Топ рейтинг www.uz Namozim-Haloskorim

Namozim-Haloskorim  ( 20262 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Ansora  10 Iyun 2011, 14:45:18

Namoz bir nasib masalasi, Namoz o'qimaganlar, yoki haqqi bilan o'qimaganlar yig'lasin, chunki ularga nasib qilinmadi bunday oliy ibodat.

Lu'lu opani Poklik mavzusida bergan savollarini o'qib o'ylanib qoldim, bazilar atrofni tozalab, sajdaga bosh qo'yadilar. Bazilar esa yumshoq gilam, qirchillama joylarda, pok pokiza yerlarda sajda nadir bilishmas,,nasib budir...

Qayd etilgan


Ansora  10 Iyun 2011, 15:03:00

Muazzin yoniq yoniq ovozi bilan azon chaqiryabdi. Allohga shukrlar bo'lsin, azonni eshitish, U'nga ibodat etish nasib bo'ldi.

Rabbim! Ozijona, xato, kamchiliklarla to'la fikrlarim, o'hshatishlarim uchun avf ayla men qulingni.

Biz insonlar mashhur insonlar bilan tanishishni, rasmga tushishni yaxshi ko'ramiz. Bir davlatni prezidenti sizni taniganini o'ylab qarasang! Oho,qanchalar maza...

Ah biz insonlar, Olamlarning Rabbi, Yer- ko'kning sohibi, bizlarni o'z huzuriga kunda farz holida 5 marotaba chaqiryabdi, Yaratganni huzuriga nima uchun shoshilmaymiz? Biron mashhur kishi bilan tanishish fursatiga ega bo'lgandan keyin bisotimizdagi eng yangi kiyimlarimizni kiyamiz, namozdachi? Allohning huzuriga chiqarkanmiz, bularga diqqat etyabmizmi?

Yaratgan bizga shunchalar yaqinki, Allohim, deganimizda "Labbay qulim", deydi.

Biz Allohni huzuriga chaqirilganimizda qanchalar hayajon, chaqqonlik bilan kelyabmiz ajabo??



Qayd etilgan


Mirоlim  24 Oktyabr 2011, 15:43:48

:bsm3:

 :asl3:

Hozirgi benamoz musulmonlar tuyaqushga o'xshab javob berishadi:

Tuyaqushdan: "Sen tuyasan- ku, nega safarlarda yuk tashimaysan"- deb so'ralsa,

-men qushman, der ekan.

Agar qush bo'sen, nega uchmesan, deyilsa:

-men tuyamanda, der ekan.


(Iqtibos qilindi Sayfullohdan)

Qayd etilgan


Mirоlim  07 Dekabr 2011, 19:56:53

:bsm3:

Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v:

"Kimiki 5 vaqt namozni jamoat birla o'qisa, unga 5 narsa ato qilinur:
1- dunyoda unga bechoralik yetmagay;
2- ul kishidan Alloh azza va jalla go'r azobini ko'targay;
3- nomai a'moli o'ng tarafdan berilgay;
4- pulsirotdan yashin tezligida o'tur;
5- besh vaqt namozini jamoat birla o'qiganlarni Jannatga hisob- kitobsiz kirgizgay"- dedilar.


"Masobih" & "Majma' ul- Maqsud Maqsudxo'ja ibn Mansurxo'ja"

Qayd etilgan


Rabella  01 Yanvar 2012, 21:00:58

 :asl3:

 MY PRAYER TREE (Bosing)

Bolajonlar uchun bir oylik "œNamoz daraxti". Namozlar jamoat bilan o`qilgan, yolg`iz o`qilgan yoki kechikib
o`qilganiga qarab turli ranglarda belgilanib borilib oxirida yig`ilgan ranglarga qarab ballar hisoblanar ekan.
Bunda bolalarni namozini o`z vaqtida va jamoat bilan o`qishga qiziqtirish bor..
Bugun ukamga print.dan chiqarib berdim, o`ziyam juda qiziqdi, darrov bugun o`qigan namozlarini kerakli
ranglarda belgilab qo`ydi :)  Endi bamdodga uyg`otsam erinchoqlik qilmaydi (deb umid qilaman InshaAlloh :) )
Oyni oxirida tekshiraman va natijalarga qarab sovg`a beraman dedim  :1

