Namozim-Haloskorim  ( 30034 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  04 Fevral 2011, 16:50:46

Juma kuni 1 soat oldindan duolar boshlanadi bu yerlarda. Balki bunda ham bir tarixiy ibrat bor: insonlarga bugun Juma ekanligini eslatishdir balki.

Xozirgi kunda maktablarda ta'til. Juma vaqti keldi, tashqaridan esa mahallamiz bolalarini ko'chada to'p o'ynayotgan ovozlari eshitilib turdi... Bolalarni yoshlari esa 10-13 yosh orasi, yani namoz farz bo'lgan yoshdalar.

Eh, bazi (chunki Juma soatida yoniga o'g'li, nabirasini olib Masjidga yo'l olganlar ham bor, alhamdulillah) ota-onalar bolam ko'chaga chiqib uyda to'palon qilmasa bo'ldi, deyishadi. Bilishmaydiki, so'roq-savol kuni kelganida farzandi bo'yniga yopishadi....Alloh shunday ota-ona bo'libq qolishdan asrasin azizlar...

Qayd etilgan


Ansora  05 Fevral 2011, 13:40:29

BOMDODLARINI QAZO QILGANLAR!

Turoldilar uyqidan qolib,
Qiyomatni jazo bilganlar,
Yig'lasinlar dod faryod solib,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Go'yo kesib tomirlarini,
Unitib haq amrlarini,
Yeb qo'ydilar umrlarini,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Yo'l adashgan oqir so'qirlar,
Endi qanday sabab to'qirlar,
Peshinlarda yig'lab o'qirlar,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Gar his qilsak ko'rmog'in mavlo,
Yotolmasdik qiliblar yallo,
Tatimagay uyqusi aslo,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Oz rohatlik uyqu qurboni,
Endi hodiy bo'lmas Qur'oni,
Ahvoli ne uyg'ongan oni,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Ketkazolmas ko'ngilda dog'in,
Unitolmas namoz firog'in,
Haqir ko'rar ayol quchog'in,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Bu nafratga men ham arziman,
Qachon nafsim g'amini yeyman,
Shu on o'lib qolmasin deyman,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Xitobim shu ketar onlarin,
Hazillashmang qadrdonlarim,
To'rt mahallik namozxonlarim,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

(muallifini bilmayman, bilganlar aytishsin iltimos)

Qayd etilgan


Aqoid  05 Fevral 2011, 14:31:40

BOMDODLARINI QAZO QILGANLAR!

Turoldilar uyqidan qolib,
Qiyomatni jazo bilganlar,
Yig'lasinlar dod faryod solib,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Go'yo kesib tomirlarini,
Unitib haq amrlarini,
Yeb qo'ydilar umrlarini,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Yo'l adashgan oqir so'qirlar,
Endi qanday sabab to'qirlar,
Peshinlarda yig'lab o'qirlar,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Gar his qilsak ko'rmog'in mavlo,
Yotolmasdik qiliblar yallo,
Tatimagay uyqusi aslo,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Oz rohatlik uyqu qurboni,
Endi hodiy bo'lmas Qur'oni,
Ahvoli ne uyg'ongan oni,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Ketkazolmas ko'ngilda dog'in,
Unitolmas namoz firog'in,
Haqir ko'rar ayol quchog'in,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Bu nafratga men ham arziman,
Qachon nafsim g'amini yeyman,
Shu on o'lib qolmasin deyman,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Xitobim shu ketar onlarin,
Hazillashmang qadrdonlarim,
To'rt mahallik namozxonlarim,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

(muallifini bilmayman, bilganlar aytishsin iltimos)

Bu she'rni Xayrulla akadan eshitgandik, muallifi ham o'zlari bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


Ansora  06 Fevral 2011, 14:27:38

"İbodat bir qush bo'lsa edi, uning bir qanoti namoz, biri esa ro'za bo'lardi"

Yahyo bin Muaz (r.a)

"Namozlaringni yana bir marta namoz o'qiy olmaydiganday o'qi"

Haz. Ubboda (r.a)

"Namoz-qalbni gunohlarning kiridan tozalab, ko'ngulga g'aybning eshigini ochadi"

Imomi G'azzoliy



Qayd etilgan


Mirоlim  11 Fevral 2011, 16:09:43

:bsm:


Benamoz

Qil ibodat Hudog'a, g'ofil bo'lma benamoz,
Mashg'ul bo'l hamdu sanog'a, g'ofil bo'lma benamoz.

