

Ibrohim alayhissalomning butlarni parchalab tashlashga kuch topgan metin irodasi ham shu yerda erib ketgan bo’lsa ajablanmayman.
Qaniydi, kimdir bizga Ibrohim os’handa nimalarni o’ylaganini so’zlab bersa?

Qanaqa fikrlar o’tgan ekan u zotning xayolidan?
Ibrohim uchun nima afzal-Allohga bo’lgan muhabbatmi yoki o’z-o’ziga hurmat?

Payg’ambarlik ma’suliyatimi yoki otalik burchi? Allohga bo’ysunishmi yoki oilaga sodiqlik? Iymonmi yoki ichki tuyg’u? Hikmatmi yoki ayni vaziyat? Aqlmi yoki hissiyot? Ma’suliyatmi yoki rohat? Javobgarlikmi yoki haq-huquq? Eng muhimi, Allohmi yoki Ismoil?

Bilasiz, Ibrohim alayhissalom qaror bersihga shoshilmadi.
Shoshilolmadi. Ichidan nima o’tgan bilolmadik, ammo ma’lum bir fursat ikkilanib yurdi. Faqat uchinchi martra buyruq berilganidan keyingina u Allohning  buyrug’ini bajarishga o’zida kuch topa bildi.

Hammamiz yaxshi bilamiz- agar haqiqat hayot yo’limizga teskari turmasa, haqparvar bo’lib olamiz. Ammo haqiqat bizning zararimizga xizmat qilsa, muammoga sabab bo’lsa, boshimizni og’ritsa, o’zimizni olib qochishimiz aniq. Shayton juda makkor. Qayerdaki qo’rquv, zaiflik, shubha, ikkilanish, g’urur va hatto dunyoviy narsaga muhabbat yuzaga kelsa, o’sha yerda o’zini ko’rsatadi.

Xohlang mantiqni ishga tushiradi, xohlang mantiqsizlik sabab qilib ko’rsatiladi. Diniy, dunyoviy, xohlagan mavzuingizda sizga bahona topib bersihga qodir.

Ibrohimda bahona bo’lmagan deysizmi? "œQurbon qilish" lafzini xohlasa "œO’z man-manligini qurbon qilish" deb talqin qila olmasmidi? Bu tush bo’lsa, Ismoilni boshqa narsaga tafsir qiib bo’lmasmidi? Balki Ismoil emas, Ismoilga bo’lgan muhabbatni qalbidan  o’chirib tashlash so’ralgandir? Ibrohim alayhissalom ancha aqlli inson edi, xohlasa tushini bulardan-da ishonchliroq boshqa usullarda tafsir qilib olardi!

Ammo u, Allohning eng yaqin do’sti, nafsi xohlamasa-da, buyruqni to’g’ri ma’noda qabul qildi. Minoda ro’y bergan ota-o’g’il suhbati meni badtar karaxt ahvolga solib qo’yadi. Ibrohim Ismoilga dedi: "œEy o’g’ilcham, men  hadeb tushimda seni qurbonlik uchun so’yayotganimni ko’rmoqdaman. Endi sen o’zing nima fikr qilishingni bir o’ylab ko’rgin".
Otaning o’rniga qo’yib, shu so’zni farzandingizga ayting-chi! Yo’q, yaxshisi farzandning o’rnida turib otangiz tarafida shu murojaatni tinglang. Nima deb javob qaytarasiz?

Ismoil sukut saqlasa bo’lardi. Otasini bu ishdan qaytarishi ham mumkin edi. Ammo Ismoil ham balog’atga yetgan, qalbiga iymon o’rnashib ulgurgan ekanki, ajoyib tarzda javob qaytardi. Hatto otasining shubha-gumonlarini ham tarqatib yuboruvchi yupanch so’zlarini aytdi: "œEy otajon, sizga buyurilgan ishni qiling.

