Muallif Mavzu: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar  ( 36213 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« : 15 Iyun 2006, 16:33:44 »
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda siz o'zingiz sevib tomosha qilgan kinofilmlardan olingan ta'sirli fikrlarni yozishingiz mumkin.

O'zim boshlab bersam:

— Bu ham Allohning bir bandasi. Nega uning raqami 786chi ekanligini bilasizmi? 786 - bismillohning belgisi! Shu raqam mana shu mahbusga nisbatan ham Allohning mehr-muhabbati borligini ifodalayapti. Siz ham unga rag'bat ko'rsating!

Vir va Zaara
(Hindiston) filmidan.

Mavzu arxivi

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #1 : 27 Iyun 2006, 05:13:04 »
— Yaxshimisan, Paro. Oradan qancha kunlar o`tdi. Ko`rishmaysanmi?
— Kunlar? Sen uchun shundaydir. Lekin men uchun 10 yilu 6 oy, 4 kunu 6 soat. Sen meni unutvording.
— Yo`q, Paro.
— Yolg`on! 10 yilda atigi 5 ta xat oldim. Bir yilda to`rtta fasl bor. Har faslda loaqal bittadan maktub yozganingdayam...
— Gaplaring ma’noli. Aqling kirib qopti. Ha, aqling kirib qopti.
— Dengizga intilgan suv tez orada daryoga aylanadi.
— Unda nega yuzingni yashiryapsan?
— Ko`p yillik firoqdan so`ng bugun oy to`lishdi. Ko`rsang hushingni yo`qotasan deb qo`rqyapman.
— Hatto oy ham sendan kamtarroq.
— Ha-da! Axir uni dog`lari bor.
— Bo`pti, Paro unda oy chiqqanda yuzingga boqaman. Ko`ramiz, nima hushimni oladi? Oy nurimi yo seni g`ururingmi? Paro, yoningga hech kimni yo`latmayman.

Devdas (Hindiston) filmidan.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #2 : 27 Iyun 2006, 05:13:21 »
— Ha, London butunlay boshqacha! Bu yerda hamma narsa katta. Odamlaram, suhbatlaram, ko`chayu binolar, malika saroyi, hatto qushlaram, hamma-hammasi. Qayerga qarama, g`uj-g`uj odam. Bilasanmi, Paro, odamlar Londonda hayotlaridan juda ham mamnun.
— Sen-chi?
— Menam. Nega so`rayapsan?
— Shunchaki, aytchi, qishlog`imizni hech esladingmi?
— Yo`q... Haligi... Ahyon-ahyonda. Yotoqxonada ovqatlanayotib, onam yopgan nonni esladim. Kimdir bir-biri bilan urushsa, otamni esladim. Shu xolos. Ha, kechqurun sayrga chiqqanimda Dharandasning aravasini, uyqusiz tunlarda esa buvimni, faqat shularni esladim.
— Dev... a...
— Ha, nima?
— Meni-chi?
— Sirayam. Ha bir marta eslagan bo`lsam eslagandirman. Lekin, nimaga, qachon?...
— Nahotki eslamagan bo`lsang?
— Odam o`zi uchun qadrli narsani eslaydi. Kechirasan-u, sen ... men uchun ...
— Shunaqa degin. Demak sen qadrlisan.
— Ha!
— Shuning uchun ham bitgan maktublaringni kuniga besh marta o`qidim. Bir yilda qancha o`qigan bo`laman?
— Agar...
— O`n yildachi?
— Ko`paytirsak... Agar...
— 18250 marta. Qadrli bo`lganing uchun ham o`n yil avval seni noming bilan sham yoqqan edim. Shu damgacha uni so`nishiga yo`l qo`ymadim. Necha soat yongan bo`ladi?
— Agar, hisoblab ko`rsak...
— 87600 soat. Qadrli bo`lganing uchun ham har lahzada seni eslardim. Bir kunda necha lahza boir, bilasanmi?
— Hozir... hozir aytaman... hozir...
— Hisobga yo`q ekansan.
— Hey, Paro. Har qalay seni eslagan ekanman.
— Qachon?
— Har nafas olganimda. Inson unutganlarinigina eslashga urinadi. Tentakkinam, meni eslagan lahzalaringni sanab o`tiribsan-a? Axir bu lahzalarni menam boshimdan o`tkazdim. Sham yoqqan senu, yongan men bo`ldim. Ha! 87600 soat!..

