Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda futbol haqidagi bilmagan savollaringizni (intellektual savollar emas) qoldiring.
Javobini kim bilsa, yozib qoldirsa, biz ham bahramand bo'lardik.
Demak, o'zim boshlasam:
1. Futbol musobqalari boshlanishida ikki terma jamoa chiqqanda ular bilan birgalikda yosh bolalar ham chiqadi? Ular kim? Futbolchilarning bolalarimi? Agar unday bo'lsa, ular orasida uylanmaganlari ham bor-ku? Agar tanishi bo'lmasa kim ular? Qanday tanlanadi ularni?
2. Futbol transferlaridagi pullar kimga kelib tushadi? Masalan, Odil Ahmedovni "Anji" 1 million yevroga sotib oldi? 1 million yevro kimning hisobiga tushadi? "Paxtakor"ningmi yoki O.Ahmedovningmi? Agar "Paxtakor"ga tushsa, O.Ahmedovga qancha foiz tegadi? Futbolchining keyingi oyligi shuning ichida bo'ladimi? Yoki alohida oladimi?