Muazzin yoniq yoniq ovozi bilan azon chaqiryabdi. Allohga shukrlar bo'lsin, azonni eshitish, U'nga ibodat etish nasib bo'ldi.
Rabbim! Ozijona, xato, kamchiliklarla to'la fikrlarim, o'hshatishlarim uchun avf ayla men qulingni.
Biz insonlar mashhur insonlar bilan tanishishni, rasmga tushishni yaxshi ko'ramiz. Bir davlatni prezidenti sizni taniganini o'ylab qarasang! Oho,qanchalar maza...
Ah biz insonlar, Olamlarning Rabbi, Yer- ko'kning sohibi, bizlarni o'z huzuriga kunda farz holida 5 marotaba chaqiryabdi, Yaratganni huzuriga nima uchun shoshilmaymiz? Biron mashhur kishi bilan tanishish fursatiga ega bo'lgandan keyin bisotimizdagi eng yangi kiyimlarimizni kiyamiz, namozdachi? Allohning huzuriga chiqarkanmiz, bularga diqqat etyabmizmi?
Yaratgan bizga shunchalar yaqinki, Allohim, deganimizda "Labbay qulim", deydi.
Biz Allohni huzuriga chaqirilganimizda qanchalar hayajon, chaqqonlik bilan kelyabmiz ajabo??