Obro'li bo'lishning 32QOIDASI  ( 23789 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


leonardo1024  11 Fevral 2011, 20:18:27

Kishi obro'sini oshiruvchi 32 qoida

1-QOIDA
Odamlarni qilgan ishiga shaxsiy fikringizni bildiring, masalan: "Bu ish maqul, yoki bu juda xunuk ish bo'libdi..." va hkz kabi fikr bildiring

2-QOIDA
Shoshilmay Sekin gapiring, ammo tez fikrlang

3-QOIDA.
Hech kimdan narsa so'ramang, ayniqsa sizdan kuchli odamlardan...

4-QOIDA.
Odamlarni ismiga etiborli bo'ling, ko'rishganda ismi bilan murojaat qiling.

5-QOIDA.
 Gapirayotganingda suhbatdoshingni ko'ziga qarab gapiring. chunki ko'zni qochirish qo'rqoqlikni malum qiladi...

6-QOIDA.
Unutmang ! Buyuk odam g'oyalar haqida gapiradi, Oddiy odam voqealar haqida gapiradi, Nodon odam odamlar haqida gapiradi....
Dasturxon atrofida yoki boshqa davrada hech qachon birovni hayotini muhokama qilmang.

7-QOIDA.
Hech qachon o'zingiz haqingizda gapirmang, Faqat so'ragandagina gapiring.

8-QOIDA.
Hech qachon birovni orzulari yoki rejalari ustidan kulma,

9-QOIDA.
"Yo'q"  so'zini  ishlatishdan qo'rqma. Birovni iltimosini bajarging kelmasa
Ochiqchasiga YO'Q deyaver...garchi u eng yaqin do'sting bo'lsa ham.
Bahona qidirish obro'ni to'kadi.

10-QOIDA.
Hech qachon ko'p savdolashma. saxiy bo'l

11-QOIDA.
Senga savol berishsa javob berishdan oldin ozgina vaqt o'tkaz, garchi javob tayyor bo'lsa ham. Seni ozgina kutishlariga majbur qil.

12-QOIDA.
Birinchi bo'lib salom ber, ammo qo'l berishda shoshilma, Senga qo'l uzatilgandagina sen ham uzat.

DAVOMI SAL KEYINROQ >>>

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  12 Fevral 2011, 00:58:39

Maslahatlar yaxshiku, lekin... 10-qoidaga:
Supermarketlarga kirgandaku mumkin, chunki magazinlarda narh talashilmaydi, asl narh qo'yilgan bo'ladi.
Bozor yo shu kabi savdo majmualarida... hech bir biznesmen odam savdolashmasdan narsa sotib olavermaydi, biznesmenlar har qancha boy bo'lsada tiyin ustida talashadi.
Sahiy bo'lish esa boshqa masala, buni savdoga aloqasi yo'q. Agar savdoda "sahiy" bo'lib pulidan voz kechaversa, bunday odamdan biznesmen chiqmaydi, o'zi ham boy emas balki boyning bolasi, yo pulning betiga qaramaydigan, pul topib aql topmagan toifadan bo'ladi.
Sahiylik zakotda, hayru-ehsonda, sadaqada, bechoralarga haj yo'llanmasi olib berish, ota-ona, farzandlarga yaxshi sharoit yaratib berish bilan o'lchanadi.

12-QOIDA...ga har qancha o'qib fikrlasam ham tushunmadim, salom berishda avvalgi bo'lish, qo'l uzatishda keyingi bo'lishning hikmati bormi?

Qayd etilgan


ibnUyayna  12 Fevral 2011, 03:39:53

Gap bu yerda sunnatga amal qilish haqidamas,obroli bolish haqida Mo`min Mirzo.

