Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?  ( 13797 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Абдурроҳман  31 Mart 2011, 17:19:35

Январнинг срталарида уйда хеч ким йсқлигида  сзим ва Аллоҳимдан бошқаси билмайдиган гуноҳларимни сътироф стиб, А оббимга истиғфор айтиб йиғладим. Ортидан ёд олган сураларимни такрорлаб -  уларни тадаббур қилиб йиғладим.

Кейин соатга қарасам бир соатча йиғлабман. Қалбимдан ана мен Аллоҳ учун БИА  соатга сқин ксз ёш тскдим деган нарса стди. А­нди менга дсзаҳ сти ҳаром бслди деб ҳотиржам бсла бошладим. Сснгра сзимга-сзим баҳо бериб қсйганимни англаб. Аима, менга чексиз неъматларни берган А оҳманга қилган арзимас амалимни миннат қилдимми дес сна йиғлай бошладим. Йиғлайверидим, йиғлайвердим. Қанча йиғладим билмайман. Йиғлаб-йиғлаб ухлаб қолибман.

Яқинда ота-онам ва синглимга Аллоҳдан ҳидост беришини ссраб йиғладим.

P.S. А иёга схшаб қоларкан... А­ҳтимол бу постимни ҳам кимгадир фойдаси тегиб қолар...

Qayd etilgan


Bonuxon  01 May 2011, 09:35:51

Ke4a yig'lagandim. . . Sog'in4dan

Qayd etilgan


azizbek_mx  01 May 2011, 17:18:50

Kecha bir yosh ota-onaga, sabr-tavfiq evaziga Jannat va'da qilindi...

O'tgan kuni otday, xursand holida maktabga chopqillab ketgan 8 yoshli jiyanim(qarindoshim), jigarimni kecha shifoxonadan ko'tarib kelishdi... :'(

jasadni ko'rdimu..... Qay ahvoldaligim yolg'iz Ungagina ayon, o'zim ham anglolmadim... Oyoqlarim bo'ysunmaydi, kuch madorim qolmagandi...

Bir ibrat bo'ldi har birimizga... :(

Qayd etilgan


Mas'ud  01 May 2011, 18:08:27

Yig’lamoq — tavbadir,
Yig’lamoq alam,
Ko’z yosh — tazarrudan yaralgan chashma.
Quvonchmi, shodlikmi, qayg’umi yo g’am,
Odam zoti azal yig’iga tashna"¦

Yig’lang,
 Armon hecham rahna solmasin,
Tashqari chiqarib bor g’uborlarni,
Yig’lang,
Kiprig’ingiz qurib qolmasin,
Eslab, nadomatu, afsus, zorlarni"¦

Yig’lang, o’ksib-o’ksib,
Tavbalar aylab,
Gunohlar to’kilib ketgunga qadar.
Pushaymonlik hissin ko’ngilga joylab,
Duo ijobatga yetgunga qadar

Yig’lang,
Yig’layvering,
Qadringiz sabab,
Qimmatingiz yerga urilgani chun.
Milyon yo’lga kirib,
Adolat so’rab,
Haqdan panoh topib olganingiz kun

Yiglang,
To’yib-to’yib, mayli olmay tin,
Yukdan holi bo’lib qolguncha gardan.
Yaratgan umrimiz holi aylasin,
Yig’lashni bilmagan bag’ritoshlardan.

Yig’lang,
Ko’z yoshiga to’lib ketsin qalb,
Ko’ngil dunyosiga yoyilsin behad.
Titrasin avflarni so’raguvchi lab,
Ruhingiz o’shanda olarkan rohat"¦

Yig’lang,
Boshingizni qo’yib sajdaga,
Niyatni pok etib, ma’zurlar aytib,
Yaxshiga yondoshib, yomondan qaytib,  
Ko’z tikib Allohdan kelar mujdaga,

Yig’lang,
Bag’ringizga to’lganida qon,
Dunyo tashvishidan bo’lganda xijil,
Ziyoga intilish to’xtagani on,
G’alat talvasani tuyganida jon,
Chorasiz qolganda begunoh inson,
Razolatga botib qolganda jahon,
G’uborga oshino bo’lganda imon,
Vijdon qiynoqlardan chekkanda fig’on,
Insof yiroqlarda kezganda sarson,
E’tiqod sotilsa suvdan ham arzon,
Adolat bo’zlasa yo’lda beimkon,
Yig’lang,
Titrab yig’lang,
Ich-ichdan yig’lang"¦

Ajab, yig’ingizni to’xtatgan zamon,
Ajib bir yengillik tortar ekan dil"¦

(c) 2010

Qayd etilgan


mahzunaqiz  06 Iyun 2013, 14:45:20

Ассалому алайкум. Мен бугун йигладим. Бу йиги шу кадар юрагимдан чикдики куз ёшларимни тухтата олмай йигладим. Оллохдан 2 дунё саодатини умид килиб, Гунохларимизни кечиришлигини ва Кабр ва Охират азобларидан курккан холатимда анча йиглаб олдим......

Qayd etilgan


IRFON-2012  06 Iyun 2013, 15:36:03

Saodat asri haqida bir voqeani yozayotib, oxirida Payg'ambarimiz (s.a.v), kim jannatiy insonni ko'rmoqchi bo'lsa bunga qarasin, deb hikoya qahramoniga bashorat berayotgan joyiga kelganimda ko'zimga yosh keldi. Qarang, ul zotlar qanday baxtga erishib ketdilar...

Qayd etilgan