Devdas (Hindiston) filmidan.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #3 : 27 Iyun 2006, 05:13:55 »
— Paro, nima bo`ldi? Bemahalda nima qilib yuribsan. Qo`rqmadingmi?
— Bugun men narsadan qo`rqmayman.
— Sharmanda bo`lishdanammi?
— Ha, seni yoningda ekanman sharmanda bo`lishdanam qo`rqmayman.
— Bu yerga nega kelding?
— Nega daryolar dengizga oshiqadi? Nega kungaboqar quyoshga intiladi? Paro ham o`zligini, oilasi sha’nini unutib, tunligiga qaramasdan, nega mahbubi poyiga panoh istab keldi? Barcha savollarning javobi bitta...
— Javob bitta! Savollar ko`p-da!
— Toki birga ekanmiz savolga o`rin yo`q!
— Birga bo`lishimizni xohlashmayapti.
— Sen nimani xohlaysan?
— Baxtli bo`lishingni. Paro, otam bizning munosabatlarimizni tushunmaydi.
— Uni ko`ndiramiz.
— Agar rozi bo`lishmasa-chi?
— Sevishganlar bu haqda o`ylamaydilar.
— Olov bor joyda tutun ko`tariladi. Paro! Men oilalarimiz orasida ko`tarilgan alanga tutunida yo`q bo`lib ketishimizni istamayman. Eshityapsanmi?
— Nima bo`lganda ham yo`qoladigan menman. Sen bilanam, sensizam.
— Yur, seni kuzatib qo`yaman.
— Kuzatib qo`yasan? Sharmandalikdan qo`rqmaysanmi?

Devdas (Hindiston) filmidan.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #4 : 27 Iyun 2006, 05:14:11 »
— Ota, nega uni haqorat qildingiz?
— Kechasi soat ikkida qo`shni xonadoniga kirgan qizni fohisha demay nima deb atash mumkin?
— Ota... axir u ham odam farzandi.
— Yalangoyoqlarni xonadonimga yaqinlashtirmayman.
— E’tiroz bildiraman. Ular ham siz kabi yerda yashaydilar.
— Ularning yerlari yo`q
— E’tiroz bildiraman, ular ham siz ichgan suvni ichishadi.
— Bo`ldi, bas qil, oilamiz sha’ni deb yalangoyoqlarga quda bo`lmayman.
— E’tiroz bildiraman...

Devdas (Hindiston) filmidan.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #5 : 27 Iyun 2006, 05:14:26 »
— Paro, Men nima qilishni bilmay qoldim. Go`yo tarozi pallasida turgandayman. Men seni baxtli qilishni istayman. Lekin bu bilan otamni qahrini keltiryapman. Sen ular meni duoibad qilishlarini xohlamaysan-ku! Daryo nega dengizga oshiqadi? Nega kungaboqar quyoshga intiladi? Bu savollarga javob axtargandan ko`ra ularni yo`q qilishimiz afzal emasmi? O`rtamizda esa hech qanday muhabbat yo`q edi deb bil. Nima bo`lib o`tgan bo`lsa shunchaki bolalik edi. Bugundan boshlab sen men uchun qo`shnining qiz, men esa sen uchun do`sting Devman.

