Muso(a.s)ning qavmi 71 firqaga bo'lindi, 70 tasi zalolatda qolib halok bo'lgan, faqat bir firqasi qutulgan.
Iyso(a.s)ning qavmi 72 firqaga ayrildi,71tasi zalolatda qolib,halok bo'lgan, faqat 1 firqasi najot topgan.
Hz. Payg'aybarimiz(s.a.v) ning ummati esa 73 firqaga bo'lindi,72 firqa zalolatda qolib,halok bo'lgan. Faqat ahli sunnat val-jamoat mazhabi salomatda qolib,najot topgandir.
Buni "Savodul-A'zam" deydilar. Binobarin, ahli sunnat jamoatidan zarracha ayrilgan kishi Islomni egnidan yechgan, ya'ni Islomiyatdan uzoqlashgan bo'ladi.
Avvalo, kishi o'z iymonida shak-shubha qilmagay
Kishi, "Inshaalloh, men mo'minman", demaydi,balki qat'iy "Men haqqan mo'minman-Allohga ishonaman!" deydi. Zero insonlar 3 qismdir:
a)Mo'min
b)Munofiq
c)Kofir
To'rtinchisi yo'q.Binobarin, ishonch-e'tiqod egalari Allohga mo'mindirlar. Iymonsiz,mo'min bo'lmagan kimsa kofir deyilganidek, iymonli kishi ham mo'min deyiladi.
"Haqiqiy mo'minlar faqat Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirib,keyin(hech qanday) shak-shubha qilmagan va molu jonlari bilan Alloh yo'lida kurashgan zotlardir.Ana o'shalar (o'z iymonlarida) sodiq bo'lgan zotlardir".
("Hujurot", 15).