Foydali maslahatlar  ( 197124 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 21 B


maknuna  15 Iyun 2006, 16:36:16

MATODAGI DOG‘LAR

Guash va akvarel bo‘yoqlari sovuq suvda yaxshi ketadi.

* * *

Matodagi oq yoki qizil vino dog‘larini yo‘qotish uchun uni ichi chuqur idishga solib, ustidan qaynoq suv quyish kerak.

* * *

Agar oppoq dasturxonga qizil vino to‘kilib ketgan bo‘lsa, shu zaxotiyoq dog‘ ustiga suv sepib qo‘ying. Ifloslangan tuzni olib tashlab, yana yangisini seping. Keyin dasturxonni issiq suvda yuvib tashlang.

* * *

Lab bo‘yog‘idan qolgan dog‘ni spirt bilan tozalash mumkin, lak dog‘ini juda extiyotkorlik bilan atseton orqali tozalash mumkin.

Mavzu arxivi

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:11:46

SOCH HAM HUSN

· Bir-ikki dona tuxum sarig‘ini bir osh qoshiq o‘simlik moyi (kanakunjut, zaytun yoxud kungaboqar moyi) bilan obdon aralashtirib, bosh terisiga ishqab surtib, «edirilgach»: ustiga polietilen bilan yopib, sochiq bilan bog‘lab qo‘yiladi. Bir soatdan so‘ng yuvilsa, soch ildizlarini mustahkamlab, o‘sishga yordam beradi.

* * *

· Sochning sog‘lom o‘sishida uni tarash katta ahamiyatga ega. Sochni siqib o‘rish, qattiq tang‘ib bog‘lash natijasida, qon bilan ta’minlanishi buziladi. Bu esa, o‘z navbatida sochni siyraklashishiga olib keladi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:12:05

· Sochni teskari taramang, aks holda oziqlanishi qiyinlashib, mo‘rtlashadi, oqibatda ko‘plab to‘kiladigan bo‘lib qoladi.

* * *

· Soch o‘z-o‘zidan to‘kilsa boshingizni sovunsiz iliq suvda yuvib, osh tuzi bilan 10-15 daqiqa ishqalang, so‘ngra yuvib tashlang. Bosh terisi quruq bo‘lsin. Bu tadbir olti bora qo‘llangandan so‘ng soch to‘kilmaydigan bo‘ladi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:12:11

XAMIRNING SIRLARI

· Eng yopishqoq xamirni ham sovuq suv to‘la shisha bilan yopib olish mumkin.

* * *

· Ko‘tarilayotgan xamirni idishdan oqib tushmasligi uchun uning ustini xo‘llangan oq qog‘oz bilan yopib qo‘ying.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:12:18

· Oddiy qorilgan xamir shirin bo‘lsin desangiz, xamir qorayotganda unga biroz konyak qo‘shing.

* * *

· Qat-qatli shirinliklarni pishirishdan oldin ustiga tuxum surtmang, bu ularning yaxshi ko‘tarilishiga xalal beradi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:12:25

· Achitqili xamirga saryoq o‘rniga margarin qo‘shsangiz bulochkalaringiz bir necha kun davomida yumshoq turadi.

* * *

· Undan tashqari achitqili xamirni xaddan ziyod issiq joyga qo‘yish kerak emas. Bunda xamir ko‘tarilmay qolishi ham mumkin.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:12:47

Agar mebelingizga yoki kiyimingizga saqich yopishib qolgan bo‘lsa, o‘sha joyga muz parchasini qo‘yib, bir necha daqiqa ushlab turing.

* * *

Yod dog‘i nashatir spirti yoki tiosulfat natriy (giposulfit) yordamida osonlik bilan ketadi. Agar mato sovuq suvda yuvilib, kraxmal bilan tozalansa, dog‘ ketadi. Bu operatsiyani ikki-uch marotaba takrorlagan holda, tozalangan joyni sovunli suvda yuvib tashlash kerak.

* * *

Kiyimdagi ko‘kat va maysa dog‘larini yo‘qotish uchun salitsil spirti bilan artish kerak, keyin suv bilan yuvib tashlash kerak. Bu dog‘larda yana meditsina efiri va spirti bilan ham ketkizsa bo‘ladi.

* * *

Sut dog‘i sovuq, sovunli yoki nashatir spirti qo‘shilgan suvda ketadi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:13:08

samo:

juda kam uhlagan bolsangiz masaln 3-4 soat
soat 11 gacha sabr qiling keyin 15 minut maximum 30 min uhlasangiz 8 soat uhlaganday bolsiz
(soat 11- to 14-15 gacha Sunnat uhlash vaqti!)

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:13:26

samo:

Kechasi bosinqirasangiz
falaq va nos surasi
hamda oyatal kursini oqib uhlang hudo hohlasa hech narsa bolmaydi
hatto yomon tush ham kormaysiz hudo hohlasa

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:13:35

samo:

PC (Koputer) kop ishlasangiz umuman Kozingizni kop ishlatsangiz :)
Palming degan mashq bor. shuni qiling
Palming mashqi:
qol kaftlarini bir biriga ishqalang 10-20 soniya.
chap qol ustiga(ichki tomoni) ong qilni qoying. chap qol barmoqlarini ong qol barmoqlari berkitsin. yoruqlik kirmasligi kerak. shu holda burnimiz ustiga qoyamis 2 koz qovogi berkiladi. koz qovoqlari botmasligi kerak. kozga nur kirmasligi kerak. keyin kozni yumamiz. ana endi 3-10 minutgacha ushlab turing. (kozizni qancha yahshi korsangiz shuncha ushlab turing :) )
foydasi mutlaqo bor SEZASIZ!

Qayd etilgan