Foydali maslahatlar  ( 141000 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 21 B


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 13:41:42

BARMOQLAR CHIROYI
Qo'l terisi ham nozik bo'ladi. Qishda qo'lqop kiyishga odatlanmagan ayollarning qo'l terisi tez dag'allashadi. Ayniqsa, bahor faslida qo'l terisining shamol, quyosh nuri, issiq, sovuq suvga ta'sirchanligi oshadi. Kechqurun yotishdan oldin qo'llarni tozalab yuvib, oziqlantiruvchi krem surtish kerak. Bunday kremni uy sharoitida o'zingiz tayyorlasangiz ham bo'ladi. 1 choyqoshiq gliserin, 1 choyqoshiq qaynagan suv (iliq holda) va 1 choyqoshiq limon sharbati aralashtirib, qo'lga surtiladi. 2-3 daqiqadan so'ng iliq suvda yuvilib, sochiqda ohista bosib-bosib artiladi. Òerlashga moyil qo'llarga novshadil spirti yaxshi. 1 choyqoshiq novshadil spirti 1 litr qaynagan suvga (iliq holda) aralashtiriladi. Ertalab, kechqurun shu suvga qo'l 1-2 daqiqa botirib turiladi. Qo'l terisi quruqlashsa, 1 choyqoshiq iste'mol sodasi 1 litr suvga aralashtiriladi. (Suv o'rniga moychechak damlamasidan foydalanilsa yanayam yaxshi.) Shu suvga qo'l 10-15 daqiqa solib o'tiriladi. Sochiqda ohista bosib artilgach, oziqlantiruvchi krem surtiladi. Barmoq uchidan boshlab engilgina uqalanadi. Barmoqlarning chiroyli bo'lishi tirnoq ko'rinishi, shakliga bog'liq. Ózun tirnoq uchlari arracha bilan tekislab turiladi. Òirnoqning salgina kemtilgani ham xunuk ko'rinadi. Haddan ziyod uzun o'stirilgan tirnoqlar uy yumushlarini bajarishga xalaqit beradi. O'rtacha oval shaklida olinsa, chiroyli ko'rinadi.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 13:42:05

OYOQDA

QADOQ BO'LSA

Oyoq qadog'i, tovon yorig'idan ham muntazam muolaja bilan qutilish mumkin. Ayniqsa, terlaydigan oyoqlar alohida parvarish talab etadi. Oyoq terisining qotgan joylarini yumshatish uchun sovun ko'pirtirilgan suvga botiriladi (bu suvga 1 oshqoshiq novshadil spirti yoki iste'mol sodasi solinadi). 20-30 daqiqadan so'ng yumshoq sochiq bilan artiladi. Òovon atrofi pemza bilan ishqab tozalanadi. Oyoqda qadoqlar bo'lsa, bir yuvganda ketkazaman demang: yoriqchalar paydo bo'lishi mumkin. Oyoq tirnoqlari ham barmoq uchiga moslab tekislanadi. Bir tomonga qarata egovlanadi. Oyoq iliq sho'r suvda vanna qilib turilsa (2 litr suvga 1 oshqoshiq osh tuzi solinadi) oyoqdan noxush hid kelmaydi. So'ng pemza bilan engilgina tozalab, oziqlantiruvchi krem surtiladi. Oyoq terlaydigan bo'lsa, yotishdan oldin doim limon sharbati surtib yoting. Barmoq va tirnoqning chiroyli ko'rinishi poyabzalga ham bog'liq. Keng yoki tor poyabzal kiyganda barmoqlar ko'rinishi o'zgarib, tirnoqlar xunuk o'sadi. Chiroyli, loyiq poyabzalda oyoqlar ham chiroyli ko'rinadi.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  19 Sentyabr 2009, 09:56:43

SPORTGA TOBINGIZ QALAY?

Xalqimiz "œSog‘lom tanda — sog‘ aql", degan naqlni bekorga aytmagan. Siz qaysi kasb egasi bo‘lmang, salomatlikni asrash uchun, albatta, jismoniy mashqlar, iloji bo‘lsa, sportning qaysidir turi bilan shug‘ullanganingiz ma’qul. Ushbu test sizning kuchli va ojiz jihatlaringizni, jismoniy imkoniyatlaringizni aniqlashda va o‘zingizga mos sport turini tanlashda katta yordam beradi, degan umiddamiz.

1. Sigaret chekasizmi?

a) yo‘q (50 ball)

b) ha, kuniga besh-oltitadan (40 ball)

v) kuniga o‘ntadan ortiq (30 ball).

2. Tez yurib ketayotgan bo‘lsangiz, hansiray boshlaganingizni qachon his etasiz?

a) bir necha qadam tashlagandan so‘ng (10 ball)

b) bir necha yuz metrdan so‘ng (30 ball)

v) bir necha chaqirimdan so‘ng (40 ball).

3. Ikkinchi qavatga ko‘tarilayotib qanday nafas olasiz?

a) bir tekisda (20 ball)

b) nafasim bo‘g‘iladi (10 ball).

4. Jismoniy mashq qilayotganingizda to‘xtashga sizni nima majbur etadi?

a) nafas olishimning qiyinlashishi (20 ball)

b) mushaklarimning charchashi (40 ball).

5. Suv ostida qancha vaqt nafas olmay tura olasiz?

a) o‘ttiz soniya (30 ball)

b) qirq besh soniya (40 ball)

v) bir daqiqadan ortiq (50 ball).

