Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar  ( 58245 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 03:25:15

- Parvo qilma, bola. Bularning barisi mayda odamlar. Men bularga o'xshaguncha o'zimni osaman. Bular dunyoni pul bilan o'lchaydi. Somsa bilan o'lchaydi. Men esa dunyoni sen bilan o'lchayman, polvon!

"Dev bilan pakana" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 03:25:29

- Bugungi san'at eng katta biznes. Rohatoy katta sahnaga chiqishi kerakmi? Kerak! Konsertlarga chiqshi kerakmi? Kerak! Kim uni bepul chiqaradi? Puli bo'lmasa nima qilsin? Sen chiqarsang -seniki, men chiqarsam - meniki! Uniyam tushunish kerak.
Sotiboldiyev uni albatta televizorga chiqaradi. Keyin... biror kecha birga yotadi. Balki yotishga ham ulgurmas. Bundan kattarog'i ilib ketadi. Agar omadi yurishib ketsa Rohatoy bironta prokurorga ikkinchi yo uchinchi xotin bo'ladi. Tushunaman, chiroyli qiz. Sotiboldiyevga xayf.
Gapni rosti Rohatoy sanga to'g'ri kelmaydi, Polvon. Bir umr qo'riqlab, nosqovoqday belingga tugib yurolmaysan-ku! G'ijjagini sindirsan ko'ngli og'riydi. Sindirmasang, duch kelganga o'ptirishga majbur...

"Dev bilan pakana" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 03:25:43

"Erkaklar yo'q joyda ayollar erkakka aylanadi"

"Chayongul" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 03:25:58

Odam so'yayotgan "qassob":
- Kechir. Bunaqa qarama menga. Ishim shunaqa bo'lgani bilan o'zim ko'ngilchan odamman. Sen esa birinchisi ham emassan, oxirgisi ham. Dunyoda qimor degan narsa bor ekan, hali ne-ne yigitlar senga o'xshab, "Rossiyaga ketadi". Lekin xatni bekor yozding-da. Endi seni hech kim qidirmaydi. Hech kim sendan xavotir ham olmaydi. Bardam bo'l. Meni qo'limdan keladigani bitta yaxshilik: pichoqni tortaman-u, uyog'iga o'tkazib yuboraman. Qo'rqma, qiynamayman.

"O'yin" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 03:26:54

— Otam qishloqni tark et dedi. Hamma Paroni tark et dedi. Paro sharobni tark et dedi. Bugun esa onam uyni tark et dedi. Kuni kelar, Xudoyim ham bu dunyoni tark et deydi. Bu uyda meni hech qanday haqim yo`q, oyi. Meni haqim sizda. Uni mendan hech kim tortib ololmaydi. Hatto siz ham!

"Devdas" filmidan

Qayd etilgan


Laylo  25 Sentyabr 2006, 16:26:56



Yosh qizcha:
- Dada, nega biz yakshanba kunlari cherkovga borib ibodat qilmaymiz?
Ota:
- Biz musulmonmiz-ku, qizim. Biz masjidga boramiz. Cherkovga nasroniylar boradi.
Yosh qizcha:
- Unda nega masjidga bormaymiz?...
Ota:
- Nega bormas ekanmiz, boramiz. Sen hali yoshsan. Men pensiyaga chiqib olay, keyin ikkalamiz birga boramiz...

* * *

Hadicha:
- Universitetda o'qishni boshlaganimda mendan bir yosh katta akam to'satdan vafot etdi. Men o'sha paytda dunyoning tinimsiz o'zgarib turishini, insonning o'tkinchi mavjudot ekanligini, tabiat oldida naqadar ojizligini seza boshladim. Bunday ma'nosiz hayotimni o'zgartirish yo'llarini izlab yurgan paytlarimda Metin turmushga chiqishni va Islomga kirishni taklif qildi. Musulmon bo'ldim.
Sen bilan ilk bor namoz o'qiganimda ilgari hech qachon tuymagan holatdan qalbim yumshab, to'yib-to'yib yig'ladim. Ammo keyingi namozlarimda bu tuyg'uni topa olmay qoldim. Nimadir yetishmayotgandek bo'ladi. Ammo nima?... Ishoning Oyisha, o'sha birinchi sajdadagi ilohiy halovat tuyg'usini yana topish uchun kerak bo'lsa butun umrimni namoz bilan o'tkazishga tayyorman.

