Tovoningiz yorilgan bo'lsa...  ( 24103 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  21 Fevral 2011, 19:38:46

 :as:

Bu mavzuda tovon yorilganida foyda beradigan muolaja usullari, uy sharoitida tayyorlanadigan malhamlarni yozib borsak.

Bugun o'rgangan kremim.

Kerakli moddalar:

1. 300 gr oshqovoq (suvda qaynatib pishiring, oson eziladigan bo’lsin)

2. 2 qoshiq uzum shinnisi

3. 2 qoshiq zaytun yog'i

Oshqovoqni ezing, ustiga shinni, zaytun yog'ini solib aralashtiring. Aralashmani tovoningizga surtib, tselofan bilan bog'lang. 2 soatcha yerga bosmang. Keyin iliq suvda yuving...

Qayd etilgan


muxlisa  21 Fevral 2011, 19:47:44

Tovon yorilganda yana bir muolaja bor.

Kartoshkani mayda to'g'rab yoki qirg'ichdan o'tkazib oyoq tagiga qo'yiladi. Bir necha soatga bog'lab qo'yiladi. Oyoq terisi yumshab, ivigan holga keladi. Oyoqdan kartoshka qoldiqlarini yuib tashlab oziqlantiruvchi krem surtiladi...

Qayd etilgan


Sakiina  21 Fevral 2011, 21:57:58

ha  manam ozimdan sinalgan reseptni aytae eritilgan  dumba yogini olib qoshiqda gazda eritamiz keyin pahta bilan issiq paetida surtamiz (qorqmanglar oyoq kuymidi ;) tovon qattigu,ozgina jiz-jizlidi :5) man har fakat uyda shundae qilardim aslida 90yoshli momomni resepti bu :)

Qayd etilgan


ibnUyayna  21 Fevral 2011, 23:19:38

sinalgan resept -eritilgan  dumba  :)

  Hojiboy etkande... :)

Qayd etilgan


_IYMONA_  22 Fevral 2011, 14:42:45

Romashka damlamasi oyoq terisi uchun juda foydali

Qayd etilgan


Sevdo  22 Fevral 2011, 18:21:43

Glitsirinli kremlar ham bir zumda tuzatadi

Qayd etilgan


Ansora  23 Fevral 2011, 16:49:35

Tovon odatda ko'p suvni ichida qolsa, tez tez oyoq yuvilsa yoriladi. Shuning uchun oyog'ingizni yuvgandan keyin yaxshilab quriting.

Qayd etilgan


Ansora  08 Mart 2011, 15:53:25

Yorilgan tovonlar uchun krem:

1. 3 qoshiq vazelin.
2. 5 dona ezilgan aspirin
3. yarim limonni suvi

Bularni aralashtiring. Oyog'ingizni yarim soat suvga solib o'tiring. Tovoningiz yaxshigina yumshashi kerak. Yarim soatdan keyin tovoningizni quritib kremni surting. Bir necha soatdan keyin iliq suvda yuving.

Qayd etilgan


Ansora  08 Mart 2011, 15:58:44

Bundan tashqari:

1. Sovuq suvga olma sirkasini aralashtiring, oyog'ingizni bu suvga soling. Tovon yoriqlarida yaxshi natija beradi.

2. Atirgul losyonini tovningiz va tirnoqlaringizga massaj shaklida surting.

3. Kakao yog'i va achchiq' bodom yog'ini tovonga surtish ham juda yaxshi natija beradi.


Qayd etilgan