Muallif Mavzu: Reja : HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODI  ( 15532 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Elcom

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 171
  • -oldi: 303
  • Xabarlar: 313
  • Jins: Erkak
Reja : HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODI
« : 09 Fevral 2011, 08:40:05 »
HAMZA HAKIMZODA N1YOZIY
(1889-1929)

XX asr o'zbek adabiyotining oyoqqa turishi, har tomonlama rivojida Cho'lpon, Fitrat, Behbudiy, Avloniylar kabi Hamza Hakimzoda Niyoziyning ham beqiyos о'mi bor. Chunki, tilga olingan zamondoshlari qato-ri, Hamza millat erki, uning ma'rifati, ma'-naviyati va axloqiy qadriyatlari yo'lida umrini va ijodini bag'ishladi. Вог-yo'g'i qirq yil yashagan bu fidoyi ijodkordan 5 jildlik adabiy meros qolganining o'ziyoq, Hamza shaxsiyati va uning ijodiy ishga naqadar jiddiy yondashgani to'g'risida yorqin lasawur beradi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yilning 6-martida Qo'qon shahrida tabib oilasida tavallud topgan. Uning otasi Ibn Yamin Xolboy o'g'li davrining mashhur tabiblaridan bo'lgani tufayli yozuvchi o'z taxallusiga Hakimzoda nomini qo'shgandi. Adibning onasi Jahonbibi ham tabobatdan yaxshigina xabardor ayol edi. Hamza 1896— 1908-yillarda tengdoshlari qatori eski maktab va madrasalarda ta'lim oladi, arab, fors, turk tiUarini o'rganadi. 1909-yildan esa Kogon shahridagi matbaa korxonasida ishlay boshlaydi. Hamzaning keyingi mehnat faoliyati o'lkamizning turli hududlarida, har xil vazifalarda kechgan. U Qo'qondagi rus-tuzem inaktabida o'qituvchi, «Kengash» va «Hurriyat» jumallarida muharar (1917), Farg'ona viloyati madaniy-maorif bo'limida xodim (1918), icatr truppasida rejissor (1919), muhtojlar uchun ochilgan niaktabda mudir (1920), Buxorodagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi madaniy-ma'rifiy muassasalarda mudir (1921— 1924) vazifalarida ishlaydi, xalqning turmush sharoiti, o'y-fikrlari bilan yaqindan tanishadi. U 1926-yilda birinchilardan bo'Hb O'zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga sazovor bo'ladi va o'sha yildan e'tiboran erkin ijod bilan shug'ullanishga o'tadi. Qo'qon adabiy muhiti ta'sirida o'sgan Hamza juda yoshligidan she'rlar mashq qilishga kirishgandi. U 1905-yildan boshlab yozgan 214 ta she'rini jarnlab, 1914-yilda «Devoni Nihoniy» nomli qo'lyozma devon tuzadi. Demak, Hamza dastlabki asarlarida «Nihoniy»— pinhon, yashiringan degan taxallusni qoilagan.  «Devoni Nihoniy»dan ishqiy g'azallar bilan birga mazlum xalq ahvoliga achinish, uning og'irini yengil qilish yo'lidagi yosh qalb urinishlari ham o'z aksini topgandi. Hamza o'lka ma'rifatparvarlik harakatining old jabhalarida faoliyat ko'rsatdi. U kambag'al oila farzandlari, yetim bolalar uchun Qo'qon va Marg'ilonda maktablar tashkil qildi, bu maktablarga qo'llanma sifatida o'qitish uchun «Yengil adabiyot», «O'qish kitobi» (1914), «Qiroat kitobi» (1915) singari darsliklar yozib berdi. Zamonasining mashhur nashrlari — «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg'ona» singari gazetalarda Hamzaning ma'rifatparvarlik ruhidagi o'nlab publitsistik maqolalari chop etildi. Mazkur maqolalarda adib hayotning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy muammolarini dadil ko'tarib chiqdi, ularni hal etish yo'llarini izladi. Jumladan, ilg'or Yevropa xalqlari dunyoviy ilm-fanga katta ahamiyat qaratishi evaziga turmushning barcha jabhalarida fuqarolari hayotini yengillatish, jahon bozorlarini tobora ko'proq egallash yo'lidan ketayotgan bir paytda, Turkiston xalqlari diniy jaholat, ma'rifatsizlik, fikriy tanballik botqog'iga botib yotganini kuyinib yozdi. Hamzaning 1915— 1919-yillarda chop etilgan «Milliy ashulalar uchun milliy she'rlar majmuasi» dan («Oq gul», «Qizil gul», «Pushti gul», «Sariq gul» singari sakkizta turkumdan tashkil topgan) joy olgan asarlarida ham yuqorida tilga olingan mavzular endi she'riy shaklda ifoda topdi. Aksariyat qismi savodsiz bo'lgan ommaga o'z qarashlarining tezroq singishini o'ylagan shoir bu she'rlarni qadimiy qo'shiqlar vaznida yaratgandi. Sizga yaxshi ma'lumki, o'zbek milliy romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy sanalib, uning 1922— 1925-yillar oralig'ida yaratgan «O'tkan kunlar» romani dastlabki to'laqonli o'zbek romani deb e'tirof etilgan. Hamza ham bu sohada o'z kuchini sinab ko'rgan adib hisoblanadi. U 1914— 1915-yillarda «Yangi saodat», «Uchrashuv» singari «milliy roman» lar yaratgan. Garchi bu asarlarning sujeti, kompozitsion qurilishi anchagina sodda, qahramonlari ham soni, ham badiiy barkamolligi jihatidan salmoqli bo'hnasa-da, yosh adibning o'sha yillariyoq romandek mas'uliyatli janrga cho'chimay qo'l urgani e'tiborlidir. Hamza jaholatga botgan ommani uyg'otish, sergak torttirish, uni o'z kelajagi uchun qayg'u cheka oladigan millatga aylantirish yo'lida zamondosh ziyolilar qatori tinimsiz harakat qildi. Yuqorida ta'kidlanganidek, bu davrda Turkiston xalqlarining aksariyat qismi xat-savodi bo'lmaganidan qiynalar, bu ommaga kitob, gazeta va jurnallar orqaligina ta'sir etishning samarasi oz edi. Bu ehtiyoj adiblarni sahna asarlari yaratishga, o'qitibgina emas, koirsatib ham xaiqqa ma'rifat berishga da'vat etdi. Xuddi shu harakat orqasidan Mahmudxo'ja Behbudiyning «Padarkush», Abdulla Qodiriyning «Baxtsiz kuyov», Hamzaning «O'ch» (1914), «Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari» (1915), «Ilm hidoyati», «Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi», «Ochlik qurbonlari» (1916) singari o'nlab dramalari sahna yuzini ko'rdi.
Yil o'tgan sayin Hamza o'z asarlarining mavzu va mohiyat doirasini kengaytirib, jiddiy muammolarni o'rtaga qo'ygan dramatik asarlar yarata boshladi. Uning «Muxtoriyat yoki avtonomiya» (1917), «Kim to'g'ri», «Tuhrnatchilarjazosi», «Boy ila xizmatchi» (1918), «Loshmon fojiasi» (1916— 1918-yillar, uch bo'limli), «Farg'ona fojiasi» (1919— 1920-yillar, to'rt bo'limli) singari asarlarida davrning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalari dadil ko'tarib chiqilgan edi.
Hamza dramaturgiyasining gultoji hisoblangan «Maysaraning ishi» komediyasi va «Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi» dramasi (1926) esa milliy sahnamizning o'lmas durdonalari bo'lib qoldi.
Afsuski, sho'ro davlatining manfur siyosati Hamza taqdirida ham qonli iz qoldirdi. Shohimardonda in qurib olgan bir guruh diniy mutaassib kishilarga Hamzaai qarshi qo'ygan sho'ro idoralari, mohiyatan, bir hamla bilan ikki raqibni yo'q qilishga erishdi. Ya'ni, hukumat Hamzani johil kimsalarga ro'para qildi, ular esa «Shohimardonday aziz joyni oyoqosti qilmoqchi, ayollarimizning yuzini ochmoqchi», degan uydirmalar bilan olomonni Hamzaga qarshi gijgijladi. Natijada, sho'ro davlati avval Hamzaning johil kimsalar tomonidan toshbo'ron qilib o'ldirilishiga (1929-yilning 18-avgustida), keyin esa «sho'ro shoirining qotili» sifatida dindorlarni Shohimardondan «supurib tashlanishi»ga erishdi.
Sho'ro adabiyotshunosligi uzoq yillar davomida Hamza shaxsi va ijodini ham bir yoqlama talqin etdi, uni «sotsialistik realizm metodining o'zbek adabiyotidagi asoschisi» degan yasama sifatlar bilan «bezab» keldi. Shunday ekan, XX asr o'zbek she'riyati, nasri, dramaturgiyasi, musiqa va teatr san'ati, ijaaorifi rivojiga ulkan hissa qo'sligan bu ijodkor merosi bilan sho'ro davri hamzashunosligi yo'l qo'ygan xatoliklarni aralashtirib bo'lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, hamzashunoslik qusurlari uchun Hamzani «javobgar»
Hayotim davomida turli xil ayollar ko�p bo�lgan, ammo har safar o�z turmush o�rtoqlarim eng yaxshilari bo�lib chiqqan.

