Televizor amakim  ( 3650 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  04 Mart 2011, 19:17:16

U farzandingizni aqliy rivojlantiradimi yoki aksincha?

 

Televizorni uydagi kaminga o`xshatishadi. Chunki ishdan qaytgan oila a’zolari xuddiki kamin misoli televizor oldida jamuljam bo`lishadi. Yaqinlarimiz yonimizda, yumshoq divan va Televizor...

To`g`ri, o`xshashlik bor, televizor ekrani kaminda yonayotgan olov kabi insonni go`yo magnit bo`lib o`ziga qaratadi. Kamin yonida ham televizor yonida ham qulaygina joylashib o`tirish mumkin. Lekin o`xshashlik faqat shu bilangina tugaydi.

Kamin atrofida jamlanganlar bir biri bilan gaplashib o`tirishi mumkin. Televizor yonida tizilganlar esa bunday suhbat qura olmaydilar. Chunki ularning hamma fikru hayollari ekran orti hodisalari bilan band. Agar kimdir bu e’tiborga halaqit bersa, uni jerkib urushib tashlashimiz ham mumkin: "œKo`rmayapsanmi, televizor ko`rayapman?!" Agar oila a’zolarning qiziqishlari turli xil bo`lib bir vaqtning o`zida turli kanallarda turli ko`rsatuvlar bo`lib qolsa bormi, ana shunda pult uchun kurash haqiqiy jang maydonini eslatadi.

Albatta bu yozganlarimiz biroz hazil bilan yozilgan. Ammo har bir hazilning tagida bir ulush haqiqat yashiringan. 

Kamin va televizor oldida yig`ilish esa tashqi ko`rinishidan bir-biriga o`xshasada, ammo foydalilik jihatidan har xil ta’sir ko`rsatadi.

Xo`sh, bu televizor amakimiz farzandlarimizga qanday ta’sir ko`rsatadi?


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:17:30

Ba’zan yosh onalardan: "œMening bolam rosa qiziqib reklama ko`radi. O`zi bir yarim yosh bo`lsa ham tikilib turganini ko`rib hayron qolaman" kuyidagi iftixor bilan so`zlangan gaplarni eshitib qolamiz. Xo`sh, bu holatni har taraflama tekshirib ko`raylikchi.

Bolaning e’tiborini ekranning yorqinligi o`ziga tortadi. Ekranda so`zlanayotgan dialoglar ham bolaga yoqimli bo`lishi mumkin. Hatto, bunday paytda onalar tezgina ba’zi bir ishlarini bitirib oladilar. Hamma mumnun. Bu holat o`zida qanday zararli ta’sirlarni saqlaydi? Uy ishlaridan charchagan ona endi televizor yonida bolani ko`proq qoldira boshlaydi. Chunki u bolaga televizor yaxshi ta’sir qilmoqda, degan yanglish fikrga borib qolgan bo`lishi mumkin.

To`g`ri bolalardagi kattalarga o`xshashlik, ular kabi gapirishlikka tirishish bu uning aqliy rivojlanayotganidan dalolat. Bu intilish ortidan bola eshitish va takrorlash kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi. Ammo bolaning o`rganayotgan so`zlarini e’tibor bilan eshitib, bu qobiliyatni olishda ko`maklashish bu ota va onaning vazifasi. Masalan, bola ilk bora gapirayotganda unga qancha e’tibor bersangiz u ko`proq narsa o`rganib sizdan shirin so`z eshitishga harakat qiladi.

Bola hayotining ilk sanasida nutqning nafaqat ovoz tarafi bilan balki, bu so`zdan keyin qilish lozim bo`lgan harakatlarni ham o`rganib boradi. Ota-ona bilan munosabatda bo`lgan bola dialogdagi so`zlar tartibini, imo qilishni, suhbatdoshning yuzida aks etgan ishoralarni tushunishni o`rganadi. Bolalar har xil o`yinlar orqali dunyoni tanib boradilar. Masalan, quvlashmochoq. Umuman olganda ota-onalar bolalari bilan o`yinni o`ziga xos ta’lim maktabi qilsalar ham bo`ladi. Bir vaqtning o`zida ham onaning ham bolaning e’tibori bir narsaga qartilgani bois, kichkintoy onasidan hayot san’atini ta’lim oladi. U bu o`yin mobaynida narsalar va harakatlar nomini o`rganadi. 


