Tug'ruqdan keyingi depressiya  ( 16700 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  04 Mart 2011, 18:46:54

Tuqqan ayollarning 10 foizi tug’ruqdan keyingi depressiyaga chalinishi e’tirof etilsada, bu ko’rsatgich ba’zi so’rovnomalarga asoslangan holda ancha yuqori deyishimiz mumkin. 2006 yili Britaniya Ginekologiya Kolleji so’rovnomasi natijalarida ko’rsatilishicha 1 yoshdan kichik farzandi bo’lgan ayollarning 27 foizi tug’ruqdan keyingi depressiyadan davolanganligini e’tirof etishgan.
Tug’ruqdan keyindi depressiya keng tarqalganmi?

Tuqqan ayollarning 10 foizi tug’ruqdan keyingi depressiyaga chalinishi e’tirof etilsada, bu ko’rsatgich ba’zi so’rovnomalarga asoslangan holda ancha yuqori deyishimiz mumkin. 2006 yili Britaniya Ginekologiya Kolleji so’rovnomasi natijalarida ko’rsatilishicha 1 yoshdan kichik farzandi bo’lgan ayollarning 27 foizi tug’ruqdan keyingi depressiyadan davolanganligini e’tirof etishgan.

Tug’ruqdan keyingi depressiyani ba’zi ayollarda ko’rinadigan stress holati (baby blues) bilan adashtirmaslik kerak. Baby blues bola tug’ilgandan bir necha kun so’ngra boshlanadi. Ona o’zini baxtsiz sezadi, salga yig’laydi, bolasi haqida turli xavotirlarga tushadi, charchagan va asabiylashgan bo’ladi. Bunga tug’ruqdan keyin ayol garmonlarining miqdoridagi o’zgarishlar sabab bo’lishi mumkin. Bu holat bir-ikki kunda o’tib ketadi.


Tug’ruqdan keyingi depressiya qachon boshlanadi?

Tug’ruqdan keyingi depressiya yuqorida zikr etilgan baby blues dan ancha jiddiyroq. Tuqqandan keyin kayfiyatida noxushlik sezgan ayollarning ba’zilari yana oldingi xushchaqchaq holatga qaytib onalik gashtini surib ketgan bir paytda dipressiyaga tushgan ayollarning kayfiyati brogan sari yomonlashadi, ularni xavotir va baxtsizlik chulg’aydi. Ba’zida ayol tug’ishidan oldin depressiyaga tushib bo’lgan bo’lib, tuqqanidan keyin bu tushkunlik davom etadi. Boshqa ayollarda esa tushkunlik tuqqanlaridan bir necha hafta , hatto ba’zida oylardan keyin boshlanadi. Chaqalog’ini xursandchilik bilan parvarish qilayotgan ona asta sekin tushkunlikka tushib boradi.


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 18:47:16

Tug’ruqdan keyingi depressiyaning simptomlari

Quyida tug’ruqdan keyingi depressiyada uchraydigan simptomlarni keltirdik. Bu simptomlarning ba’zisi sizda vaqti vaqti bilan uchrab turishi mumkin. Nima bo’lganda ham onalik jismoniy va ruhiy o’zgarishlarga sabab bo’ladi, sizning kayfiyatingiz ham shu sababdan o’zgarib turishi tabiiy hol. Ammo ushbu simptomlarning ko’pi sizda ko’zga tashlanib, ular doimiy bo’lsa albatta shifokorga ko’rinishingiz kerak.


· O’zingizni doimo baxtsiz va chorasiz his qilasiz, bu his ayniqsa ertalab va /yoki kechqurun kuchli bo’ladi.
· Hayotdan maqsad ko’rmaysiz, nima uchun yashayotganingizni tushunmaysiz
· Hamma narsada o’zingizni ayblayverasiz
· Asabiy bo’lib qolasiz, umr yo’ldoshingiz yoki boshqa bolalaringizga salga baqirasiz
· Tez-tez yig’laysiz
· O’zingizni doimo charchagan his qilsangizda uxlashga qiynalasiz
· Hech narsadan baxra ola olmaysiz
· Hazl qilish va hazilni tushunish hisini yo’qotasiz
· Hech narsaga ulgurmaysiz
· Tug’ilgan farzandingizning salomatligi haqida o’ta qayg’urasiz, doimo shifokor-mutaxassislardan uning salomatligini surushtirasiz
· Biror narsaga e’tiboringizni jam qila olmaysiz
· Farzandingiz bo’shqacharoq tuyuladi, hatto o’zingizning bolangizligiga shubxa qilasiz

Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 18:47:45

Undan tashqari sizda quyidagi holatlar kuzatilishi mumkin:

· Charchoq
· Hotirada zaiflik
· Qaror qabul qilishda qiyinchilik
· Ishtaxa yo’qolishi yoki aksincha ishtaxaning o’ta yuqori bo’lishi, natijada vazn ko’tarilishi
· Uyquda bezovtalik, uyqusizlik


Tug’ruqdan keyingi depressiyaga chalinish xavfi menda bormi?