Bu dunyodin ketarsan, tor lahadga kirarsan,
So'rsa suol, na dersan? g'ofil bo'lma benamoz.

Munkair- nakir kelg'aylar: "Man Robbuka?"- deb so'rg'aylar,
Gurzi bilan urg'aylar, g'ofil bo'lma benamoz.

Qil oxirat yarog'in, yondur go'ring chirog'in,
Qo'yma ro'za namozin, g'ofil bo'lma benamoz.

O'larda qiyin ko'rarsan, tashna bo'lib o'larsan,
Do'zax ichra kuyarsan, tahqiq bilgil, benamoz.

Tutar dono o'zini, qilmas olam so'zini,
Ko'rmanglar shum yuzini, yuzi qaro benamoz.

Qilib jabr o'ziga, kirib shayton so'ziga,
Qattig' a'zob tanig'a, ravo ko'rma, benamoz.

Otang, onang ketibdur, tor lahadda yotibdur,
Sanga navbat yetibdur, bilgil muni benamoz.

San ham toki o'larsan, tor lahadga kirarsan,
Turluk a'zob ko'rarsan, tavba qilg'il benamoz.

Ey bechora yig'lag'il, Alloh yodin qo'ymag'il,
Nasihatni tinglag'il, bo'lma zinhor benamoz.

(Namoz haqidagi kitobidan)

Qayd etilgan


Mirоlim  11 Fevral 2011, 16:52:40

:bsm:

Qulligim sultonligim.

-Namozga shoshib ketayotgan yigitni do'sti mot qilmoqchi bo'lib:

— Nima uchun namoz o'qiysan? - deya so'rab qoldi.

Yigit garchi shoshib turgan bo'lsada uning savoliga savol bilan javob berdi:

— Illatini bilmoqchimisan yoki hikmatinimi?

Kutilmagan bu javobdan hayron bo'lgan do'sti:

— Bu nima deganing? - dedi.

Yigit savolini quyidagicha tushuntirdi:

— Illat deb haqiqiy sababga, hikmat esa undan kelib chiqadigan foyda va manfaatlarga aytiladi"¦
— Ho'p, u holda namozning illati nima?
— Uning ilohiy amr ekanligida. Ya'ni meni, seni va butun borliqni yaratgan va bizga shuncha ne'matlarni ehson qilgan Alloh buyurgani uchunguna namoz o'qiyman.
— Albatta, insonning har bir ishi qandaydir mantiqqa asoslanadi. Ho'p, Alloh buyurgani uchun namoz o'qiysan ham deylik, lekin bundan maqsad nima?
— Parvardigorimning roziligiga erishish. Senga biror kishi oddiygina bir qalam sovg'a qilsa, unga minnatdorchilik bildirasan, to'g'rimi?
— Ha, albatta, - dedi do'sti ikkilanmay.
— Demak, oddiy qalam uchun minnatdorchilik bildirilar ekan, men ham nega menga qalam yoki qandaydir bir arzimas narsa emas, balki qo'l, oyoq, ko'z, til, yurak kabi bebaho ne'matlarni, ularga jon bag'ishlovchi ruhni, ong bilan birga boshqa maxluqotlardan aziz qilib turuvchi aqlni ham bergan Zotga sajdaqilmay?!

Bu savolga jo'yali javob berolmasligini bilgan do'sti:

— Ho'p, unday bo'lsa, namozning hikmati nima?- deb navbatdagi savolni berdi.
— Sanab adog'iga yetib bo'lmaydi. Hozir esimga tushganini aytib o'tay.
 Namoz — jahannam o'tidan saqlovchi zirh, qabr azobidan asrovchi qalqon va jannat eshigini ochuvchi kalitdir. Abadiy saodat uning to mangulikka uzangan mevasi"¦
 Namoz- qalbga ozuqa, ruhga shifo, tanaga sihat, vijdonga o'lchov, aqlga istiqomat, irodaga quvvat, xulqqa tarbiya va fe'l atvorga jiddiylik beradi, his-tuyg'ularni qat'iy intizomda ushlab turadi.
 Namoz insonning ma'naviy yuksalish omilidir.
Bularning hech biri bo'lmagan taqdirda ham men baribir yana namoz o'qigan bo'lardim. Chunki foydalar o'ziga chorlovchi bo'ladi, ammo hech qachon haqiqiy sabab bo'lolmaydi.
 Natijalar odatda ko'zlanmaydi, balki beriladi.

