Foydali maslahatlar  ( 137940 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 21 B


maknuna  06 Iyul 2006, 07:15:38

BAVOSIL QANDAY PAYDO BO‘LADI?

Bavosil, gemorroy — to‘g‘ri ichak pastki bo‘limidagi venalarning varikoz kengayishidir.Doim ich qotib yurishi, bachadonning qayrilgan bo‘lishi, to‘g‘ri ichakdagi yallig‘lanishlar, uzoq vaqt o‘tirib mehnat qilish bavosil paydo bo‘lishiga imkon yaratadi.
Yengil hollarda bemorlar hech qanday noxushlik sezmaydi; kasallik zo‘rayganda orqa chiqruv teshigiqichishib achishadi, qizib turadi og‘riydi,qon keladi. Hojat vaqtida ichkaridagi bavosil tugunlari tashqariga chiqishi va qisilib qolishi ham mumkin. Hojatga borib kelinganidan keyin har safar orqa teshik va oraliqni qaynagan iliq suv bilan yuvish muhim. Bavosil bo‘lgan kishi albatta vrachga ko‘rinishi kerak. Vrach tavsiya etgan sham dorilar og‘riqni yo‘qotishga yordam beradi.Bavosilning og‘ir formalarida operatsiya qilish zarur.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:15:45

ACHCHIQTOSH ERITMASI

Achchiqtosh — burushtiruvchi va qurutuvchi ta’sirga ega bo‘lgan kristal modda. Achchiqtoshning kaliyli, xromli va alyuminiyli xillari bor.Kuydirilgan va quritilgan achchiqtosh farqlanadi. Achchiqtoshning barcha turlari nordon mazaga ega. Alyuminiyli achchiqtosh tibbiyotda teri va shilliq qavatlarni quritish hamda dezinfektsiyalashda qo‘llaniladi. Achchiqtoshning 0,5-1% li suvdagi eritmasidan og‘rig‘i, yallig‘lanishida (og‘iz chayqash), kuydirilgan achchiqtosh upasi (prisipka)dan oyoq terlaganda, qurug‘idan traxoma va kichik jarohatlarni yengil kuydirishda foydalaniladi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:15:52

BALIQ MOYI

Baliq moyi, baliq mahsuloti — treska oilasiga mansub baliqlar jigaridan olinadigan moy.Sarg‘ish va tiniq suyuqlik bo‘lib, baliq hidi va mazasi bor. Tarkibida yog‘ kislotalari, xolesterin, fosfatidlar, A va D vitamini bor. Tibbiyotda va chorachilikda keng qo‘llaniladi.Baliq moyi raxit, shabko‘rlikning oldini olish va davolashda, suyak singanda bitishini tezlashtirish uchun ishlatildi. Bolalarga 2-3 oyligidan kuniga 1 marta 1-2 tomchidan ichirib, har kuni 1 tomchidan ko‘paytirib bir choy qoshiqqa yetkaziladi.Homiladorlarga, emizikli ayollarga ham beriladi. Yozda baliq moyini berish tavsiya etlmaydi. Jarohat, yara-chaqa va kuygan joylarni davolashda sirtdan ishlatiladi. Yosh mollarga, tovuqlarga kuniga oz-ozdan berib borilsa, kundalik vazni, tuxum qilish va bu tuxumlardan ochirilgan jo‘jalarnig yashash qobiliyati ortadi. Baliq moyi qorong‘i va salqin joyda, og‘zi berk idishlarda saqlanishi lozim.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:16:00

LAB YORILSA...