Shifokorlar nega ba’zi ayollar depressiyaga tushib, boshqalari omon qolishining tagiga yetganlaricha yo’q. Balki bunga sabab har bir odamning o’ziga hos bosh miya biokimyosidir. Shunday bo’lsa-da, tug’ruqdan keyingi depressiyaga sabab bo’lishi taxmin qilingan ma’lum bir sabablar mavjuddir.
· Oldin depressiyaga tushgan bo’lsangiz
· Homiladorlik paytida depressiyaga chalingan bo’lsangiz
· Tug’ishda qiynalgan bo’lsangiz
· Bolalik chog’ingizda onangizdan judo bo’lgan bo’lsangiz
· Sizni qo’llab quvvatlovchi yo’ldoshingiz yoki yaqin oila a’zolaringiz yo’q bo’lsa
· Farzandingiz muddatdan oldin yoki nuqsonli tug’ilsa
· Moddiy qiyinchilik yoki ro’zg’orda tanqislik sezsangiz. Yaqin kunlarda biror yaqin qarindoshingiz olamdan o’tishi, turmush o’rtog’ingiz ishsiz qolishi kabi ko’plab muammolarga duch kelgan bo’lsangiz


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 18:48:10

Tug’ruqdan keyingi depressiya qanday davolanadi?


Dorilar

Tug’ruqdan keyingi depressiyani davolashda qo’l keladigan bir qancha yaxshi dorilar bor. Ko’pgina ayollar tinchlantiruvchi dorilar-anti deprissantlarni qabul qilish o’rganib qolishga olib keladi deb xato o’ylaydilar. Bu to’g’ri emas. Anti deprissantlarning vaqtida va to’g’ri qabul qilinmasligi asosiy muammoga sabab bo’ladi.

Dorini shifokor yozib bergan vaqtda qabul qilishga ahamiyat berishingiz muhim. Ikki haftalardan keyin ahvolingizda o’zgarish sezasiz. Foydasi ko’rinmayapti deb dori ichishdan voz kechmang. Albatta foydasi ko’rinadi, bunga biroz vaqt kerak. Dorilarni taxminan olti oy davomida ichib yurishingiz kerak bo’ladi. Muddatdan oldin dori ichishni to’xtatsangiz, depressiya holati yana qaytalanishi mumkin.

Emizayotganingizdan xavotirlanmang, shifokoringiz bolaga ta’sir qilmaydigan antidepressant yozib berishi kerak...


So’zlashuv terapiyasi


Sizni eshita oladigan va depressiyani tushuna oladigan biror kim bilan ahvolingiz haqida gaplashishingiz ancha yordam beradi. Psixolog yordamidan foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Turmush o’rtog’ingiz, eng yaxshi dugonangiz bilan suhbat ham muammoga javob bo’la oladi, lekin ahvolingiz va kechinmalaringizni tushunishda ularda qiyinchilik tug’ilsa bundan xafa bo’lmang.


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 18:48:31

Do’stlar va oila a’zolari qanday yordam bera oladi?


Turmush or’tog’ingiz, qizingiz, singlingiz, dugonangizda tug’ruqdan keyingi depressiya kuzatilayotgan bo’lsa, undagi o’zgarish sizni hayron qoldirishi aniq. Hattoki unga qarab turib o’zingizni ham huddi shunday tushkunlikda sezishingiz mumkin. Uning shifokori bilan bu borada gaplashib, xastalikni davolash choralarini, unga qanday yordam bera olishingizni aniqlashingiz juda muhim. Muammoni to’laqonli tushunib, yaqin odamingizga yordam bera olishingizga ishonch hosil qilishingizning o’zi ahvolingizning yaxshilanishiga olib keladi. Bundan tashqari boshqa do’st va oila a’zolariga vaziyatni tushuntirishingiz va ular tushkunlikdagi yaqin odami uchun qanday yordam ko’rsata olishlarini va unga qanday muomalada bo’lishlari kerakligini o’rgatishingiz mumkin. Shuni esda saqlangki, xastalik albatta vaqti soati bilan shifo topadi.
Agar depressiyaga uchragan ayolning turmush o’rtog’i/onasi/opasi/dugonasi bo’lsangiz unga yordam berish maqsadida quyidagilarni qilishingiz tavsiya qilinadi:

