Foydali maslahatlar  ( 199483 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 21 B


Salmoni Forsiy  26 Noyabr 2007, 18:06:09

Агар тухум ёрилган бслса, уни шср сувда қайнатсангиз ичидаги тухум ташқарига чиқиб кетмайди.

www.muslima.uz ga tegishli

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  23 Iyul 2009, 15:54:33

Insonlarga yoqishning besh qoidasi:
1. Suhbatdoshingiz bilan chin dildan qiziqing!
2.Insonlarga ochiq chehra va nimtabassum bilan munosabatda bo’ling!
3.Unutmang, insonning ismi — u uchun eng yoqimli va eng muhim ohangdir!
4.Eng yaxshi tinglovchi bo’ling! Boshqalarga ko’proq o’zlari to’g’risida gapirishlariga imkoniyat bering!
5.Suhbatdoshingizni qiziqtiruvchi mavzular to’g’risida ko’proq gapiring!

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  23 Iyul 2009, 15:55:08

Insonlar e’tiboriga erishishning o’n ikki qoidasi:
1.Tortishuvlar paytida ma’naviy balandlikda bo’lishning yagona yo’li — bu tortishuvdan voz kechishdir!
2.Suhbatdoshingizning har qanday fikriga hurmat ko’rsating. Insonlarga hech qachon "œnohaqsan" demang!
3.Agar siz nohaq bo’lsangiz, tez va keskin tan oling!
4.Suhbatni do’stona ohangda boshlang!
5.Suhbatdoshingizni har qanday masalada fikringizga "œHa, to’g’ri", deb aytishga undang va erishing!
6.Suhbat davomida kamroq gapiring, uning ko’proq gapirishiga imkon yarating!
7.Mazmunli fikrlarni suhbatdoshingiz o’ziniki hisoblasin!
8.Har bir masalaga suhbatdoshingizning nuqtai nazari bilan qarang!
9.Boshqalarning fikri va xohishlariga ta’sirchan bo’ling!
10.Marhamatli inson ekanligingiz bilinib tursin!
11.Kinolarda va radiolardagi eng yoqimli harakatlarni o’zingizga singdiring va kinoradio qahramonlaridek harakat qiling!
12.Otashin, aniq, insonga ma’naviy quvvat beruvchi gaplarni gapiring!

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  23 Iyul 2009, 15:55:40

Insonlarni xafa qilmasdan ularga ta’sir ko’rsatish va hurmatiga  sazovor bo’lishning to’qqiz qoidasi:
1. Gapni suhbatdoshingizni maqtab va yaxshi tomonlarini tan olish bilan boshlang!
2. O’zgalarning xato-kamchiliklarini to’g’ridan-to’g’ri aytmang, boshqalar misolida gapiring!
3. Oldin o’zingizning xatolaringiz to’g’risida gapiring va shundan so’ng suhbatdoshingizni sekinlik bilan tanqid qiling!
4. Suhbatdoshingizga buyruq bermasdan, unga savol berish orqali ishni bajartiring!
5. Insonlarga o’z muvaffaqiyatlarini saqlab qolishlari va yanada amalgam oshirishlariga imkoniyat bering!
6. Har bir insonning eng kichik muvaffaqiyatlarigacha qo’llab gapiring!
7. Odamlar o’rtasida sog’lom, obro’li muhit yarating va natijada ular shu darajada qolishga harakat qilsinlar!
8. Shunday qilingki, inson yo’l qo’ygan xatoliklarini osonlik bilan to’g’rilashi mumkinligini va bu qiyin emasligini his etsin!
9. Shunga erishingki, insonlar sizning bergan taklif-mulohaza va ko’rsatmalaringizni bajarib, natijalaridan o’zlari zavqlansinlar!

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  23 Iyul 2009, 15:56:19

Oilangizni yanada baxtli qilishning o’n qoidasi:
1. Hech qachon tortishmang!
2. O’z umr yo’ldoshingizni o’zgartirishga urinmang, balki unga moslashishga harakat qiling!
3. Bir-biringizni tanqid qilmang, yaxshilab o’ylab, so’ng gapiring!
4. Bir-biringizga doimo e’tiborli bo’ling!
5. Bir- biringizga chin dildan minnatdorchilik bildirib turing!
6. Doimo har bir masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashing!
7. Bir-biringizdan doimo yaxshi tomonlarni qidiring!
8. Jahlingiz chiqqanda masala yechimini keyinga qoldiring va maqsadga erishish uchun to’g’ri yo’l tuting!
9. Oilaning or-nomusini hamma narsadan ustun qo’ying!
10. Oilaning jamiyat o’rtasidagi obro’-e’tibori uchun har bir oila a’zosi mas’uldir!