Lab juda nozik bo‘ladi, salga shikastlanadi. Chekish, achchiq narsalarga o‘ch bo‘lish yoki juda issiq ovqat labning qizil hoshiyasiga va nozik pardasiga ta’sir qiladi. Organizmda ba’zi vitaminlar, jumladan, A va V guruhi vitaminlari yetishmaganda ham lab yoriladi. Ba’zan labning yorilishiga lab bo‘yoq, yog‘upa, tish pastasi sabab bo‘ladi.
Agar lablar shishib, mayda pufakchalar paydo bo‘lsa, terisi yorila boshlasa, bunday allergik reaktsiyaga bo‘layotgan vositalardan darhol voz keching. Aks holda lab yallig‘lanib ketib yorilgan joylar chuqurlashib og‘riydi, po‘st tashlaydi va xeylit kasalligi paydo bo‘ladi.
Lab yorilmasligi uchun quruq labga g‘oz moyi yoki gigiena lab buyog‘i surtish tavsiya etiladi. Gigiena lab buyog‘i tarkibida biologik moddalar (vitaminlar, o‘simlik ekstraktlari) bo‘ladi. Ular lab shilliq pardasiga yaxshi ta’sir qiladi, uni yumshatadi, shamoldan, quruqshab ketishdan saqlaydi.
Uyda o‘zingiz yumshatadigan surtma tayyorlashingiz ham mumkin. Bir choy qoshiq vazelinga to‘rtdan uch qism choy qoshiq kanakunjut moyi qo‘shib aralashtirasiz.Kuniga uch mahal surtib turasiz. Lab yorilmasligi uchun sariyog‘, sut, sut-qatiq mahsulotlari, tuxum, qora non, petrushka yeb turish kerak.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:16:07

NEGA HUSNBUZAR TOSHADI?

Husnbuzar toshgan odamlarning yuz terisi yog‘li bo‘ladi, zero bu kasallikda teri ko‘plab yog‘ ajratadi. Agar bu yog‘ muntazam ravishda yo‘qotilmasa va yog‘ bezlarining chiqarish yo‘llarida to‘planib qolsa, mikroorganizmning ko‘payishi hamda yallig‘lanishning yuzaga kelishi uchun sharoit yaratiladi. Buning uchun ular kuniga ertalab va kechqurun atir sovun bilan yuvinishlari tavsiya etiladi. Husnbuzar to‘plangan joy sovun ko‘pigiga yaxshilab ho‘llangan paxta tampon bilan yuviladi, so‘ngra suvda chayib tashlanadi. Suv o‘rniga dezinfektsiyalovchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyati bor o‘tlarning iliq qaynatmasini ishlatish mumkin.
Husnbuzarni aslo sitmaslik, igna bilan yiringini chiqarmaslik kerak, aks holda uning o‘rni dog‘ bo‘lib qoladi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:16:15

Yuzdagi tirishlarni g‘oz yog‘i, baliq yog‘i yo‘q qiladi.

* * *

Qonning ifloslanish (uremiya) kasalidan tez-tez qatiq zardobini ichish, qaynagan isiriq suvida tez-tez jom qilib turish asraydi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:16:29

Har kuni temir ushlab ish qiluvchilar qo‘llarini tez-tez namakobda yuvib turishlari lozim, kechqurun yotish oldidan qaynatilgan isiriq suviga to u soviguncha solib tursalar kasal bo‘lmaydilar. Bir bog‘ isiriqning qaynatilgan suvini 1 oy qayta-qayta isitib ishlatsa bo‘laveradi.

* * *
Ich ketishini oq xo‘rda, narfos suvi, oddiy jiyda va qattiq non to‘xtatadi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:16:37

Uyqusi qochgan odam asal yalasin.

* * *

Kumush qoshiq va umuman kumush idishlar oshqozonga davo bo‘lib, uni kasalliklardan asraydi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:16:45

Kesilgan joyning qonini to‘xtatish uchun oq qandni tuyib bosish, otquloq bargini yopish, mo‘miyo surkash mumkin.

* * *
O‘pka sili kasalini davolashda asosiy dori: oftobga toblanish va bodom iste’mol qilish.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:16:52

Tikanli kaktus bargini archib, xomligicha tanovul qilish ich ketishini to‘xtatadi. Bu davolanish mijozi quruq-issiq odamlarga to‘g‘ri keladi.

* * *
Gullar ichida inson sog‘lig‘iga eng foydaligi — atirgul.

Qayd etilgan