Chaqaloq parvarishi  ( 38106 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  04 Mart 2011, 19:47:39

Yangi tug’ilgan chaqaloq har daqiqada sizga baxt hissini ulash bilan birgalikda bir qancha tashvishga sababchi holatlarni "œhadya qiladi". Quyida yang ota va onalar e’tibor berishi shart bo’lgan va shu bilan birga siqilishga arzimaydigan holatlarni sanab o’tmoqchimiz.

1. Chaqaloqning boshi tepasida hali qotmagan joy — liqildoqqa tegish. Agar siz shu joyni silab qo’ysangiz, buni qo’rqinchli joyi yo’q. liqildoqqa tegish bu miyaga teginish deb o’ylamang. Ho’sh, unda siz nimaga tegayotgan bo’lasiz? Aslida bu miya ustidagi qalin himoya qavati hisoblanadi. Tahminan bir yoshga yaqin chaqaloqlarda liqildoq yo’qoladi, ya’ni boshining tepa qismi endi qattiq bo’ladi.

2. Liqildoqdagi qo’l bilan sezilarli tomir urushi. Agar siz bolangizni liqildog’iga tekkaningizda unda tomir urishini aniq sezsangiz, sira havotir olmang. Yangi tug’ilgan chaqaloqning liqildog’idagi bu holat unda qon aylanish normal holatda ekanligidan dalolat beradi. Liqildoq hali oxirigacha o’sib tugamagan suyaklar orasida joylashganligi uchun ular yumshoq tarkibga ega; shu sababli uning yuzasida vena, arteriyalar ko’rinib turadi.


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:48:29

3. Yangi tug’ilgan qizcha tagligida qon izlari. Homiladorlik davrida onada ekstrogen garmonining ishlab chiqarilishi qorindagi qiz chaqaloqlarda bachadon rivojlanishiga turtki bo’ladi. Shu sababli yangi tug’ilgan qizchalarda shunday ataladigan "œmini hayz davr" sodir bo’lib, ularda qon izlari seziladi.

4. Ko’krak qafasidagi kichkina chuqurcha. Hech havotir olmang, sizning bolangiz kasalmand emas. Ekspertlarning ma’lum qilishlaricha, ko’rkak qafasi uch qismdan iborat bo’ladi. Bolangizdagi ushbu chuqurcha o’sha uchta qismlardan eng pastdagisi bo’lishi ehtimoldan holi emas. Bola o’sishi bilan ko’krak qafasi va qorin mushaklari chuqurchani sezilmas darajaga olib keladi. Ammo bolangiz katta bo’lguniga qadar ham, uning jajji tanasidagi yoqimli semizlik bu chuqurchani yopadi.

5. Har ovqatlantirgandan keyingi suyuq najosat. Ko’krak suti bilan oziqlantirganda chaqaloqlar har ovqatlanganlaridan keyin hojatga chiqishni hohlashadi. Bunda hech qanday patalogiya holati yo’q bo’lib, bu sutning tez hazm bo’lishi bilan izohlanadi. Sun’iy ovqatlantirishda bolalarda bu holat kamroq yuz beradi. Najosatning suyuq bo’lishi esa, ularning faqat suyuq sut bilan oziqlanishi sababli sodir bo’ladi.


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:48:57

6. Doimiy hiqichoq. Ekspertlar nega chaqaloqlar bunday holatga juda ko’p tushishlari haqida aniq bir ishonch bilan javob bera olmaydi. Ayrimlar buni miya va diafragma orasida yetarlicha yaxshi muloqot o’rnatilmaganligidan deyishadi. Sababidan qat’iy nazar, hiqichoq umuman bezarar holat hisoblanadi.

7. Ko’z yoshi va qichqiriq. Chaqaloqlarning asab faoliyati g’azablanishga juda moyil bo’ladi. Ularni qo’rqitish juda oson. Mana shu ikki sababning o’zi nega chaqaloqlar ko’p ko’z yoshi to’kishini tushuntirib bera oladi. Qichqiriq — chaqaloq uchun o’z hoxishini bildirishning eng qulay yo’llaridan biri. Sodda qilib aytganda, yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun yig’lash va qichqirish normal holat bo’lib, bu uchun qayg’urishning hojati yo’q — bolangizga biror jiddiy havf borligi ehtimoldan uzoq.

8. Yuzdagi mayda toshmalar (issiqlik). Onadagi gormonlarning bola organizmidan chiqib ketmaganligi sababli ikki haftadan ikki oygacha bo’lgan chaqaloqlar yuzlarida shunday toshmalar bo’lib turadi. Bu umuman bezarar bo’lib, uni yengilgina tozalsh kifoya qiladi.

Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:49:26

9. Qizlar va o’g’il bolalarda salgina shishgan ko’krak. "œMini hayz davri"ga sabab bo’lgan gormonlar har ikkala shaxs vakillarida ko’krakning ozgina kattalashishiga olib keladi. Kutilmagan holatmi? Ha. Vaqtinchalikmi? Aynan shunday. Buning uchun havotir olish kerakmi? Yo’q, also.

10. Doimiy aksa urish. Chaqaloqlarning burunlari shunaqayam mittigina bo’ladiki! Burundagi judayam kam miqdordagi shilimshiq ham chaqaloqni aksa urishiga sabab bo’la oladi. Bolangiz o’zining shinamgina uychasini yaqindagina tark etgan ekan, bunday arzimas noqulayliklardan qochib qutilish amri mahol. Agar aksa urish shamollashdan darak beruvchi sarg’ish shilimshiq bilan tugamasa, bolangizga salomatlik tilab qo’yish kifoya. Tez orada aksa urish o’z-o’zidan tugaydi.


Manba: www.ayol.uz

Qayd etilgan