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 13:37:30

Òabiiy kislotalarga boy bo'lgan kofe ovqatni yaxshi hazm qiladi. Kuniga 2-3 finjondan kofe ichib yuruvchilar, kofe ichmaydiganlarga qaraganda 25 foiz kam ziqnafas (astma) kasali bilan og'rir ekanlar. Kofe tarkibida inson hayoti uchun zarur bo'lgan V darmondorisi ko'p miqdorda bo'lib, bu esa yo'g'on ichak saratoni, jigar sirrozi, o't qopi kasalligining oldini oladi. Bizga yoshligimizdan kofeni qon bosimi yuqori yuradigan kishilar ichishi mumkin emas, deb uqtirganlar. AQSh va Angliyada o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra, bir kunda me'yorida ichilgan kofe qon bosimi borlarga ham, sog'lom kishilarga ham salbiy ta'sir ko'rsatmas ekan. Vrach-diyetolog Marina Lushinaning aytishicha, kofe ichilgandan 15-20 daqiqadan so'ng qon bosim bilinar-bilinmas ko'tarilib, bu holat ham tezda o'tib ketar ekan. Qon bosimi past kishilarga kofe ichishni tavsiya qiladilar. Kun davomida ichilgan 1-2 finjon kofening kishi uchun hech qanday ziyoni yo'q. Kuniga 5 finjondan ortiq ichilgan kofe ayollardagi hayz siklini o'zgartirib yuboradi.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 13:37:47

Bundan tashqari, yuragi tez uradiganlar, oshqozon-ichak kasali bilan aziyat chekuvchilar, asabi bo'sh, behalovat kishilar, uyqusizlikka duchor bo'lganlar kofe ichishda me'yorga e'tibor berganlari ma'qul. Ólar uchun kundalik me'yor 1-2 finjondan oshmasligi kerak.

Òadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kofe ichgandan so'ng kishining diqqati bir joyga jamlanadi, kayfiyati ko'tarilib, bosh og'rig'ining ba'zi turlari tuzaladi. Òarkibida tabiiy kislotalar ko'pligi sababli ovqatni yaxshi hazm qiladi. Kofe peshob haydovchi ham hisoblanadi. Qadimdan sharqda uning shifobaxsh xususiyatini bilib, aqlni charxlaydi, kayfiyatni ko'tarib, ko'zga quvvat bo'ladi deb hisoblaganlar. Ertalab ichilgan kofe uyquni tez tarqatadi. Kishini tetiklashtirib, ishchanlik kayfiyatini baxsh etadi. Òadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 2 finjon kofedan so'ng matn teruvchining ish tezligi oshib, kam xato o'tkazibdi.

Ba'zi kishilar kofe ichgandan so'ng jahldor bo'lib, asabiy holatga tushadilar. Qon bosimi oshgan, ateroskleroz, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakda yarasi bor bemorlarga, gastrit va oshqozon kislotasi yuqori bo'lgan kasallarga kofeni me'yorida iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Kofeni ertalab, ishdan, o'qishdan oldin ichgan ma'qul. Òo'yib ovqatlangandan keyin ham kofe ichish tavsiya qilinadi. Shuni aytish joizki, kofe hech qanday xavfli kasallikka sabab bo'lmaydi!

M. ERGAShEVA tayyorladi.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 13:39:09

YUZINGIZ SUTDAY BO"LSIN

Qish kunlarining ayozi, sovug'i har qanday yuz terisiga ta'sir qiladi. Ayniqsa, nozik yuz terisi quruqlashadi, quyosh nuriga ta'sirchan bo'ladi.