Sizlarga ham tavsiya qilaman.. :)

Qayd etilgan


Best friend  30 Iyun 2012, 12:43:51

Ўтган асрнинг аввалги йилларида яшаб ўтган Шайх Шомил рус истилосига қарши 25 йил шиддатли кураш олиб борди. Босқинчиларнинг сон-саноқсиз сараланган қўшинларини ер тишлатди. Унинг ҳар қилич сермашида, албатта, душман чопилар эди. Уни кўрганда рус аскарлари беркинишга жой қидириб қолишарди...

Шиддатли жангларнинг бирида Шайхнинг кўкрагига найза санчилди. У совуққонлик билан найзани суғуриб олиб, четга улоқтирди. Сўнг яраланган шер янглиғ жангни янада қаттиқроқ давом эттирди. Унда бир томондан яранинг, иккинчи томондан аввалги жангда ҳалок бўлган дўсти ғозий Муҳаммаднинг алами бор эди. Душман тумтарақай бўлиб кетди.

Кеч киргач, Шомил бирдан кўздан йўқолди. Ўша ердаги бир масжид муаззини унинг ярадор эканини пайқаб, ортидан кузатиб юрган эди. Атрофни қоронғулик қоплагач, муаззин Шомилни душман кўзидан четроқдаги ғорга яширди. Сўнг Шайхнинг ярадор бўлганини унинг қайнотаси Абдулазиз Афандига хабар қилди. Абдулазиз Афанди Доғистоннинг катта табибларидан эди. У Шомилни ғорда туриб, ўт-гиёҳлар билан даволади. Аммо яра жуда хавфли эди, шунинг учун Шомилни қишлоққа олиб тушишга мажбур бўлишди. Сўнг яна муолажани давом эттирди.

Орадан йигирма беш кун ўтиб, муолажа таъсирини кўрсатди. Шайх Шомил кўзини очди. Кўзини очиб, тепасида турган онасини кўрди. Шунда унинг илк айтган сўзи ушбу бўлди:
- Онажон, намоз вақтини ўтказиб юбормадимми?

Манба: Cодиқлар

Qayd etilgan


Sumeyya  05 Avgust 2012, 09:05:02

 Subuhanalloh! La havla vala quvvata illa billah.

Qayd etilgan


BilmasOY  05 Avgust 2012, 16:30:03

Alloh rozi bo'lsin... :'(

Qayd etilgan


Ansora  21 Noyabr 2012, 14:59:41

 :asl3:

Namozlarimizni o'qiy olmaganimiz uchun sabablarimiz bor....

eng katta sababi- urushni ichida ham bir din qardoshimiz namoz oqiyotganda

biznikilar sababmi, bahonami?




Qayd etilgan


Ansora  13 Fevral 2013, 13:12:34

Assalomu alaykum.


Bir tanishim bo'lardi, avvallari namozlarini to'kis o'qir ekan, keyinchalik ishini, o'qishini bahona qilib namozlaridan ba'zilarini o'qimay qo'ydi...Vaqtim yetmayabdi, charchab qolyabman vhk sabablar...


Yaqinda esa namozlarini umuman o'qimay qo'yganligini sezdim...


Ha 5 vaqt namoz xuddi 5 ustuni bo'lgan binoday, bu "ustunlardan" biri "quladimi" butun bino "yo'q bo'lishga mahkum"....


Shunday holat sizda ham bo'lsa- oldini oling azizlar...




Qayd etilgan


Muxsiya  07 Mart 2013, 12:14:37

qaysiir kitobda o'qigandim uch kun namozni qazo qilgan odam qaytib avvalgidek namozlarini boshlashi qiyin kechadi, lekin namozni ilk boshlagan kishi 40 kun davomida 5 vaqt namozini birortasiniyam qoldirmay o'qisa, bundan keyingi hayotidayam umuman qazo qilmaydi inshaolloh

Qayd etilgan