Muhsin Umarov

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 4
Re: Reja : HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODI
« Javob #1 : 09 Fevral 2011, 09:04:10 »
 :as: Имловий хатолари кўп эканми?...
Ýé àëëîõíèíã ìóìèí áàíäàëàðè áèðîäàð áóëèíãëàð

 

Hamza Hakimzoda Niyoziy. Tanlangan asarlar. I tom. She'rlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 20532
So'nggi javob 27 May 2011, 11:35:58
muallifi Habib
Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?

Muallif DonishmandBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 20
Ko'rilgan: 14789
So'nggi javob 07 Iyun 2013, 22:52:24
muallifi Muxsiya
Hamza Hakimzoda Niyoziy. Burungi saylovlar (drama)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek dramaturgiyasi

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1816
So'nggi javob 22 Avgust 2012, 13:24:44
muallifi AbdulAziz
Hamza Hakimzoda Niyoziy. To'la asarlar to'plami. 5 jildlik. 4-jild. Dramalar

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek dramaturgiyasi

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2008
So'nggi javob 22 Avgust 2012, 12:18:53
muallifi AbdulAziz
Hamza Hakimzoda Niyoziy. Boy ila xizmatchi (drama)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek dramaturgiyasi

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5297
So'nggi javob 22 Avgust 2012, 13:17:59
muallifi AbdulAziz