Quyidagi oziqlantiruvchi muolajalar har xil ta'sirlardan asraydi. Yuz pista yoki zaytun yog'ida ohista artiladi. 2-3 daqiqadan so'ng loson bilan tozalanib, meva sharbati yuzga surtiladi. Har safar har xil meva sharbatidan foydalangan ma'qul. 10-15 daqiqadan so'ng yuz yumshoq (qaynatilgan yoki iste'mol sodasi aralashtirib yumshatilgan) suv bilan yuviladi. Momolarimiz qatiq zardobi, sutdan ham foydalanishgan. Zardobni yuzga tekis surtib, yumshoq suv yoki buloq suvida yuvishgan. Yarim piyola sutga (echki suti bo'lsa yanayam yaxshi) shuncha miqdorda suv qo'shib, paxta bilan qayta-qayta surtishib, iliq suvda yuvib tashlashgan.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 13:40:13

Moychechak, arg'uvon guli, atirgul, quritilgan yalpiz yaprog'i 1 choyqoshiqdan teng miqdorda olinib, aralashtiriladi. Stakanga solinib, qaynagan suvda tindirib qo'yiladi. 3 soatdan so'ng suzib olingan suvga salfetka botirib, yuzga qo'yib yotiladi. 5 daqiqadan so'ng salfetka olinib, boshqa salfetkada yuz engilgina artiladi. Bu niqobdan bir hafta davomida muntazam foydalanilsa, yuz terisi S, A, RR va boshqa vitaminlar bilan oziqlanadi. Yuz terisi ishqalab emas, sekin artiladi. Ba'zilar bilib-bilmay o'zicha uqalashadi. Bunday holda yuzga barvaqt ajin tushishi mumkin.

Agar yuzingizga moyupa surgan bo'lsangiz, darrov upa qo'yish tavsiya etilmaydi. Yarim soat oldin yuzni artib, keyin upadan foydalangan ma'qul. Singmagan moyupa upa bilan aralashib yuzda har xil dog' paydo qilishi mumkin.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 13:41:09

NUQTALI DOG'LARNI TOZALASh
Qora nuqtali dog'lar yuz, burun atrofida, iyakda 15-20 yoshlardan boshlab paydo bo'lishi mumkin. Òozalanmasa ular borgan sari ko'payaveradi. Yillar davomida teri teshikchalarida ichdan yog' to'planib, tashqaridan tushgan chang, kir bilan aralashib qora nuqta ko'rinishiga aylanadi.

Nuqtali dog'larni o'zbilarmonlik bilan sitib tashlash mutlaqo noto'g'ri. Dog'lar ko'zga tashlanadigan bo'lsa, albatta, kosmetologga murojaat qilish zarur. Aks holda dog' izi qolib chang, kir to'planib, yana kattaroq nuqtali dog'ga aylanadi. Bunday holatlarning oldini olish uchun kechqurun yotishdan oldin yuzni sovun bilan yuvgan yaxshi. Loson yoki yuz tozalash uchun mo'ljallangan salfetka (sotuvda bor) bilan tozalasa ham bo'ladi. Yuz sovutilgan yumshoq suv bilan yuviladi. Iliq, issiqroq suvda yuvilsa, teri bo'shashib, qora nuqtali dog'lar kattalashadi. Sovun bilan yuvgach, tuzli suvda yuzni chayib, 5-10 daqiqadan so'ng yana sovuq yumshoq suvda yuviladi. Muolaja takror qo'llab turilsa, nuqtali dog'lar kichrayib, asta-sekin o'z-o'zidan yo'qolib ketadi. Òuzli suv yuzingizni achishtirsa, iste'mol sodasi aralashtirilgan suvdan foydalanishingiz mumkin.

Ertalab limon sharbatiga paxtani namlab nuqtali dog'lar artiladi. Ko'zga suv sachrashidan ehtiyot bo'lish kerak. Agar yuzda nuqtali dog'lar ko'p bo'lsa, tuzli suvga yoki aloe bargi sharbatiga paxtani namlab artiladi. Bunday dog'larni ketkazishda xamirturushli niqob ham qo'l keladi. Ozgina xamirturush suyultiriladi. Paxta bilan yuzdagi dog'li joylarga tekkizib chiqiladi. 1-2 daqiqadan keyin yana takrorlanadi. Sovuq yumshoq suvda yuvib tashlanadi. Bu muolaja 1 oy davomida qo'llanilsa, nuqtali dog'lardan asar ham qolmaydi.


Qayd etilgan