Inshoolloh, meni sabr qilguvchilardan topursiz". Tavba, Ibrohim o’g’li bilan uni qurbon qilish haqida maslahatlashdi. Ibrohim qurbonlik qilishni tanladi. Ismoil o’z-o’zini qurbon qilishga rozi berdi.

Shu lahzalarda Ibrohim o’zini qanday tutib turgan ekan-a? Balki istalgan lahza shayton uni yo’ldan ozdirishi mumkinligini, qo’lidagi pichoqni uloqtirib yuborib, o’g’lini bag’riga bosishni o’ylagandir. Ammo u o’zini qo’lga oldi, pichoqni zo’rg’a tutib turgan qo’llari va ikkilanish bilan olishayotgan qalbiga madad bo’lsin deya Ismoilni peshonasi bilan yerga yotqizdi. Va"¦ bo’g’ziga pichoq tortdi!.

Keyin pichoq Ismoilni so’ymagani, uning evaziga Jannatdan katta bir qo’chqor tushirilgani va "œEy Ibrohim, darhaqiqat sen tushingni ro’y-rost bajarding" deb nido qilingani hammamizga yaxshi ma’lum.

Ismoil Ibrohim alayhissalom uchun yolg’iz farzand edi va u yolg’iz farzandidan voz kechishga o’ziga kuch topa bildi. Xo’sh, ayting-chi, bizning  "œyolg’iz farzandimiz" kim? Biz uchun hozir nima Ismoil darajasida qadrli? Uni qurbon qilishga o’zimizda kuch topa olamizmi?
Balki bu obro’yimizdir? Diplomimiz? Lavozim? Boylik? Uy? Mashinadir balki?

Sevgilimiz? Oilamiz? Kasbimiz? Libosimiz? Ruhimiz?  Go’zalligimiz? Kuchimiz? Yoshligimiz? Karyera? Kim biladi deysiz, bu ro’yxatni xohlagancha davom ettirish mumkin.

Ibrohimning ko’zi bilan qaraylik-chi, biz uchun nima Ismoil bo’lib ko’rinar ekan?  Nima bizning ibodatimizni sustlashtiradi? Nima bizni harakatdan to’xtatib turibdi? Nima bizning ma’suliyatimizni cheklab qo’ygan? Nima bizning quloqlarimizni kar, ko’zlarimizni ko’r qilishi mumkin?  Kerak bo’lsa uni qurbonlik qilishning uddasidan chiqa olamizmi?

Ibrohimga oson bo’lmagan, shayton uni uch marta yo’ldan ozdirmoqchi bo’lgani va  hozir o’sha voqea isboti sifatida Haj marosimida shaytonga uch joyda tosh otilishi odatga aylangan. Xo’sh, bizni shayton necha marta yo’ldan ozdirmoqchi bo’lar ekan? Eng muhimi, shayton bu ishning uddasidan chiqarmikan yoki Ibrohim alayhissalom misolida mag’lubiyatga uchraydimi?

Yaxshilab o’ylab ko’ring! Agar qurbonlikka kuchingiz yetsa, unda tasanno!


Manba.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  28 Dekabr 2011, 11:52:37

To'g'ri odam to'rt hil bo'ladi:


-Ilmiga amal qiluvchi olimlar;

-Ta'lim olishni yaxshi ko'ruvchi omilar;

-Bilganini qizg'onmaydigan sahiylar;

-U dunyosini bu dunyoga sotmaydigan faqirlar.


Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan


Secret  28 Dekabr 2011, 12:03:05


Bir odamning qopi yo'qoladi, kimga berganini hech eslay olmaydi. Bir kuni namoz uqiyotganda qopi kimdaligi esiga tushib qoladi. Namozini bitirganidan keyin quliga qarab baqirdi
 Hoy, falon kishinikiga bor, qopimizni so'ra!
 Qul:
-Qopimiz unda ekanligini qachon esladingiz?
-Namozda
 Qul:
-U holda siz ibodat qilmay, qop qidiribsiz!
Qulning bu go'zal tanbehi va tog'ri e'tiqodi tufayli hojasi uni ozod etdi.