· Shifokor yozib bergan dorilarni o’z vaqtida ichayotganini va/yoki ruhshunos qabuliga vaqtida borayotganini tekshirib turing.
· Dori ichishga ko’ngli bo’lmayotgan bo’lsa, o’rniga boshqa chora ko’rsatishni shifokori bilan gaplashishga undang
· Doktorga borishdan bosh tortsa o’zingiz ham birga boring
· "œO’zingni qo’lga ol" kabi iboralarni ishlatmang, uddalaganida allaqachon o’zini qo’lga olardi.
· Uy ishlari va bola parvarishlashda unga ko’mak bering, lekin bolaga qarashdan umuman ozod etmang
· Yolg’iz qolishdan qo’rqayotgan bo’lsa u bilan birga bo’ling
· Ahvoli ancha yaxshilanayotganini eslatib turing
· Agar turmush o’rtog’i bo’lsangiz unga bolangizning onasidek emas o’z rafiqangizdek qarang va shunday munosabatda bo’ling.


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 18:49:01

O’zimga ganday yordam bera olaman?

Sog’lom dieta tutishga harakat qiling. Ishtaxangiz bo’lmasa oz-oz, lekin tez-tez yeb tursangiz ishtaxasizlikka chora bo’ladi. Nonushtaga alohida e’tibor bering. Energiya beruvchi karbogidratga boy ozuqalar: non, bo’tqalar, guruch, banan va ko’plab meva va sabzavotlar iste’mol qiling.

Ko’proq dam olishga harakat qiling. Qo’lingizdan kelsa uxlang, kelmasa o’zingizni bo’sh qo’yib mizg’ib olishga harakat qiling. Bolangizga qarab turadigan odam bo’lsa iliqroq ichimlik ichib, yoqimli musiqa sadosi ostida yotib uxlashga harakat qiling.

O’zingizni ehtiyot qiling. Siz xastasiz va davo topishingiz uchun vaqt kerak. Qilinishi shart bo’lmagan ishlarni qilaman deb o’zingizni qiynamang. Muhim qaror va muammolarni hal qilishni biroz muddatga kechiktiring. O’zingizni xursand qiladigan narsalarni qilishga harakat qiling, vaqti bilan ahvolingiz yaxshilanadi.


Keyingi tug’ruqdan so’ng menda yana depressiya bo’ladimi?

Ehtimoli bor, chunki bir marta depressiyaga uchragan odam yana tug’ruqdan keyindi depressiyaga duch kelishi kuzatilgan. Shunday bo’lsa-da, faqat bir bolasida depressiyada bo’lib, keyingilarida unga duch kelmagan ayollar ham talaygina. Hech bo’lmaganda keyingi homiladorlik paytida yana depressiyaga tushadigan bo’lsangiz uni yengish uchun nimalar qilishingizni planlashtirishingiz, sizga yordam bera oladigan narsa va insonlarni tayyor holga keltirishingiz mumkin. Keyingi safar depressiya simptomlarini vaqtida aniqlab, shifokorga tezroq murojaat qila olasiz.


Tug’ruqdan keyingi depressiyaning oldini ola olamanmi?

Aniq bir narsa deyish qiyin. Lekin homiladorlik paytidagi qo’llab quvvatlash sizga onalikni kuchga to’la, va o’zingizga ishongan holda qabul qilishga yordam beradi. Homiladorligingizda to’qqiz oy davomida o’zingizga yaxshi qarang, sizga taklif qilingan har qanday yordamdan bosh tortmang, asablaringizni avaylang.

Ba’zi shifokorlarning fikricha tuqqan ayol progesteron gormoni inyeksiyasini ma’lum muddat olib tursa depressiyaga chalinish xavfi ancha kamayadi. Bunga kuchli dalillar yo’q, lekin istasangiz buni o’zingizda sinab ko’rishingiz mumkin. Yana ko’proq ma’lumot uchun shifokoringiz bilan maslahatlashing.


Qayd etilgan


ibnUyayna  04 Mart 2011, 18:57:44

 :as:
 1 ta taklif.Shu mavzuni muslimala bo`limiga ko`chirsyla bo`ladimi ?
 :as:

Qayd etilgan