Maktabga borishni xohlamayman!  ( 5769 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  04 Mart 2011, 19:03:51

"œIltimos, atigi bir kun uyda qolay" — deya birinchi sinf bolasi onasiga yalinadi. Nega shunday bo’ladi? Nega bola uchun maktabda dars o’rganishning qizig’i yo’q, uy vazifalarini bajarish esa zerikarli tuyuladi?

Qonun bo`yicha bola maktabga 6-7 yoshda chiqadi. Ko`pchilik bolalarda o`quv yilining birinchi oyida o`qishga bo`lgan ishtiyoq kuchli bo`ladi. Keyin esa muammolar boshlanishi tez-tez uchraydigan xolatdir.

Mutaxassislar buning sababini bolalarning maktabga ilm olish uchun psixologik tayyor bo`lmay chiqishlarida deb e’tirof etmoqdalar. Ular avvalo jismonan tayyor bo`lishlari  kerak bo`lsa (darslarning oxirigacha o`tirishga toqatlari yetishi, darslarni qoldirmaslik uchun salomatliklarining yaxshi bo`lishi), ikkinchidan, pedogogik tomondan tayyor bo`lishlari lozim. Lekin bugungi kunda aksar bog`chalar va maktabga tayyorlov muassasalarida bolani faqatgina pedagogik tayyorlashgagina e’tibor qaratilmoqda. Ularga harflar, raqamlar, o`qish qoidalari, xullas, birinchi sinf programmasining soddalashtirilgan ko`rinishi o`rgatilmoqda. Vaholanki, birinchi sinfga kelgan bola huddi shu narsalarni maktabda yana o`rganadi. Shunday ekan, bolani maktabga tayyorlash o`z ichiga xozirda bog’cha va tayyorlov guruhlarida o`rgatilayotganlarni emas, umuman boshqa narsalarni olishi kerak. Xo’sh, nimalarni olishi kerak ekan? Bu - maktabga psixologik jihatdan tayyor bo`lish. Afsuski, maktabga tayyorlashning bu tarafi haqida hamma ham o`ylamaydi. Pedagoglar, tarbiyachilar, ota-onalar bolaning maktabga moslashuvi uning aynan psixologik tayyorligiga bog’liqligini yo bilishmaydi, yo bu haqda unutishadi. Psixologik tayyorlik esa shaxsiy va aqliy tayyorlikdan iboratdir.


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:04:03

Aqliy tayyorlik ziyraklik deb nomalanuvchi aqliy hususiyatning ma’lum miqdordagi rivojiga bog’liq. Agar bola zyrak bo`lsa, harflarni ham, tovush, raqam, sanoqni ham oson o`zlashtiradi. Bola biror fanni o`zlashtirishida o`z e’tiborini bir joyga to’play olishi kerak, demak, maktabda diqqat unga juda kerak bo`ladi. Yaxshi xotira dars paytida butun materialni qiyinchiliksiz ilg`ab olishga yordam beradi, oqibatda yaxshi o`zlashtirish uchun bolaga o`tilgan mavzuni uyda birrov takrorlab olishning o`zi yetarli bo`ladi.

Shahsiy rivojlanish ham aqliy rivojlanishchalik zarurdir. Bola maktabga nima uchun kelganini tushunib yetadimi, unda o`qishga bo`lgan ishtiyoq mavjudmi? Bola shaxsiy rivojining eng muhim jihati uning motivatsiyasi, ya’ni o`z xatti-harakatlarini asoslay olishidir. Bola o`qishni istaydimi, yo`qmi, yangi narsalarni o`rganish u uchun qiziqmi, yoki zerikarlimi, maktabga nima uchun borayotganini anglab yetadimi, yoki maktabni do`stlari bilan vaqt o`tkazish uchun boriladigan joy sifatida ko`radimi.

Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:04:24

O`yin o`rniga harflar.

Tadqiqotlar natijasi shuni ko`rsatmoqdaki, bolalarning ko`pchiligi maktabga psixologik jixatdan tayyor emaslar. Tasodifni qarang-ki, pedagogik jixatdan tayyorlangan bolaning psixologik  tayyorgarligi ortda qolarkan. Bunga sabab nima? Hali maktabga chiqmay turib, bolaga o`qish, hisoblash, ko`p xollarda hatto yozishni ham o`rgatiladi. Bog’chalarda bu narsalarga bolani taxminan 5 yoshlardan boshlab o`rgatiladi. Lekin bu yoshda bola hali bunday mashg`ulotlarga tayyor emas. U hali o`yin o`ynagisi keladi. Bog`cha programmasiga esa o`yinlar kiritilmagan. Qolaversa, bola bo`sh vaqtida ham o`ynamaydi, negaki o`ynashni bilmaydi. Syujet-rolga asoslangan va qoidali o`yin o`ynashni bolaga o`rgatish lozim ekan. Aynan o`yin paytida bolada ziyraklik, xotira, diqqat rivojlanadi. Zamonaviy maktabgacha ta`lim sistemasi o`yin o`rnini o`qitish bilan almashtirdi. Buning oqibatida bir tomondan aqliy rivojlanish oqsasa, undan ham ko`proq miqdorda shahsiy rivojlanish ortda qolmoqda. Xozirgi birinchi sinf o`quvchilari psixologik yoshi jihatidan hali "œmaktab oldi davri" bolalaridir, shunday  ekan, ularning qiziqishlari ham yoshiga yarasha bo`ladi. Ular uchun o`yin o`ynash o`qishga qaraganda qiziqarliroq. Aynan shuning uchun bugungi kunda ulkan muammo vujudga kelmoqda — bolalarning o`rniga ularning ota-onalari o`qimoqdalar. O`qishning birinchi kunlaridan boshlab ota-ona birinchi siznf bolasi bilan birgalikda uy vazifalarini bajarmoqda.