  haa "¦. kulishni ham bilmaysan — achinishni ham

Shu shaytoni la’in namoz tugul boshqa ibodatlarda ham — yo’qotganlarimizuu , yoddan chiqazganlarimizni — eslatib qo’yadi .
Bir inson pulini yo’qotib qoziga kelganda — o’sha qozi 100 rakat namoz o’qishligini aytgandaa, ma’lum daqiqalar o’tmasadan u kishi hursand kelib 1 rakat o’qib —o’qimasdan puli toplilganligini aytganaa, qozining kulgani va ul mal’un o’qishga qo’yarmidii deganlarini eshtar ekanmiz  - Allohdan shayton yomonliklaridan panoh so’rab,  yo’qotganlarimizni  namozda topiladigan emas, balkim toatlarimizdan mustasno holda yodimizga tushiradiganlardan qilishini, hamda ibodatlarimizada -  hushuni mustahkam qal’a sifatida qoplashini so’rab qolamiz"¦.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  28 Mart 2012, 14:24:04

Лечение сғриси . . . ! ! !


 Бир аёл аеропортда самолёт учишини кутарди. Аммо, ҳали срта сди. Бекор стиришни ёқтирмаган аёл дскондан битта китоб ва печение сотиб олди. Бсш курсилардан бирига стириб, китобини сқий бошлади. Китобни берилиб сқир скан, ногоҳ ёнида стирган одам печениесидан олишга журъат қилаётганини сезиб қолди. Аммо, биргина печение учун назокатсизлик қилгиси келмади. Дам-бадам у ҳам соатга қараб қссрди. Китоб сқиб, биттадан печение сғирлаётган одамга ксз қирини ташлар скан, асабийлашмасликка уринарди. Лечение сғриси, секин-секин печениеларини олаётганида, унга сътибор бермасликка ва соат миллари юришини кузатиб, унинг чиққиллашини сшитишга ҳаракат қиларди. Ўзига сзи: "Агар маданистли бслмаганимда, шу одамни ксзларини кскартирардим", - деб қсйди. Ҳар гал печение оламан деганида, у ҳам қслини узатарди. Охири пакетда битта печение қолгач, "Қани снди нима қиласан?", - деди ичида. Одам истеҳзоли кулимсираб, охирги печениени олди ва иккига бслиб, срмини оғзига солди; срмини сса аёлга узатди. Аёл иллат билан печениени олар скан, "Бу қандай безбетлик! Бунчалар қспол бслмаса, бу одам. Бир оғиз раҳмат ҳам демади!" - деб гапириб кетди сз-сзига. Аёл ҳеч қачон бундай асабийлашмасди. Самолётнинг учиш вақти етгач, чуқур тин олди. Юкларини олиб, сшик томон юрди. "Лечение сғриси" га қайрилиб ҳам қарамади. Самолётга чиқди ва срнига жойлашди. "Лечение сғриси"дан қутулганига шукр қилди. Бир бора, унинг адабини бермаганига афсусланди. "Жаноб, - дейиши керак сди у. - Шукр қилинг, сиздек назокатсиз смасман. Акс ҳолда юзингизга шапалоқ туширган бслардим. Аммо, сиз қилган иш расман сғрилик саналади. Лечение сғрилиги... Билдингизми?!" Шуларни хаёл қилиб, қслини сумкага узатди. Чала қолган китобини олиб сқимоқчи бслди. Аммо, не ксз билан ксрсинки, дскондан сотиб олган бир пакет печениеси унинг сумкасида турарди. Бир оғиз ҳам гапирмай, снг охирги печениесини ҳам у билан баҳам ксрган одамдан бориб узр ссрашга снди кеч сди . . . ! ! ! Қспол ва журъатли "печение сғриси" нинг самолёти осмонга кстарилди . . . ! ! !


Турк тилидан Сумайро, Муна Холмуродовалар таржимаси "Сирли, ибратли ва ҳаётий воқеалар" китобидан.

Qayd etilgan