Foydali maslahatlar  ( 196899 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 21 B


maknuna  06 Iyul 2006, 07:13:46

samo:

Kayfiyatingiz yomon bolsa
yahshilashni eng oson yoli
Vujudiy tarafdan nazoratga olish kerak (oson yoli shu)
yana boshqa yollari bor: kayfiyatni yahshilash, fikrlarni ozgartirish. ammo qiyini.
hullas mashq shunday.
Oynaga qarab 3-10 minutgacha Kulib turasiz Ozingizdan hursang bolasiz. BOR bolganingiz uchun... bir sinab koring...

kayfiyatizni buzgan insonlar KECHIRIB yuborasiz bu ENG SAMARALI yoli...
barcha buyuk insonlar shunday qilgan. biz esa yahshi insonlar orqasidan yuramiz..
kin nafrat kabi hislardan yiroq bolamiz...

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:14:02

Nioza:

ASAL haqida.........

Quruq-issiqligi ikkinchi miqdor,
Yara bilan illat undan toru mor.
Badandagi har bir tosiqni ochar.
Asab illatlari undan tez qochar.
Sovuq me'da uchun quvvattidir yor,
Zaif ko'zga yana nur qilar nisor,
Kishida ishtaha ochadi doim.
Yoyilsa - qorinni qilar muloyim.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:14:24

TISH OG’RIGANDA

"¢ Rayhon, sirka va ozroq miqdorda tuz qaynatmasi tish og’rig’ini qoldiradi.
"¢ Asal va tuzni qorishtirib, kuydirib, toza dokaga o’rab, tishga ishqalansa og’rig’i to’xtaydi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:14:30

QULOQ OG’RIGANDA

"¢ Sarimsoq suvini quloqqa tomizilsa og’rig’i qoladi.
"¢ Xom oshqovoqning sharbatidan tomizilsa ham yaxshi natija beradi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:14:40

YURAK XASTALIGIDA

"¢ Osh rayhon yoki sadarayxon qaynatmasini dokadan o’tkazib, 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichib yurishlik yurakni kuchli qilar ekan.
"¢ Isiriqni tuyib mayda qilib, elakdan o’tkazib, kunjut moyi qo’shib har kuni 15 grammdan tanovul qilinsa yaxshi natija beradi.
"¢ Oq tutning bargini damlab 2-3 osh qoshiqdan ichib yurish ham davo.
"¢ Behi urug’ini yanchib itte’mol qilib yurishlik yurak xastaligiga shifo bo’lar ekan.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:14:55

Dog’langan yog’ingiz sachrab ketmasligi uchun qozonga picha tuz soling.

Yog’larni mis idishlarda saqlamang,sifati buziladi.Yog’larni,ayniqsa saryog’ va maskayog’ni qorong’l yerda saqlash kerak,chunki quyosh nuri ta’sir etsa,undan yog’ kislotasi hosil bo’ladi,bu kislota esa inson organizmiga zarar.

Sirli idishlar qaynoq suvga ko’p solinsa siri ko’chib yoki yorilib ketadi.

Metaldan,ayniqsa alyuminidan yasalgan idish va asboblarni qum bilan ishqab yuvish yaramaydi,
chunki qum idish-asboblarni tirnab, ularni tez kirlanadigan qilib qo’yadi.

Ro’zg’orda ishlatiladigan tovani osongina tozalash mumkin.Oq qog’oz bilan yaxshilab artgach , yirik tuz bilan ishqalaysiz va sovuq suvda yuvib tashlaysiz.
Idish yuvganingizda suvga bir oz tuz yoki soda solsangiz idishning kiri tez ketadi
Shisha va metal idishlarni g’ijimlangan qog’oz bilan artsangiz toza bo’ladi.

Chinni idishlarni yuvayotgan suvga bir choy qoshiq sirka va ozgina tuz solsangiz, idish yaltirab ketadi.
Pishloq qotib qolmasligi uchun uni sho’rtak suvda ho’llangan lattaga o’rab qo’ying.

Biror idishga yog’och qipig’I solib oshxona javoniga qo’ysangiz oziq-ovqat mahsulotlari buzilmaydi va javonni hid bosmaydi.Qipig’ni har kuni yangilab turish kerak.

No’xat,mosh,loviya kabi dukkakli donlarni issiq suvda ivitib bo’lmaydi,qotib,pishoshi qiyin bo’ladi.Pishirganda sovuq suvga solib solib sekin qaynating,tuznietilib pishgandan so’ngina soling.

Guruch,so’k,makaron.vermeshel kabi mahsulotlarni esa qayniq suvga solib tez qaynating,aks holda mahsulot idishning ostiga yopishib qoladi.

