Ehtiyot shart!  ( 16387 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ansora  24 Dekabr 2010, 18:41:57

Menda bir savol.
Magazinlarda ko'rib qoldim. Belanchaklarda o'zi handalakday keladigan, to'rt qanotli, turli hil rangda bo'lgan bir o'yinchoq osib qo'yisharkan, bu o'yinchoq aylanganda juda chiroyli bo'ladi.
Bolaning yuzidan tahminan 30-40 sm balandlikda turarkan.

Buni yosh chaqaloqlarga psihologik tomondan qanday foydasi bor?
Necha oylik bo'lganda belanchigiga shundoq o'yinchoqlar osib qo'yish tavsiya etiladi?

Bu haqda yaqinda bir yerda o'qigandim. Xato bo'lmasligi uchun maqolani topib, javob yozaman nasib bo'lsa.
Bu o'yinchoq bilan bog'liq bizni boshimizga kelgan ishlarni aytsam:)

Abdulaziz Ensar 4 oyga yaqinlashganda oldik zamonaviy beshigiga osgani. Bu o'yinchoq ham tebranar, chiroyli muzika chalardi. Bolajon 5 daqiqa tinglaydi, keyin dod soladi, sababi ular aylanavergani sari o'yinchoqlarni tezda qo'liga olib, og'ziga solsa bo'ldi. Dardi shu.
O'yinchoqni ustida kattakon qilib Made in China deb qo'ygan, berib bo'larmidi?
Mana 1 haftadan beri o'yinchoqni umuman olib tashladim beshigidan, chunki o'g'lim uni ko'rishi bilan hayajondan o'zini qo'yarga joy topolmaydi, bermasangiz boshlanadi janjal:)
Xullas bizga foydasidan zarari ko'p bo'ldi.

Qayd etilgan


Ansora  20 Yanvar 2011, 18:37:25

Bolaga ovqat bera boshlaganingizdan keyin qo'shig'ini qo'liga berib qo'ymang, hech bo'lmasa 8-9 oylik bo'lib, harakatlarini anglay boshlaguncha. Chunki qoshiq bilan yo og'ziga yoki ko'ziga zarar berishi mumkin, Alloh saqlasin...

Qayd etilgan


yoqutxon  20 Yanvar 2011, 23:17:20

 :as:
Chaqaloqlar aynan kichkina chaqaloqlar bilamizki hayotlarining birinchi oylarida emizilgandan keyin ko'p qayt qilib yuborishadi. Mana shu holatda bolaga beparvo bo'lmang chunki ko'pincha shunday paytda qayt qilingan sut bolaning qulog'iga kirib ketishi mumkin. Bunday holatlar juda ko'p chaqaloqlar bilan yuz beradi, onalar sababini bilmasdan ko'p noto'g'ri muolajalar qilib qo'yishib go'dakka ko'p zarar yetkazib qo'yishadi. Buning oqibatlari yomon bo'lishi mumkin, diqqatliroq bo'linglar zazi ota-onalar.

Qayd etilgan