O'zimiz tikamiz va to'qiymiz : )  ( 89130 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Ansora  19 Sentyabr 2011, 13:53:45







Plastmassa qatiq idishidan yasagan "igna iplik idishim"  : )



Shu tahlit ipni o'rab chiqasiz.

Qayd etilgan


_Risolat_  23 Sentyabr 2011, 23:59:57

Valaykum assalom. Alloh farzandingizni panohida asrasin. Men ham to'qishni umuman bilmasdim, oddiy sanoq bilan 1-qatorda zanjir olasiz, adashmasam 72 zanjir olgandim, Turk tilida zanjir deyishadi, boshqa tilda bilmadim. Undan keyin ilmoqlni bir oldindan, bir orqadan olib to'qi ketaverasiz. Bu tur kor'pacha uchun qalin iplar ma'qul.

Bu mavzuda ham foydali ma'lumotlar bor:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5135.0

Opajon Raxmat eytganiz kelsin Amiyn

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Yanvar 2012, 11:37:36

Bir tanishimiz qizli bo'lgandilar, shu qizaloqqa to'qigan edim.


Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Yanvar 2012, 11:38:36

Bunisi esa 1 oy deganda bitdi.
Kryuchokdan kn spitsa bn to'qish ancha qiyin ekan.  :)


Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Yanvar 2012, 11:48:53

Krasofkacha


Qayd etilgan


Зайнаб  07 Yanvar 2012, 21:08:52

Mahdiyah, мунча чиройли чиқибди жилеткангиз. Жудасм текис ва равон тсқиркансиз. Саволларимга жавоб берсангиз :)
Лройма ва бсйнидаги планкани қандай тсқигансиз? Олдин тсқиб олиб кейин улаганмисиз ёки сзидан петлс олибми? Мен ҳали планка тсқимаганман. Лекин, ҳозир джемпер битиб қолди, планкаларини қанақа қилишни ҳалисм сйласпман.. Агар спияада қилолмасам крючокда тсқиб чиқсам керак. Сизникини ксриб ҳавасим келди.
Чок қанақа чок? Сиз тсқишдан олдин петлслар сонини билиш учун образея тсқиб ҳисоблаб оласизми? Қандай ҳисоблайсиз (қанча петлс олишни, зичликни ва ҳаказоларни)

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Yanvar 2012, 12:04:45

Spitsada to'qish biroz sabr talab qiladigan ish.
Ishingiz bitishi qiyin-u, lekin bozorda sotiladiganlardan qolishmay chiqadi.
Bu jiletkani ushbu sxemadan qarab to'qidim.



shu yerda barchasi yozilgan.
Man ham albatta obrazets to'qib olaman xoh kryuchokda xoh spitsada bo'lsin. Kn razmerini o'lchab shunga qarab to'qiman.
Namunaga taxminan 30-40 petlya olib o'sha spitsa (yoki kryuchok), va o'sha ipda namuna to'qiman.
Aynan qaysi ip va qaysi spitsada to'qimoqchi bo'lsangiz namunani ham shularda to'qishingiz muxim.
Bo'lmasa kiyim to'qilganidan kn egasiga yo katta yo kichik bo'lib qolishi tayin.

Plankani siz etgandek aloxida to'qib, kn ulab qo'ysa ham bo'ladi.
Lekin ishim yaxshi chiqsin desangiz, shu planka to'qiladigan joydan kryuchok bn petla-zanjir chiqarib simli spitsaga yig'ib olasiz (shu jeletkaga 3 ta simli spitsa ishlatilgan, 2 tasi janjirlarda bo'lsa 1 tasida to'qilgan). Kn oddiy rezinka chokda petlani to'qiysiz 8-10 qator.
Proymasida ham xuddi shunday.
Lekin maslaxatim spitsani o'zida to'qin plankasini erinmasdan.
To'g'ri sal qiyinchilik tug'diradi, lekin tayyor bo'lganidan kn o'zingiz ham juda xursand bo'lasiz va o'zingiz uchun bilib qo'yganingiz ham yaxshi bo'ladi.

Man ham yana bir jemper boshlaganman. Sal vaqt kamligi uchun hech bitkaza olmayabman.
InshaAlloh shu proyma va plankasiga kelganda, qadamma-qadam rasmga olib forumda tushuntirib joyliman.

Qayd etilgan


Зайнаб  09 Yanvar 2012, 09:45:35

 :asl3: Бугунги кунни ҳам бошлаб олдик, алҳамдулиллаҳ :)
Mahdiyah, худди асл нусхадек чиқарибсиз а:) Лройма ва планкаларни мастер-классини  ксрсатишингизни кутиб қоламан. Қсйган суратингизни сақлаб олдим. Чок тсқилиши унчасм қийин смас скан, фақат снг ва тескари чокларгина қатнашган. Лекин, сизникидек чиқаришни сзи бслмагандир! Ипингиз қанақа ип ва қанчадан олгансиз?

Mahdiyah, қандай ҳисоблашингизни ҳам ёзингчи. Чунки, мен ҳеч қачон ҳисобини олмай тсқишни бошлайман. Ва натижада 2-3 мартадан қайта тсқишимга тсғри келади. Шунда битта болалар жилеткасини тсқишга керагидан 2-3 баробар вақтим кетади. Кечаги шунақа скспериментимдан кейин, бслди, снди фақат ҳисоблаб олиб, образея тсқиб кейин бошлашга қатъий қарор қилдим :) 


Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Yanvar 2012, 10:06:58

Asosan turkiyani KARTOPU iplaridan foydalanaman.
Bu jiletkada BONBON dan foydalanganman.
Iplar 3 500 dan u yog'i ketaveradi 15 000 har hil.
Lekin asosan KARTOPUni BABY ipidan foydalanardim (bir matok - 100 g = 300 m -4000 so'm xozir).
Oxirgi payt KARTOPUni AK-SOFT ipidan ko'proq foydalanayabman, sizga ham maslaxat beraman. Xuddi gatoviy kiyimga o'xshab chiqadi ishlaringiz.

Misol uchun shu jiletkada razmer olganimni yozsam:
namunaga deylik 30 ta petlya olib 4-5 sm namuna to'qiman.
Kimga to'qiyotgan bo'lsam ko'krak aylana o'lchamini olib 2 ga bo'laman.
Ko'krak aylana 88 sm deylik (agar erkak kishiga to'qiyotgan bo'lsangiz qorni bo'lsa qorin aylanasi o'lchanadi, bo'lmasa ko'krak aylanasi bo'yicha xisoblanaveradi)
88 ni yarmi 44sm.
Namunani to'qib bo'lgach smda o'lchiman, deylik 12 sm chiqdi.
44 sm ichida 12 dan to'la 3 ta va yana taxminan 3 dan bir 2 qismi bor.
yani 12X3+8=44
Xohlasangiz shu qoldiq 8 sm ga nechta zanjiringiz ketganini xisoblab olishingiz mumkin namunada.
demak 12 smli (30 janzir) namunadan 3 ta va yana 2/3 qismi.
30 janzir X 3 = 90 janjir + (30 ni 2/3 qismi=)20 ta janjir = 110 ta janjir, yana uyoq buyoq hisob bn 5-10 ta qo'shib olsangiz zarar qilmaydi :)
Kn rezinka chokdan kn shu uzorda to'qib ketaverasiz.

Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Yanvar 2012, 10:14:03

Bunisi kichkina bolakaylar uchun jiletka.
Choki sal qiyinroq, lekin chiroyli chiqarkan.
Bu BABY dan to'qilgan 75-80 janzir olingandi adashmasam.



chokni sxemasi

Qayd etilgan