Eshitishimcha onaning yegan narsalari sanchiqqa sabab bo’larkan, bu to’g’rimi?
Ona suti ham sun’iy ovqatlar ham sanchiqqa sabab bo’lishi mumkin.
Odatda emizukli bolada sanchiq bo’lishi onaning ovqatlanishiga bog’liq. Ba’zi onalarning kuzatishicha sigir suti va boshqa sut mahsulotlarini iste’mol qilishni to’xtatsalar farzandlarining ahvoli yaxshilanar ekan. Buni sinab ko’rish uchun sut va sut mahsulotlarini bir necha kun iste’mol qilmay turing va farzandingizni kuzating. Ahvol yaxshilansa sanchiqqa nima sabab bo’lganini topgan bo’lasiz, aks holda umidsizlikka tushmang, hech bo’lmaganda sut mahsulotlaridan o’zingizni tiymasangiz ham bo’lishini bilib olgan bo’lasiz.
Ba’zi emizukli chaqaloqlar ona ziravorlarga boy ovqat, don mahsulotlari yoki turli karamlar iste’mol qilsa bezovta bo’lishadi. Bu holda ham yeganlaringizning qay biri bolani bezovta qilayotganini tekshirish uchun yuqorida ta’kidlaganimizday bir qancha muddat karam, brokkoli, gulkaram, sarimsoq piyoz, va shu kabilarni yeyishdan cheklaning. Bolangizning ahvoli yaxshilanganini sezsangiz yuqoridagi ozuqalarni birin-ketin orada bir necha kundan so’ng iste’molingizga qayta kiriting. Ushbu ozuqalarning qay biri sanchiqqa sabab bo’layotganini shu usul bilan oson aniqlaysiz: yana bezovtalik boshlansa bilingki, shu mahsulot bolangizga yoqmayapti. Bu mahsulotdan taxminan 3 oy o’zingizni tiyishingizga to’g’ri keladi. Albatta har qanday ona bolasini hotirjamligini o’ylab bunday qilishga tayyor.
Bolangiz sun’iy oziqlansa, sun’iy ozuqani almashtirib ko’ring, berayotgan ozuqangiz sanchiqni keltirib chiqarayotgani ehtimoldan xoli emas.
Ko’krak suti yoki sun’iy ozuqa bilan oziqlanayotanidan qat’iy nazar bolani ovqatlantirgandan so’ng bir oz vertical shaklda ko’tarib, yutilgan havoni chiqarishga harakat qiling.