O'g'limga 6-oydan keyin doktori yog'siz qatiq agar topa olsam Sutash Babymix chaqaloqlar uchun mahsus qatiq berishim mumkinligini aytdi. Meva soklarini ham o'zim uyda siqib berishim kerakligini, olma, mandalina va apelsindan boshlashim mumkinligini tayinladi.
Biz boshda Babymix topa olmadik va o'g'lim biz iste'mol qiladigan qatiqdan yeya boshladi. Bir necha kundan keyin ikki yanog'ida toshmaga o'hshagan qizil dog'lar paydo bo'ldi, doktorga olib bordik. Bolani sut mahsulotlariga allergiyasi borligi aniqlandi. Bir muddat qatib bermadik, Babymixni 1 haftalardan keyin berdim, bu safar yoqdi.
Demak bolaga kattalarni qatig'i og'ir kelibdi.
O'zingiz o'ylab qarang, dunyoga kelganiga endigina 6 oy bo'lgan, sutdan boshqa narsani tatib, hazm qilib ko'rmagan bolaga albatta juda ko'p narsa og'ir keladi.
Qo'shimcha smeslar ham sutday, hazmi oson.
Bundan tashqari bolaga 12 oygacha mol suti bermang, deyishadi doktorlar. Chunki bu sutda boladagi temir moddasini eritadigan element bo'lib, bolada kamqonlikni keltirib chiqararkan...!!!