Devdas (Hindiston) filmidan.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #6 : 27 Iyun 2006, 05:14:41 »
— Devdas, kel, shu ichishni tashlayqol, nima qilasan ichib.
— Qachonki seni unuta olganimdagina ichishni tashlayman.
— O`tinaman, ichishni tashla, Dev. Va’da ber, ichmayman deb.
— Men bilan birga ketaman deb senam va’da bera olasanmi?
— Axir, mening oilam, erim bor...
— Ha, sen katta xonadonning katta bekasisan. Endi orzularing ham, suhbatlaring ham, hatto bolalaring ham katta-katta... Kel, men senga bir narsa ko`rsataman. Yur, ko`r mana bu narsalarni. Men bularni ko`z qorachimday asrab kelaman. Mana bu...
— Mening qo`ng`iroqcham.
— Esingdami, yoshligimizda sening oyog`ingdan o`g`irlab qo`ygandim, sen uni so`rab ortimdan kechgacha yalinib yurganding...
— Devdas, yur seni uyimga olib ketaman, ichishni tashla!
— Yo`q, seni uyingga borolmayman. Lekin o`limim oldidan albatta ostonangga bosh qo`yib kelaman!
— Va’da ber. Qo`limga qo`llaringni qo`yib va’da ber.
— Va’da beraman!

Devdas (Hindiston) filmidan.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #7 : 27 Iyun 2006, 05:15:10 »
Paro esa darvoza tomon intilardi. Birdan darvozalar yopildi. Paro darvozaga urilib, yum-yum yig`lardi. Darvoza ortida esa Devdas jon taslim qilardi. Uning oxirgi so`zi esa “Paro!” bo`ldi.

Garchi dilda ming g`uluv, dog`dir,
Muhabbat bir muqaddas bog`dir.
Yur, shu bog`da bir dam yuraylik,
Ishqdan tole qasrin quraylik.

Sen gul eding, men bir bolari,
Tushdir endi bularning bari.
Endi jonim, meni kutmagil,
Kutma, lekin hech unutmagil!


Devdas (Hindiston) filmidan.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #8 : 04 Iyul 2006, 03:24:42 »
Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum
Turma darchasidan ko'chaga boqgum.

Kunlar, oylar, yillar o'tgani sari
Ko'z oldimga kelar otam bog'lari.

Bu oftob onamning yoshlik ko'zidir,
Yomg'irlar u ko'zning sog'inch so'zidir.

Jondan o'tar ekan bu sovuq kunlar
Lori gulxanini qo'msayman tunlar.

Tushimga har kecha kirar bir dilbar,
O'zin shamsiya der, meni Vir atar.

U aytar: "Bu sening vataning emas",
Lek mening yurtimga qiladi xavas.

Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum
Panjara ortidan yorimga boqgum.

Uning nazarida bizlar bir juft gul,
Va bir-birimizga o'xshaymiz butkul.

Umid uyg'otadi duo singari
Uning kulib aytgan sirli so'zlari.

Agar shodmon bo'lsam u ham suyunar,
Men uchun hammadan ko'proq kuyinar.

Uning va'dalari, ahdu paymoni,
Go'zal ko'rsatadi menga dunyoni.

G'ayrat jo'sh uradi bilaklarimda,
Himmat paydo bo'lar yuraklarimda.

O'zga yurtdagi bir begona g'uncha,
Nimaga men uchun qayg'urar buncha.

Uning nazdida biz bir juft guldaymiz,
Birga quvnagaymiz, birga kulgaymiz.

Men yetti yuz sakson oltinchi mahbus
Panjaradan ko'kka boqarman tuyqus.

Osmon orzularim uning orzusi,
U mening dilimning shimol yog'dusi.

Qalbi ezgulikka to'la bu dildor,
Men uchun hattoki o'limga tayyor.

Mening heshlarimga qilay deb xizmat
O'z azizlaridan kechgan u, rahmat!

U aytar: "Bu sening vataning emas",
Lek mening elimga qo'ygandir xavas.

Uning nazdida biz bir juft lolamiz,
Faryodimiz birdir, birdir nolamiz.

Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum
Turma darchasidan ko'klarga boqgum...

Vir va Zaara (Hindiston) filmidan

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #9 : 04 Iyul 2006, 03:24:59 »
Bu kitob bugun bilan erta o‘rtasida mavjud bo‘lgan osuda oraliq haqida. Bu kitob bir avlod bilan ikkinchi avlod o‘rtasida uzilib qolgan ko‘prik haqida. Bu kitob bir vaqtlar jigarbandarini mindirib, o‘ynatib yurgan, ammo hozirda bukchaygan yelkalar haqida. Bu kitob farzandlarini jajji qo‘lchalaridan tutvolib, bir zamonlar alla aytib, jim qolgan lablar haqida o‘kinch bilan yozilgan.

Zamon o‘zgardi. Hayotam o‘zgardi. Bizning yoshimizdagi tengdoshlar bilishadi. Bugungi kunda o‘tmish sarqiti deb hisoblangan odatlarimizning hammasiga biz ishonardik. Onalar oyog‘i ostida jannatni ko‘rardik. Endi odamlar juda dono, yoshlarimiz juda iqtidorli, o‘ta qobiliyatli bo‘pketishgan. Ular uchun erishilgan har qanday yutuq, go‘yoki pillapoyadan ko‘tarilgandek ko‘tarilaverishsa... Bordi-yu yo‘llarida nafi yo‘q narsa uchrasa, uydagi keraksiz bo‘lgan stulmi, singan idish-tovoq, eskirgan kiyim-kechak, sarg‘ayib ketgan gazet kabi shu zahoti axlatxonaga oborib tashlashadi.

Lekin... hayot aslo pillapoyamas. Hayotni unga qiyoslab bo‘lmaydi. Mening fikrimcha, hayot ulkan bir daraxt misoli. Uning tomiri esa ota-ona hisoblanadi. Daraxt har qancha katta bo‘lmasin, agar tomiri kesilsa, tamom:! U ortiq ko‘karmaydi, qurib bitadi.

Endi oddiy bir savol bilan sizlarga murojaat qilsam. Ota o‘z farzandining quvonchi, kamoli uchun toganini sarf qiladi-yu, lekin o‘sha farzandga padarning ko‘zlaridan nur ketgan chog‘ida unga suyanchiq bo‘lish og‘irlik qilarkan. Nimaga ota bolasining ilk qadam tashlashiga ko‘mak beradi-yu, ammo belidan quvvati ketganda nia uchun farzandigamas, hassaga tayanadi? Bir umr o‘z bolalariga shodlik ulashgan ota-onani ne sababdan qon yig‘lashdek zulmga duchor qiladi? Bizga mehr ko‘rsatisholmas ekan, mehrimizni tortib olish huquqini ayting, kim berdi? Ular kim bo‘ptiki, parvardigor muhabbat rishtasi ila birlashtirgan ota-onasini bir-birlaridan ayirib, alohida yashashga majbur qilishadi? Nahot inson xudodan shuning uchun farzand so‘rasa? Qaytar dunyo derlar. Bizning boshga tushgan savdo ertaga albatta ularning ham boshlariga tushadi. Ular ham bir kun keksayib shu savolni berishadi.

Keyin yana bir gap: Bizning tashvishimizni qilmang. Agar biz bolalarimizni tarbiyalab voyaga yetkazgan ekanmiz, o‘qitgan, oilali qilolgan ekanmiz, o‘zimizniyam boqib olamiz. Hech kimsaga muhtoj yerimiz yo‘q. Men taqdirdan minnatdorman. Shuning uchun minnatdormanki, u menga ajoyib jufti halol nasib etdi. Shu ayol hayot yo‘limni yoritdi. Har qanday qiyinchiliklarga bardosh berdi. Men bu ayol qashisida bosh egaman.

