O'zimiz tikamiz va to'qiymiz : )  ( 89154 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


_IYMONA_  02 Aprel 2011, 19:04:14

Assalamu alaykum. Bu mening birinchi qo'l ishim.

[Mavjud emas]

Qayd etilgan


Ummu Muslima  02 Aprel 2011, 19:42:50

va alaykum assalom
Qo'llariz dard ko'rmasin _IYMONA_
Birinchisi shu bo'lsa .. ;)
qoyil, juda chiroylik

Qayd etilgan


_IYMONA_  03 Aprel 2011, 11:18:39

Assalamu alaykum. Rahmat opajonim. Man ham o'ylagandim hech qachon to'qiy olmasam kerak deb. Astoydil harakat qildim, ustozim ham, onam ham rosa hursand bo'ldilar shapka bilan jemferni ko'rganlaridan keyin...

Qayd etilgan


Saliha  25 May 2011, 22:27:04

o'zim ilgarlari rosa zakaz olib, tikardim..endi dangasalikmi bilmadim tikishni ancha unutganman..
qizim, tikishni boshlagandi..oddiygina bo'lsa ham- sho'tga joylagim keldi..hali bitganicha yo'q kamchiliklari bor..bitgandan keyin iloji bo'lsa joyleman..inshallah



Qayd etilgan


Muslimа  18 Iyun 2011, 22:02:52

:as:






Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Avgust 2011, 14:24:37

 :asl3:




Qayd etilgan


azizbek_mx  22 Avgust 2011, 17:29:39

kuzgi sezon boshlanibdida :)

Qayd etilgan


BelleQizcha  22 Avgust 2011, 18:52:52

man to'qishi bilaman-u paqat bir hillini tikishi bilaman-u paqat tugmani, lekin kiyishi bilaman shunisi muhum to'rimi?

Qayd etilgan


_Risolat_  17 Sentyabr 2011, 00:13:44



O'g'limga atab to'qigan momiq ko'rpacham:) o'tgan yili to'qish kursiga borgan paytim to'qigandim. Bir orqa, bir oldindan olib tekis, naqshsiz to'qidim. Xozir asosan uxlaganda ustini yopish uchun ishlataman.
To'qigan ipimga Turkiyada "soqolli ip" deyishadi, sababi ipni uzun bo'lishi:)

Assalomu aleykum Wa Rahmatullohi Wa Barakotuh!!!

Opajonim shu ko`rpachezni to`qishni o`rgata olasizmi anchadan beri to`qishni o`rganmoqchi edim o`g`lim 7 oylikdan o`tdi endi o`malashga harakat qilyapti ko`rinishidan yumshoqqinaga o`hshiydi shunga    o`malashni boshlaganda yiqilarkan solgani to`qisammikin devotgandim
Oldindan Raxmat endi magazinga borsam ktyuchoq va spska olib kelaman InshaAlloh ip ham uni to`qigani qandek iplar maqul deb o`yliysiz OPajon OLdindan Raxmat

Qayd etilgan


Ansora  19 Sentyabr 2011, 13:48:00

Valaykum assalom. Alloh farzandingizni panohida asrasin. Men ham to'qishni umuman bilmasdim, oddiy sanoq bilan 1-qatorda zanjir olasiz, adashmasam 72 zanjir olgandim, Turk tilida zanjir deyishadi, boshqa tilda bilmadim. Undan keyin ilmoqlni bir oldindan, bir orqadan olib to'qi ketaverasiz. Bu tur kor'pacha uchun qalin iplar ma'qul.

Bu mavzuda ham foydali ma'lumotlar bor:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5135.0

Qayd etilgan