Suyuq ovqatlar shaqirlatib qaynatilsa xira tortadi,mildiratib qaynatish lozim.

Sabzavotlar tuzli suvda qaynatilsa mazali bo’ladi.
Qatiq.qaymoq,sut,tomat,sirka,pomidor,piyoz solingan taomlarni hatto qish faslida ham uzoq saqlab bo’lmaydi,ular tez achishi mumkin. Bunday taomlarni maxsus idishlarda , sovuq hovoda
Yoki muzlatgichda saqlanadi.

Go’shtni to’g’ralgan piyozga aralashtirib spool idishga solib qo’ysangiz,2-3kungacha buzilmaydi.Go’shtga tuz sepib qo’vursangiz,seli yaxshi chiqadi.

Go’shtniho’llangansochiqqa o’rab,biron sopol ko’zachaga solib,ko’zachani esa namakobli kastryulkaga botirib qo’ysangiz go’sht yaxshi saqlanadi.

Go’sht hidlangan bo’lsa yoki mog’orlasa,yoxud yangi go’shtning sirtiga chang yopishgan bolsa och pushti rangli margansovka suvi bilan yuvib,so’ng sovuq suvdachayqasangiz tozaladadi.

Qiymaning tuzi roso bo’lishi uchun 1kg go’shtga 1osh qoshiq tuzni namakob qilib qo’shing.

/beauty.freenet.uz

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:15:03

FOYDALI MASLAHATLAR.
OShQOZON-IChAK KASALLIGIDA

"¢ Turp urug‘ini un qilib, asal bilan aralashtirib, iliq choyga qo‘shib 3 mahal bir osh qoshig‘ida ichib yuring.
"¢ Noxorda och qoringa qaynatilgan isiriq urug‘idan bir osh qoshiqdan iste’mol qiling.
"¢ Tog‘ yalpizi damlamasini ichib yuring.
"¢ Har kuni uch maxal qattiq non yeb, ketidan bir piyoladan qatiq iching.
"¢ Nonni suvga to‘g‘rab yesangiz hazm oson kechadi, rang-ro‘yingiz tiniq bo‘ladi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:15:10

YO‘TALGA ChALINGANDA

"¢ Anjirni sutda qaynatib ichilsa yo‘tal qoladi.
"¢ Qora qo‘yning dumbasidan sho‘rva qilib piyozdan ko‘proq qo‘shib, uch kun ichilsa shifo bo‘ladi.
"¢ Sholg‘omni asalli yoki shakarli suvda qaynatib 1 osh qoshiqda ichib turilsa yaxshi foyda beradi.
"¢ Bug‘doyni qaynatib, sutga qo‘shib kechasiga ichish lozim.
"¢ Turpni qaynatib, asal bilan aralashtirib ichilsa yo‘tal qoladi.
"¢ Anorning po‘stini sutda qaynatib 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichilsa shifo bo‘ladi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:15:22

QON BOSIMI BALAND BO‘LGANDA

"¢ Kartoshkani qo‘rga ko‘mib yeb yuring.
"¢ Limonli choy ichib yuring.
"¢ Beda gulini choy kabi damlab, yarim stakandan 2-3 mahal ichib yuring.
"¢ Ozgina asalga lavlagi sharbatini aralashtirib bir osh qoshiqdan 3 mahal ichib yuring.
"¢ 2-4 dona siren bargini choy kabi damlab 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichib yursangiz qon bosimini tushiradi.
"¢ 3 ta yirik sarimsoq boshini va 3 ta limonni olib, maydalab ezib, ustiga 250 gramm qaynagan suv quyiladi, idish qopqog‘i zich qilib yopilpdi, bir sutka muzlatkichda saqlanadi, so‘ng aralashtirilib 2 qavat dokadan o‘tkazilib, kuniga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ovqatdan oldin iste’mol qilinadi.
"¢ Ukrop qaynatmasini 3 foizli brom bilan qo‘shib 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichib yurilsa yaxshi natija beradi.
"¢ Ukrop qaynatmasini dokadan o‘tkazib, qimizga qo‘shib ichsangiz ham foyda beradi. Faqat undan so‘ng 3-4 stakan qg‘aynagan suvga limon va sharbati va ozgina asal qo‘shib ichish kerak.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:15:30

QAND XASTALIGIDA

"¢ Qizil lavlagini sharbatini xomligicha 2-3 qoshiqdan 3 mahal ichib yurishlik qand xastaligining oldini oladi, qandni tushiradi.
"¢ hom baqlajon sharbati ham qand xastaligini oldini olib qandni tushiradi.

Qayd etilgan