"Bog'bon" filmidan (Hindiston)

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #10 : 04 Iyul 2006, 03:25:15 »
- Parvo qilma, bola. Bularning barisi mayda odamlar. Men bularga o'xshaguncha o'zimni osaman. Bular dunyoni pul bilan o'lchaydi. Somsa bilan o'lchaydi. Men esa dunyoni sen bilan o'lchayman, polvon!

"Dev bilan pakana" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #11 : 04 Iyul 2006, 03:25:29 »
- Bugungi san'at eng katta biznes. Rohatoy katta sahnaga chiqishi kerakmi? Kerak! Konsertlarga chiqshi kerakmi? Kerak! Kim uni bepul chiqaradi? Puli bo'lmasa nima qilsin? Sen chiqarsang -seniki, men chiqarsam - meniki! Uniyam tushunish kerak.
Sotiboldiyev uni albatta televizorga chiqaradi. Keyin... biror kecha birga yotadi. Balki yotishga ham ulgurmas. Bundan kattarog'i ilib ketadi. Agar omadi yurishib ketsa Rohatoy bironta prokurorga ikkinchi yo uchinchi xotin bo'ladi. Tushunaman, chiroyli qiz. Sotiboldiyevga xayf.
Gapni rosti Rohatoy sanga to'g'ri kelmaydi, Polvon. Bir umr qo'riqlab, nosqovoqday belingga tugib yurolmaysan-ku! G'ijjagini sindirsan ko'ngli og'riydi. Sindirmasang, duch kelganga o'ptirishga majbur...

"Dev bilan pakana" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #12 : 04 Iyul 2006, 03:25:43 »
"Erkaklar yo'q joyda ayollar erkakka aylanadi"

"Chayongul" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #13 : 04 Iyul 2006, 03:25:58 »
Odam so'yayotgan "qassob":
- Kechir. Bunaqa qarama menga. Ishim shunaqa bo'lgani bilan o'zim ko'ngilchan odamman. Sen esa birinchisi ham emassan, oxirgisi ham. Dunyoda qimor degan narsa bor ekan, hali ne-ne yigitlar senga o'xshab, "Rossiyaga ketadi". Lekin xatni bekor yozding-da. Endi seni hech kim qidirmaydi. Hech kim sendan xavotir ham olmaydi. Bardam bo'l. Meni qo'limdan keladigani bitta yaxshilik: pichoqni tortaman-u, uyog'iga o'tkazib yuboraman. Qo'rqma, qiynamayman.

"O'yin" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
« Javob #14 : 04 Iyul 2006, 03:26:54 »
— Otam qishloqni tark et dedi. Hamma Paroni tark et dedi. Paro sharobni tark et dedi. Bugun esa onam uyni tark et dedi. Kuni kelar, Xudoyim ham bu dunyoni tark et deydi. Bu uyda meni hech qanday haqim yo`q, oyi. Meni haqim sizda. Uni mendan hech kim tortib ololmaydi. Hatto siz ham!

"Devdas" filmidan

 

Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi

Muallif MahdiyahBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 34474
So'nggi javob 31 Avgust 2013, 14:45:32
muallifi albatros
Sevimli kino va multfilmlardan mashxur so'zlar!!!

Muallif ikbaljohnBo'lim Kino olami

Javoblar: 971
Ko'rilgan: 312241
So'nggi javob 06 Dekabr 2012, 12:48:49
muallifi Shoxjahon12
Sevimli filmingiz uchun subtitrlar!

Muallif UsmonBo'lim Darsxona

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 6764
So'nggi javob 03 Mart 2008, 16:33:21
muallifi Sakina
Marg'ilon shahri haqida iqtiboslar

Muallif AbdulAzizBo'lim Farg'ona viloyati

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 9986
So'nggi javob 30 Iyul 2010, 20:16:17
muallifi gayrat17
Sevimli filmlardan parchani toping

Muallif JaviKBo'lim Kino olami

Javoblar: 292
Ko'rilgan: 83641
So'nggi javob 12 Yanvar 2013, 11:51:46
muallifi JaviK