Foydali maslahatlar  ( 196258 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 21 B


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:24:23

Bazan oq ko'ylaklarning yoqasidagi dog' osonlik bilan chiqmadi. Yuvishdan oldin ko'ynakning yoqasiga sovun surting va 15 daqiqadan keyin kir moshinasida yuving.

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:25:44

Qo'lingizdagi piyoz va sarimsoq hidini yo'qotish uchun qo'lingizga qaynatilgan kartoshka surting.

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:27:38

Sabzavotlarni tuzli suvda yuvsangiz tez va sifatli tozalaydi.

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:28:44

Yangi pishgan yong'oqning dog'ini ketkazish uchun ovuchingizga sirkaga botirilgan paxta surting, keyin mo'l suv bilan yuving.

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:31:34

Sosiskalarni pishirayotganingizda yorilib ketmasligi uchun oldindan sovuq sutga botirib oling.

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:33:03

Buyumlaringizda metal dog'i (zang) urgan bo'lsa, dog'ni ustiga limon siqib dazmollang.

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:34:05

Go'sht mahsulotlarini pishiratotganingizda ustiga oz miqdorda limon siqing, ham tez pishadi ham lazzatli bo'ladi.

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:35:19

Taomlaringizga ortiqcha tuz solgan bo'lsangiz, qozonga 2-3 dona kartoshka archib soling, ortiqcha tuzini "shimib" oladi.

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:36:09

Noningiz tezda mog'or bosmasligi uchun non qutingizga oz miqdorda tuz solib qo'ying.

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 22:38:15

Sut qaynatishdan oldin, sutni qaynatadigan qozonni suv bilan chayqab olsangiz, sutingiz tagiga yopishmaydi.

Qayd etilgan