Birinchi sinfga chiqqan bolaga bog’cha yoki tayyorlov guruhida o`rganganlari yana o`qitila boshlaydi. Maktabgacha yaxshi o`zlashtirmagan taqdirida ham bola bu narsalarni bilaman, deb o`ylaydi. Buning oqibatida bola dars vaqtida o`qituvchga kerakli miqdorda e’tibor qaratmaydi. Keyinchalik yangi material berila boshlaganda esa, odatiga ko`ra yaxshi quloq solmaydi. "œKerak", "œmajbur" degan tushunchalarni anglashi uchun bola ularga tayyor bo`lishi lozim. Aks xolda, majburiyat  talab qilinganda, o`quvchi bu narsalarni kattalarning unga bo`lgan yomon muomalasi deb qabul qiladi. Oqibatda esa maktabdan ko`ngli soviy boradi.


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:04:42

Kichik tavsiyalar

Farzandingiz bilan o`yinlar o`ynang, va albatta unga ko`proq sifatli kitoblar o`qib bering. Afsuski, bugungi kunda ota-onalar bolalariga deyarli kitob o`qishmaydi, buning natijasida bola nutqi yetarli darajada rivojlanmaydi. Bolalar yangi so`z va birikmalarni o`zlariga tezlik bilan singdirib olishadi. Bizning so`zlashuvimiz adabiy tildan ancha uzoqligi ham achinarli xolatdir. Farzandingizga kitob o`qish orqali tarbiyaning yana bir muammosi — emocional muloqotni hal qilasiz.

Birinchi sinf o`quvchisini dars qilishga qanday qiziqtirsa bo`ladi? Vaqtni xaddan ziyod cho`zmasligi uchun, bolaga sarflagan vaqtini kuzatishni o`rgating. Buning uchun uning yoniga qum-soat qo’ying va deylik, "œA" harfini bir qator yozish uchun 3 minut vaqt sarf qilishi kerakligi haqida kelishing. Agar vazifa kelishilgan vaqtdan oldinroq bajarilgan bo`lib, ustiga ustak hammasi to`g`ri yozilgan bo`lsa, juda yaxshi. Vazifa bajarilayotganda xonadan chiqib tursangiz ham foydadan xoli bo`lmaydi. Bolani albatta vazifani vaqtida bajargani va qatorni chiroyli to`ldirgani uchun maqtab qo`ying. Ammo harflar notekis, xunuk yozilgan bo`lsa, boshqattan yozishni so`rang. Shu bilan birga talabingizni ertak bilan boyiting: harflar yiqilib yotsa, beli og’rib qoladi, kasal bo’ladi, shuning uchun ularga yordam berishing kerak. Bola vazifani kelishilgan vaqtda bajara olmagan taqdirda, uni hecham koyimang. Bajargan ishi uchun uni maqtab qo’yib, hali shunga o`xshash vazifalarni bundan ham oz vaqt ichida bajarishiga ishonchingiz komilligini bildiring.

Ota-onalar farzandini o`zlashtirishdagi qiyinchiliklarini deb urushishsa, bu bilan boladagi o`qishga bo`lgan ishtiyoqni so`ndirib maktabga bo`lgan salbiy fikrni kuchaytirishadi.

Farzandingiz bilan birga o`tirib dars qilmang. Bola yordamingizga ko`nikib qoladi va sizsiz  dars qilmaydigan bo`ladi.

Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:05:10

Bolalar katta bo`lishni juda istashadi. Kattalar esa o`z majburiyatlariga egalar. Maktab ish singaridir. O`z misolingizda sizga ajratilgan ishni faqat o`zingiz bajarishingiz, ishingizni siz uchun hech kim qilib bermasligini tushuntiring. Shunday ekan, bolangiz o`quvchi bo`ldimi, o`zi o`qishi kerakligini uqtiring.

Dars bajarishni ermakka aylantirmang. Har bir bajarilgan vazifa uchun bolani sovg’a bilan rag’batlantirmang. Shu bilan birga, chorak yoki yil oxirida o`qishni muvaffaqiyatli bitirgani uchun mukofotlash zarar qilamydi.

Bola bajargan ishini o`zi baholashni o`rgansin. "œA" harfini yozib chiqdimi, u bilan birgalikda bajargan ishini taxlil qiling: nimalarni yaxshi bajardiyu, nimalar qo`lidan kelmadi. Keyingi safar bundan ham yaxshi bajarishiga ishonchingizni ko`rsating. "œHech narsaga yaramaysan, aqling shunga ham yetmaydimi, qo`ling qiyshiqmi", kabi so`zlar bilan bolaning shaxsiyatiga tegmang. Taxlil faqatgina bajarilgan vazifaga tegishli bo`lishi lozim.

Manba: www.ayol.uz

Qayd etilgan