Qayd etilgan


ubaydullo  12 Fevral 2011, 12:52:41

ODAMLAR ICHIDA XAR QANAQA NO QULAYLIK  TUG'ILSA XAM SIR BOY BERMANG.
AKIS XOLADA SIZGA NO QULAYLIK TUG'DIRGAN ODAM O'ZINI NO QULAY XIS ETADI  YO XIJOLAT BO'LADI

Qayd etilgan


leonardo1024  12 Fevral 2011, 13:28:07


12-QOIDA...ga har qancha o'qib fikrlasam ham tushunmadim, salom berishda avvalgi bo'lish, qo'l uzatishda keyingi bo'lishning hikmati bormi?
Mo'min Mirzo,
Bir kuni kursdoshim kelib domlaga salom berib ham qo'lini uzatdi , shunda domla unga qarab - "Og'ayning bilan bunday ko'rishasan" deb qo'lini  qaytardi...

Eron Prezidenti Ahmadinajot bir davlatning ayol ministri bilan uchrashganda, ayol birinchi qo'l uzatgan, Ammo Musulmonlarni qoidasiga to'g'ri kelmagani uchun Eron prezidenti ayolga bosh egib qo'ygan... Ayol esa xijolatda qolgan
Demoqchimanki, har xil millatni va davlatni salom berish odoblari bo'ladi... darhol qo'l bermaslik kerak

Arab shayxlari bilan uchrashganda, ularga birinchi qo'l uzatish katta hurmatsizlik hisoblarkan...

Xulosa sizdan


Qayd etilgan


Lobar AZIZ  12 Fevral 2011, 14:29:18

juda yaxshi maslahatlar. Deyl Karnegining qarindoshi emasmisiz?:))))))

Qayd etilgan


leonardo1024  12 Fevral 2011, 19:49:18

Cheh_MIK,

Bu qoidalarni men turli donishmandlar gapidan olib terma qildim.
Sizga Taalluqli bir qoudani aytsam bu aynan sizga tegishli
0-QOIDA
Nuqson emas, afzallik izlang... pessimist bo'lish ham bir tomondan yaxshi...

ChekMIK, xop OK, endi mana bularni tahlil analiz qilingchi


DAVOM etamiz
13-QOIDA
Hech qachon ovoz chiqarib kulma, Hamma gapga kulaverma...

14-QOIDA
Biror xonadnga mehmon bo'lganingda, Xonadagi narsalarga diqqat bilan qara va xonadagi biror jihozni maqtab qo'y, Masalan, Chiroyli pardani, Xonaning shinamligini, Kitoblarni va hkz

15-QOIDA.
Muzokara, suhbat yoki uchrashuvga chiqsang, hech qachon nima haqida gapirishni oldindan o'ylamang. Doim o'sha vaziyatdan va suhbatdoshning fikridan kelib chiqib gapiring.

16-QOIDA
Xonada Shovqin bo'layotgan payt gapirma. Hamma tinchigandan keyingina gap boshla.

17-QOIDA.

Sen bilan umumiy qiziqishlari bo'lmagan (ya'ni til topisholmaydigan) odamlar bilan birga yurma. o'zingga yoqadigan kishilar davrasida yur.

18-QOIDA.
"Ertaga qilaman"- degan iborani unut. Bu seni dangasa qiladi. Ertangi kun o'z rejalari bilan keladi. Sen uchun eng qimmatli fursat bu - BUGUN.

19-QOIDA.
Agar senga noo'rin savol berishsa yoki savolga javob berishni hohlamasang:
Bunday degin: Nega bu haqda so'rayapsiz?

20-QOIDA.
Bahona yoki sabab qidirma,  imkoniyat qidir

Qayd etilgan


leonardo1024  12 Fevral 2011, 19:50:34

juda yaxshi maslahatlar. Deyl Karnegining qarindoshi emasmisiz?:))))))
Qarindoshi emasmanu, lekin muxlisiman

Qayd etilgan


Dilafruza  12 Fevral 2011, 21:01:58

hmmm, inson doim samimiy bo'lishi kere.
Obro' uchun o'zida yo'q sifatlani  ko'rsatishga intilish noto'g'ri.
Obro'li bo'lsih uchun odob, ilm va saxiylik kere, xalos.


Qayd etilgan


leonardo1024  12 Fevral 2011, 22:01:04

Dilafruza,
Gapingiz haq, Navoiyning bir gapi bor
"Ko'ringaning kabi bo'l yoki bo'lganing kabi ko'ring" - ya'ni birovni obraziga kirma

Qayd etilgan