* * *

Qur'oni karimdan hijob haqidagi huklar o'qiladi.
Zuhol:
- Ana endi siz hurmatli Oyisha, u paytdagi erkaklar axloqsiz edi, hozirgi kunda sharoit o'zgargan deb afsata sotayotganlar gapiga rioya qilasizmi? Yoki Qur'oni karimning amri va payg'ambarimiz sunnatlarigami?
Oyisha:
- Unday bo'lsa men, kelinoyim va boshqa yuzi ochiq yurgan ayollar musulmon hisoblanmas ekan-da?
Malohat:
- Zuhalning gapidan unday ma'no kelib chiqmayapti. Dilida iymon keltirgan har bir ayol yuzi ochiq bo'lsa ham musulmondir.
Zuhol:
- Ammo hijobda yurganlar faqatgina qaddi qomatini yashirish uchungina emas, balki Alloh taoloning hukmlariga xolis bo'ysunibgina o'ranib yurganliklarini aslo esingdan chiqarma.
Oyisha:
- Lekin bunday kiyinib yurish hozirgi kunda qiyin-da... Albatta, juda ochiq yurish ham noto'g'ri. Ammo, bunday kiyinish... Hamma ustingdan kuladi, masxara qiladi...
 
Daniyalik kelin filmidan

Qayd etilgan


Laylo  25 Sentyabr 2006, 17:05:47

Metin:
- Islom insonlarning qalblariga mustahkam o'rnashgan mukammal va so'nggi dindir. Shubhalarga aslo o'rin berma, bu dindan hech qachon qaytma.
Hadicha:
- Eng so'nggi, eng mukammal din... Hammangiz shu gapni qaytaraverasiz. Oyisha, siz va boshqalar fikri qotib qolgan odamlar ekansiz. Shu paytgacha 5 minut o'tirib, Islom qanday din ekanligini fikr qilganingizga yoki bir bet kitob o'qib biron narsa o'rganganingizga ishonmayman.

* * *

Hadicha:
- Islom diniga oida urf-odatlaringiz yo'qmi? Kelganimga bir oycha bo'ldi. Kiyimingiz, ovqatingiz, yurish-turishingiz, to'ylaringizgacha xristianlarnikidan farq qilmaydi. Men musulmon bo'ldim. Lekin bironta odam menga Islomdan hech nima o'rgatmadi...

Daniyalik kelin filmidan

Qayd etilgan


Shahina  26 Sentyabr 2006, 07:50:40

Assalomu alaykum!
tashakkur, laylo!
Judayam ta'sirli iqtiboslar ekan.

Qayd etilgan


mutaallimah  06 Avgust 2007, 03:16:33

Assalomu alaykum!
-Modomiki o'lib yo'q bo'lib ketarkanmiz hayvondan nima farqimiz bor?
-Farqimiz tariximizda!!
(O'rtada kulgu ko'tarildi)
-Serpil, o'lim haqida o'ylab ko'rganmisan?
-Yo'q, nega o'ylashim kerak ekan?
(Siz yolg'iz emassiz!) turk filmi

Qayd etilgan


mutaallimah  06 Avgust 2007, 03:34:12

-Hijobga kirmoqchiman!!!
(biroz sukutdan so'ng)
-Qaroring qat'iymi?
-Albatta, o'zligimga, e'tiqodimga teskari holatda yashayotgandayman! Qachongacha qalbimdagi ilohiy hislarga, dinimga, iymonimga qarshi holatda yashayman?! Agar e'tiqodim buyurganidek yashay olmasam o'zimga bo'lgan ishonchimni yo'qotaman.. Bu esa men uchun o'lim bilan barobar.. munofiqlik qilolmayman!!
-E'tiqod bilan hayot kechirish osonamas.! Ro'mol o'rasang seni tushunmaydilar.. masxara qiladilar.. uyda ota-onang.. universitetda o'qituvchilaring.. kursdoshlaring malomatiga qolasan.. nafs va shayton senga qarshi isyon qiladi hali yoshsan..
-Mayli ketay, yondirilay, lekin chidayman!!! Bila turim Allohga qarshi turolmayman!!.. Deylikki qarshi ham turdim lekin onamdan, dugonalarimdan, nafsimdan qutula olamanmi??!! O'zimni yalang'ochday his qilyapman...!
-Shu jo'shqinliging va irodang bilan shu qadar buyuksan-kii....... Solih, qanot saslarini eshityapsanmi???
(Siz yolg'iz emassiz!)

Qayd etilgan