"Hayot go'zal" LA VITA E BELLA  ( 9827 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


yoqutxon  29 Avgust 2010, 17:29:19

                          LA VITA E BELLA
                           (Hayot go'zal)
                        Rejissyor:Roberto Benigni
                        Bosh rolda:Roberto Benigni
                                  1-qism
Italya 1939 yil: Qishloqdan shaharga ko'chib kelgan sof dil, quvnoq Gvido shaharlik o'qituvchi qiz Dorani sevib qoladi.
Gvido Doraning sevgisiga o'zining "ajoyib" tasodiflari, samimyati va hazilkashligi bilan yetishadi.
Ular turmush qurishadi. O'z kitob do'konlarini ochib, Jo'zeppe degan o'g'illi bo'lishadi.
P/s Filmning 1-qismi ajoyib romantik ertakni eslatadi.

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


yoqutxon  29 Avgust 2010, 17:46:31

                                           2-QISM
Hukumatda fashistik ruh avj oladi. Yevreylar siquvga olina boshlanadi.Yevreylarni barchasini
ko'ns. lagerlarga surgun qilinadi. Qariya va yosh bollalarni gaz kameralarida o'ldirib yuborishadi.
Lekin Gvindo o'z farzandini gaz kamerasidan saqlab qoladi.Ota farzandining murg'ak qalbini qo'rqinch
egalamasligi uchun atrofda bo'layotgan hamma voqealar bir o'yinligi,Yutuq esa Juzeppe orzu qilgan
Tank ekanligi, Yutuqni qo'lga kiritish uchun 1000 ball to'plash, ballar esa Saldatlar ko'ziga ko'rinmaslik,
yig'lamaslik, qorin ochganda shikoyat qilmaslik kabi qoidalarga qatiy amal qilinganda berilishini aytadi.
Juzeppe atrofda bo'layotgan o'limlar, qon va og'riqlarga qaramay, o'z otasiga, bularning barchasi
oddiy o'yinligiga, o'yinni yutsa Tankga ega bo'lishiga chin dildan ishonadi...
P/s: 2- qism kishini yig'lashga, hayotdagi ko'p narsalarga o'zgacha qarashga majbur qiladi.

Qayd etilgan


yoqutxon  29 Avgust 2010, 17:55:42

                   Film yutuqlari

1998 yilda LA VITA E BELLA Kan festivallining gran prisiga loyiq
deb topiladi.O'sha yilning o'zida Oskarga 7ta( eng yahshi film.eng yahshi erkak aktyor, eng yahshi chet el filmi,eng yahshi
rejessura, eng yahshi musiqa, eng yahshi montaj) nominatsiyalariga nomzodi qo'yiladi. Bulardan Eng yahshi aktyor va eng yahshi rejessura bo'yicha haykalchalar Roberto Benigniga topshiriladi.Eng yahshi musiqa nominatsyasi bo'yicha haykalcha ham ushbu filmda ishlatilgan kompozitsya  mualiffi Nikola Piovaniga topshirilgan.

Qayd etilgan


yoqutxon  29 Avgust 2010, 18:01:07

"Hayot go'zal" nazarimda inson hayoti davomida bir marta bo'lsa ham ko'rishi kerak bo'lgan filmlar sarasiga kiradi. Agar kimdir ushbu filmni ko'rgan bo'lsa shu yerda film haqida mulohazalarini qoldirsa juda minatdor bo'lardim. Ko'rmaganlarga esa LA VITA E BELLA ni albatta ko'rishlarini maslahat beraman.

Qayd etilgan


Zamiraxon  29 Avgust 2010, 20:04:06

Yoqutxon, bu filmni qayerdan olsa böladi? Disk körinishda sotiladimi?

Qayd etilgan


yoqutxon  29 Avgust 2010, 21:03:15

Yoqutxon, bu filmni qayerdan olsa b?ladi? Disk k?rinishda sotiladimi?
Disk ko'rinishidagisini Toshkentda topsa bo'ladi albatta. Yana internet orqali online ko'rish ham mumkin. 

Qayd etilgan


Zamiraxon  29 Avgust 2010, 22:23:05

Yoqutxon, bu filmni qayerdan olsa b?ladi? Disk k?rinishda sotiladimi?
Disk ko'rinishidagisini Toshkentda topsa bo'ladi albatta. Yana internet orqali online ko'rish ham mumkin. 
Kinolarni player.uz dan körardim online. Bu kinoni qaysi saytdan körsa böladi?

Qayd etilgan


yoqutxon  30 Avgust 2010, 09:37:04

Kinooko.ru da filmning ruscha tarjimasini ko'rishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Usmon  14 Sentyabr 2010, 18:55:37

Film juda zo'r! Oxirida o'yin yaxshi yakun topadi :)  :'(

Qayd etilgan