6. Kuchli zo‘riqish va uzoq muddat jismoniy mashqlardan so‘ng hansirashingiz tez pasanda bo‘ladimi?

a) yo‘q (0 ball)

b) gohida tez, gohida anchadan keyin (20 ball)

v) ha (30 ball).

NATIJALAR:

160 dan 230 ballgacha. Sizning nafas yo‘llaringizga havas qilsa arziydi. Sizga basketbol, voleybol, tennis, suzish bilan muntazam shug‘ullanishni maslahat beramiz.

60 dan 150 ballgacha. Zudlik bilan jismoniy mashqlar qilmasangiz bo‘lmaydi. Yaxshisi, har kuni o‘n daqiqadan sakrash mashqlarini bajaring. To‘g‘ri nafas olishga o‘rganing.

50 va undan kam ball. Nafas yo‘llaringizda muammo ko‘p. Sportning biror turi bilan shug‘ullanishni boshlashdan oldin to‘g‘ri nafas olishni o‘rganganingiz ma’qul. Ko‘proq piyoda yurishni maslahat beramiz.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  19 Sentyabr 2009, 09:57:22

MUSHAKLARINGIZ QAY AHVOLDA?

1. Jismoniy mashqlardan so‘ng mushaklaringiz og‘riydimi?

a) ha (20 ball)

b) ba’zan yoki hech qachon (40 ball).

2. Velosiped haydab ketayotib, oyoqlaringiz og‘riydimi?

a) hamisha (20 ball)

b) gohida (30 ball)

v) hech qachon og‘rimaydi (40 ball).

3. Ko‘p qavatli uyning eng yuqori qavatiga piyoda chiqsangiz, oyoqlaringiz og‘riydimi?

a) ba’zida (20 ball)

b) og‘rimaydi (30 ball).

4. Suvda suzsangiz, velosipedda sayr qilsangiz qo‘l, yelkalaringizda og‘riq sezasizmi?

a) tez-tez shunday bo‘lib turadi (20 ball)

b) goho (30 ball)

v) yo‘q (40 ball).

5. Qo‘llaringizni yuqori ko‘targan holda sira qiynalmasdan qandaydir mashqlar bajara olasizmi?

a) ha (30 ball)

b) yo‘q (0 ball).

6. Mushak spazmasiga yo‘liqib turasizmi?

a) ha (10 ball)

b) yo‘q (20 ball).

7. Ko‘chada 3-4 soat sayr qilganingizdan so‘ng tanangizda charchoq sezasizmi?

a) ba’zan (20 ball)

b) ha (0 ball).

8. Jismoniy zo‘riqishdan so‘ng 2-3 soat o‘tgach, belingizda og‘riq sezasizmi?

a) ha (10 ball)

b) ba’zida (20 ball)

v) yo‘q (30 ball).

9. "œTo‘pponcha" mashqini bajarib ko‘ring. Ya’ni bir oyoqda o‘tirib, ikkinchi oyoqni oldinga cho‘zing. Qo‘lingizni ishlatmang. Xo‘sh, bu mashqni qanday ado etdingiz?

a) muvaffaqiyatli chiqdi (40 ball)

b) o‘tirishga o‘tirdim, ammo muvozanatni yo‘qotdim (30 ball)

v) qo‘lni ishga solishga majbur bo‘ldim (20 ball)

g) bajara olmadim (0 ball).

NATIJALAR:

200 dan 270 ballgacha. Mushaklaringiz juda yaxshi holatda. Sportning har qanday turi bilan shug‘ullanishingiz mumkin.

100 dan 190 ballgacha. Mushaklarni rivojlantirishingiz zarur. Buning uchun sizga gantel, shu jumladan, voleybol, basketbol asqotishi mumkin.

90 va undan kam ball. Afsuski, mushaklaringiz juda mo‘rt va siz jismoniy tarbiya bilan jiddiy shug‘ullanishingiz kerak. Gimnastik mashqlarni ko‘proq bajaring. Faqat organizmni zo‘riqtirib qo‘ymang.   

Hordiq plus gazetasidan yozib oldim.

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 21:57:49

Banan oshqozon yaralari uchun juda foydalidir. Quvvat beradi. Asablarni yumshatib, qon bosimini kamaytiradi.

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:06:07

Karam va gulkaram pishirganimizda oshxonada nohush hid bo'lmasligi uchun qozonga bir burda non soling...

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:10:50

Sabzi vujudga, qalbga va hotira kuchiga katta yordam beradi.
Eng asosiysi -rakdan qo'riydi...Xolesterolni tushiradi...

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:16:24

Devorga mih qoqish oson ish emas, ayniqsa devoringiz endigina bo'yalgan, naqshlangan bo'lsa:)
Mihni qoqmasdan oldin sovunga botirib oling, oson qoqasiz:)

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:18:21

Kiyimingiz yoki buyumlaringizga qahva to'kilsa, darrov u yerni suv bilan ho'llab, bir-ikki tomchi glitserin to'king. Biroz kuting keyin yaxshilab ho'l latta bilan arting.

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:21:05

Uydagi mebelingiz: stol, stul, shkaflaringiz oq rangda bo'lsa kiri chiqishi oson emas. Siz dog' bo'lgan joyda kartoshkani o'rtasidan bo'lib, surting. Keyin toza latta bilan arting.

Qayd etilgan