Dog’langan yog’ingiz sachrab ketmasligi uchun qozonga picha tuz soling.
Yog’larni mis idishlarda saqlamang,sifati buziladi.Yog’larni,ayniqsa saryog’ va maskayog’ni qorong’l yerda saqlash kerak,chunki quyosh nuri ta’sir etsa,undan yog’ kislotasi hosil bo’ladi,bu kislota esa inson organizmiga zarar.
Sirli idishlar qaynoq suvga ko’p solinsa siri ko’chib yoki yorilib ketadi.
Metaldan,ayniqsa alyuminidan yasalgan idish va asboblarni qum bilan ishqab yuvish yaramaydi,
chunki qum idish-asboblarni tirnab, ularni tez kirlanadigan qilib qo’yadi.
Ro’zg’orda ishlatiladigan tovani osongina tozalash mumkin.Oq qog’oz bilan yaxshilab artgach , yirik tuz bilan ishqalaysiz va sovuq suvda yuvib tashlaysiz.
Idish yuvganingizda suvga bir oz tuz yoki soda solsangiz idishning kiri tez ketadi
Shisha va metal idishlarni g’ijimlangan qog’oz bilan artsangiz toza bo’ladi.
Chinni idishlarni yuvayotgan suvga bir choy qoshiq sirka va ozgina tuz solsangiz, idish yaltirab ketadi.
Pishloq qotib qolmasligi uchun uni sho’rtak suvda ho’llangan lattaga o’rab qo’ying.
Biror idishga yog’och qipig’I solib oshxona javoniga qo’ysangiz oziq-ovqat mahsulotlari buzilmaydi va javonni hid bosmaydi.Qipig’ni har kuni yangilab turish kerak.
No’xat,mosh,loviya kabi dukkakli donlarni issiq suvda ivitib bo’lmaydi,qotib,pishoshi qiyin bo’ladi.Pishirganda sovuq suvga solib solib sekin qaynating,tuznietilib pishgandan so’ngina soling.
Guruch,so’k,makaron.vermeshel kabi mahsulotlarni esa qayniq suvga solib tez qaynating,aks holda mahsulot idishning ostiga yopishib qoladi.
Suyuq ovqatlar shaqirlatib qaynatilsa xira tortadi,mildiratib qaynatish lozim.
Sabzavotlar tuzli suvda qaynatilsa mazali bo’ladi.
Qatiq.qaymoq,sut,tomat,sirka,pomidor,piyoz solingan taomlarni hatto qish faslida ham uzoq saqlab bo’lmaydi,ular tez achishi mumkin. Bunday taomlarni maxsus idishlarda , sovuq hovoda
Yoki muzlatgichda saqlanadi.
Go’shtni to’g’ralgan piyozga aralashtirib spool idishga solib qo’ysangiz,2-3kungacha buzilmaydi.Go’shtga tuz sepib qo’vursangiz,seli yaxshi chiqadi.
Go’shtniho’llangansochiqqa o’rab,biron sopol ko’zachaga solib,ko’zachani esa namakobli kastryulkaga botirib qo’ysangiz go’sht yaxshi saqlanadi.
Go’sht hidlangan bo’lsa yoki mog’orlasa,yoxud yangi go’shtning sirtiga chang yopishgan bolsa och pushti rangli margansovka suvi bilan yuvib,so’ng sovuq suvdachayqasangiz tozaladadi.
Qiymaning tuzi roso bo’lishi uchun 1kg go’shtga 1osh qoshiq tuzni namakob qilib qo’shing.
/beauty.freenet.uz