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:17:42

Bola avvaliga imo-ishora yordamida kattalar bilan gaplashadi. Onasining e’tiborini tortish, olma yoki biror yegulikni olib berishlarini talab qilish yoki cho`milish joniga tekkanini ko`rsatish kabi mavzulardagi so`zlar bolaning ilk so`zlari desak ham bo`ladi. Kechroq esa aqlini tanib borar ekan, u sekin asta o`z fikrlarini  izhor qila boshlaydi. 

Yuqoridagi so`zlardan kelib chiqadiki, bolaning aqliy rivojlanishi uchun uning harakatlarini va qobiliyatlarini qo`llab turuvchi dialog lozim. Xo`sh o`z-o`zidan savol kelib chiqadi? Televizor bilan dialog qurib bo`ladimi? Televizor amakim qanday qilib farzandingizni qobiliyat va harakatlarini qo`llab unda yanada ko`proq qiziqish va intilish uyg`ota oladi? 


Albatta televizorni mutlaqo zararli deya olmaymiz. Chunki uning foydali taraflari ham ko`p, ammo bu kattalar bilan birga ko`riladigan multfilmlar bo`lishi kerak. Ko`rsatuvlar qanchalik bolani aqliy rivojlanishi uchun mo`ljallangan bo`lmasin, ekran orti harakatlarini bolaga tushuntirib berib turadigan odam bo`lmasa bunday ko`rsatuvdan foyda yo`q. Yana bir tortishishlarga sabab bo`lgan narsa bu bolaning necha yoshdan bunday ko`rsatuvlar va multfilmlar ko`rishi mumkinligi haqida.

Ko`rsatuvlar bolangizga foydali bo`lishi va aqliy rivojlanishi yo`lida ishlashi uchun bir necha shartlarga e’tibor bermog`ingiz lozim:


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:18:05

Multfilmlarni bola ko`rayotgan narsalarini anglab yeta boshlaganda ko`rsatganingiz ma’qulroq. Chunki shunda u ertak qahramonlariga o`zini qiyos qiladi, ekran ortidagi ishlarning qaysinisi yomon, qaysinisi yaxshi ekanligini tafakkur qilib ko`rishni o`rganadi. Anglay boshlash esa (esini tanish) o`rtacha 3-4 yoshlarda ro`y beradi. Muhimi, multfilmlarni farzandingiz bilan birga ko`rish. Bu bilan siz uni qaysidir ma’noda nazorat qilasiz va ko`rsatilayotgan hodisalar sababi va natijasini tushuntirishga muvaffaq bo`lasiz. Masalan, ko`rayotgan multfilmingiz haqida bolaga savol berib, uning fikri bilan qiziqib ko`rishingiz mumkin. Bu bolaga uning ham ahamiyatli odam ekanligi tuyg`usini beradi va gaplashish, fikrlarini bayon qilishni o`rgatadi. Savollar turli xil bo`lishi mumkin: Senga qay bir qahramon ko`proq yoqdi. Nega aynan shu qahramon? Qay biri senga yoqmadi? Nima uchun? Nega bu quyoncha yig`layapdi? Va shu kabilar. Bu savollar tafakkurni va bo`layotgan hodisalardan dars olishni o`rgatadi. Aslida multfilmlar ham bolalarga bir narsani o`rgatish maqsadida tasvirga olinadi. Multfilm va bolalar ko`rsatuvlari nafaqat ko`ngilxushlik balki bir narsa o`rgatadigan dars ham bo`lsin. Farzand esa o`z fitratida bor qiziquvchanligini qondirsin.  Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, televizor o`z-o`zidan foydali bo`lib qolmaydi. Ammo farzandingizning nima ko`rayotganligiga siz e’tibor qilmasangiz, zararli ta’sir ko`rsatuvchi kuchga aylanishi mumkin. Kichkintoylarimizga mas’ul ekanmiz, ular yaxshi ko`rgan narsani ham ba’zan nazorat qilmasak bu ularni yomonlik botqog`iga olib kirishi mumkin.

 Kavsar As'habova tarjimasi

Manba: www.ayol.uz

Qayd etilgan