Yigit hech narsa demay o'ylanib qolgan do'stiga yana shularni qo'shimcha qildi:

— Namoz- insonni afsus hamda nadomat botqog'iga botiradigan gunoh va jinoyatlardan saqlaydigan ishonchli kema. U insonga haqiqiy inson va Allohning aziz quli bo'lishni o'rgatishda mukammal darsdir.
 Namoz — imon belgisi, Allohga qullik ifodasi, bandaligim e'tirofi, cheksiz ojizligimni cheksiz qudratga, cheksiz orzularimni cheksiz rahmatga yo'llaydigan ma'naviy aloqa vositasidir.
 Namoz — dunyomni ham, qabrimni ham, ohiratimni ham yoritadigan so'nmas chiroq. Sajdadagi zillatim bilan haqiqiy izzatimni topdim.
 Zero joynamoz taxtim, sajda saltanatim va Unga qulligim sultonligimdir.


Mustafo Ma'murjonov "7 iqlim"dan olindi

Qayd etilgan


muxlisa  11 Fevral 2011, 20:18:30

 :as:

Gap egasini topdi

  Ilk namoz o'qishimga turtki bergan bu voqea o'tgan yili sodir bo'lgan edi. O'shanda erimning do'stlari oila a'zolari bilan biznikiga mehmonga kelishdi. Ancha suhbatlashib o'tirdik. Mehmonlardan biri:

"Bir kishi kasal yotgan do'stini ko'rgani uyiga boribdi, - deb hikoya boshlab qoldi. - Undan:

 "Ahvollariz qalay?" deb xol ahvol so'rabdi.

"Rahmat, do'stim, ancha tuzukman. Bekor yotmay deb namozliklarni o'rgandim. hozir besh vaqt namoz o'qiyapman" deb javob qilibdi.

"Uyda yanga ko'rinmaydilar".

"Yangangiz yo'qlar",

 "O'zingiz-ku namozni o'rganibsiz, endi yangaga ham o'rgatmaysizmi?" Shunda bemor:

"E-e, yangangiz shu dunyoda boshimni og'ritib, bezor qilgani yetadi, endi namozlikni o'rgatib, jannatga ham g'alva orttiraymi, qo'ying, gapirmang, qayga borsa, boraversin, ammo meni jannatda tinch qo'ysin", debdi.

  Mehmon hikoyasini hazil so'zlar bilan yakunladi. Ammo menga boshqacha ta'sir qildi. Turmush o'rtog'imga qaradim, u kishi ham mehga yuzlanib turgan ekanlar. Nazarlarimiz boshqacha to'qnashdi. Chunki bu payt u kishi namoz o'qir, men esa o'qimas edim.

  Mehmondorchilik tugab, mehmonlar uy-uylariga tarqalishdi. Shunda turmush o'rtog'imdan:

 "Nega menga namoz o'qishni o'rgatmagansiz yoki siz ham mendan bezormisiz" deb so'radim.

"Yo'q, aslo, - dedilar u kishi, - kel, kech bo'lsayam, o'rgatay, sen ham ibodat qil. Namozdan keyin jannatlarda birga bo'lishni Allohdan so'raylik..."

  Shundan so'ng men namozga tayyorgarlik ko'ra boshladim. Ertasi tongda ilk bor namoz o'qidim. Allohimning amriga bo'yin egib, bomdodni ado etar ekanman, meni ta'riflab bo'lmas halovat chulg'adi. Shu paytgacha bu halovatdan benasib yurganimga pushaymon bo'lib, yig'lab yubordim...

  Endi har namozga turayotib, o'sha lazzat-halovatni qo'msayman, uni menga nasib etgan Allohimga hamdu sanolar aytaman.

                                                                                                         Mavluda Shodmonova. Qarshi tumani. Musulmonlar taqvimidan.

Qayd etilgan


Zamiraxon  11 Fevral 2011, 21:05:58

Alloh subhanahu va taolo sizlardan rozi bo'lsin, omin. Judayam ta'sirlandim. Sizlarga Allohning rahmati bo'lsin.

Qayd etilgan


Saliha  11 Fevral 2011, 21:44:10

Zeynab kizi, hikoyezi ohirigacha o'qib etmasimdan..nahotki, man yosh qiz deb o'ylab yurgan.. Muhlisabonu, oilali bo'sa deb- o'qibman.. :7

Qayd etilgan


UzMuslim  24 Fevral 2011, 19:30:22

Alloh Sizlardan Rozi Bo'lsin,O'qib Chiqib Juda ham Tas'irlandim...

Qayd etilgan