Kishi obro'sini oshiruvchi 32 qoida
1-QOIDA
Odamlarni qilgan ishiga shaxsiy fikringizni bildiring, masalan: "Bu ish maqul, yoki bu juda xunuk ish bo'libdi..." va hkz kabi fikr bildiring
Demak, o`zingizni aqlli ko`rsatish kerak ekanda, a?
2-QOIDA
Shoshilmay Sekin gapiring, ammo tez fikrlang
Osonmas, lekin yaxshi fikr.
3-QOIDA.
Hech kimdan narsa so'ramang, ayniqsa sizdan kuchli odamlardan...
o`zidan o`zgaga muhtoj qilmasin, lekin bu mendan kuchli, undan kamligimni bildirib qo`ymay, deyishlik bu kibrdan darak emasmikin...deb o`ylanib qoldim
5-QOIDA.
Gapirayotganingda suhbatdoshingni ko'ziga qarab gapiring. chunki ko'zni qochirish qo'rqoqlikni malum qiladi...
Inson qalbi muloyim bo`lmaguncha, chin mo`min bo`lolmasa kerak, yana Vallohu a'lam...
9-QOIDA.
"Yo'q" so'zini ishlatishdan qo'rqma. Birovni iltimosini bajarging kelmasa
Ochiqchasiga YO'Q deyaver...garchi u eng yaqin do'sting bo'lsa ham.
Bahona qidirish obro'ni to'kadi.
Ochiq ko`ngillik va yordamsevarlik mo`minga xosdir.
10-QOIDA.
Hech qachon ko'p savdolashma. saxiy bo'l
Al Buxoriy, Hadis 2-kitobi. Qomuslar bosh tahririyati, Toshkent-1997 yil
42-bob. Sotuvchi birlan haridor molning o`zlari ixtiyor qilgan narxini bir-birlariga taklif qilmasalar savdo vojib bo`lurmi?
Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v. bunday deb marhamat qildilar: "Sotuvchi birlan haridor molning o`zlari ixtiyor qilgan narxini savdolashib turgan joylarini tark qilgunlariga qadar bir-birlariga taklif qilmoqlari lozimdur, boshqacha qilib aytganda, savdolashib turilgan joyda haridor sotuvchiga "Men taklif qilgan narxga sotsang, sot", yoki sotuvchi haridorga "men taklif qilgan narxga olsang, ol" demog`i lozimdur." "
12-QOIDA.
Birinchi bo'lib salom ber, ammo qo'l berishda shoshilma, Senga qo'l uzatilgandagina sen ham uzat.
Domlamiz saboq berganlarida, salomlashayotganda Avval "Assalomu alaykum" deya qo`l uzatgan kishiga salomning savobi tegadi, ikki qo`l bilan salomlashib, darrov qo`lni tortish kerak, ikki qo`l bilan salomlashganda ikki qo`l orasidan salomlashuvchilar orasidagi shubha yoki gumonlar to`kilib ketadi, deya ta'lim berganlar. yana Vallohu a'lam...