SOCH HAM HUSN
· Bir-ikki dona tuxum sarig‘ini bir osh qoshiq o‘simlik moyi (kanakunjut, zaytun yoxud kungaboqar moyi) bilan obdon aralashtirib, bosh terisiga ishqab surtib, «edirilgach»: ustiga polietilen bilan yopib, sochiq bilan bog‘lab qo‘yiladi. Bir soatdan so‘ng yuvilsa, soch ildizlarini mustahkamlab, o‘sishga yordam beradi.
* * *
· Sochning sog‘lom o‘sishida uni tarash katta ahamiyatga ega. Sochni siqib o‘rish, qattiq tang‘ib bog‘lash natijasida, qon bilan ta’minlanishi buziladi. Bu esa, o‘z navbatida sochni siyraklashishiga olib keladi.