11. Qo’ying, bo’yasin. Bolalaringizning rangli qalamlari va o’yin qog’ozlari bilan vaqt o’tkazishiga qarshlik qilmang, chunki ular bolalarning qo’llarini chaqqonlashtirib, ularning badiiy mahoratlarini orttirishga yordam beradi.
12. Ularni yaxshi ko’rishingizni ko’rsating. Qilgan ishlarini ma’qtang va ularni hamma ko’radigan bir devorga osib qo’ying.
13. Farzandlaringizni hunarmandchilikka doir faoliyatlar bilan shug’ullanishlari uchun zarur ashyolarni topib bering. Tuxim soladigan idishlarni tashlab yubormang, savdo dukonlaridan berilgan paketlarni saqlab qo’ying, hojatxona qog’ozlari o’ramlaridan ham kesish va yopishtirishda foydalaning. Boshqa narsalar qilish ucun bog’dagi yaproqlarni to’plashingiz va devorga yopishtiriladigan oboy qog’ozi qirqimlarini bolalaringiz ucun saqlab qo’yishingiz mumkin.
14. Sanashni hayotingizning bir qismiga aylantiring. Farzandingiz matemetikani qanchalik bemalol o’rgansa, shunchalik maza qiladi va o’ziga bo’lgan ishonch ortadi. Bunda xuddi narvon zinapoyalaridan chiqqanday kichik odimlar qo’yishdan boshlang.
15. Sanoqlarni kuy ohangiga mos ravishda o’rganing. "œBir, ikki, uch - yong’oq ichi puch, uchdan keyin to’rt - avtobusni kut" kabi retmik aytishlardan foydalaning.
16. Miqdorlarning katta-kichikligi haqida so’zlashinglar. "œDasturxondagi likobchalar qanchligini sanay olasanmi?", "œSenga ularning kattasi kerakmi, yoki kichigi?" kabi savollardan boshlasangiz bo’ladi.
17. O’yinchoqlar va o’yinlar yordamida sanashga o’rgating. Sovutqich (xolodilnik)ka yopishtiriladigan magnitli rasmlar va boshq narsalar, vannaga tashlashingiz mumkin bo’lgan po’kakdan qilingan narsalar, sanoqlar bilan bog’liqa o’yinlar, masalan, "œMonopoliya" o’yininig bolalar uchun moslashtirilgan variantlarini oling.
18. Ba’zi narsalarni qisimlarga bo’lgan holda o’rgating. Yiydigan narsalarni mayda bo’lakarga bo’lib, bu bo’laklar sonini bolangiz bilan sanang.
19. Televizordan hech qachon enaga sifatida foydalanmang. Chunki u bolalaringiz bilan munosabatda hech qachon sizning o’rningizni bosmaydi.
20. Bir videofilmni yoki DVDni farzandingiz ko’p marta ko’rishi sizni tashvishga solmasin. Takrorlash bolangizning o’rganishiga yordam beradi.
21. Sayr qiling va o’rganing. Istirohat bog’iga, kutubxonaga yoki do’konga qilingan sayohatlarda ko’p narsalarni o’rganishingiz mumkin.
22. Vaqti-vaqti bilan faoliyat turlaringizni o’zgartirib turishni maslahat beramiz. Boshqa bolalar bilan o’ynashini, ularni va oilalarini ma’lum bir tartibda ko’rib turishiga e’tibor bering.
Manba:
www.ayol.uz