- Safarqul, anau to'g'ri tarozing ko'rinmaydi?
- Yo'-yo', turibdi, ana, hov ana.
Zulfiqor:
- Hov ana, xaridor oyog'i yertmaydigan joyda...
Mastura Rahbarovna:
- San-chi, Zulfiqor o'g'lim, to'g'ri tarozini olib, bozorni o'rtasiga o'rnat.
- Xo'p bo'ladi, bugunoq o'rnatamiz.
- Safarqul, 4 ta sog' tarozi topiladimi yo hammasi o'zingga o'xshaganmi?
Zulfiqor:
- Safarqul akam xaridorlarni o'ylab, bozorni o'rtasiga to'g'ri tarzoi o'rnattirdilar. Olgan xaridinglarni o'lchab ko'ringlar. Tarozini halolligiga, to'g'riligiga Safarqul akamiz kafil. Uyalmanglar. Qani opajon, nima oldiz?
- Uzum oldim.
- Qancha uzum oldiz?
- 1,5 kilo.
- Yaxshi, 1,5 kilo. Mana hozir tortib ko'ramiz. Mana: 950 gramm. Bu tarozi aldamaydi.
- Voy, naga 900 gramm chiqarkan?..
"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)