2,5 yoshli go’dak o’zining mustaqilligini (va sizning sabringizni) amalda sinab ko’ryapti. Siz esa o’zingizni ancha siyqasi chiqqan plastinkaga o’xshatyapsiz: «Jurnal stolchasiga chiqma!», «Oyingni kompyuteriga suv quyma!»
Muammo: Agar go’dak "œyo’q" so’zini har doim eshitaversa, u bu so’zni fahmlashni bas qiladi. Xuddi aeroport atrofida yashayotganlar samolyot shovqinini his qilishni bas qilganidek.
Echim: Ijobiy jumla yordamida chegara o’rnating. Misol uchun, "œgulchelakdan o’yinchoqqa suv quyma" jumlasi o’rniga— «Kel, gullarga suv quyamiz!» Ijobiy ifoda orqali go’dakka tanbeh bersangiz, siz unga o’zini yaxshi tutishi mumkinligini uqtirgan bo’lasiz. Agar go’dak "œyo’q" so’zini hadeb eshitavermasa, o’zi ham ularni kam qo’llaydigan bo’ladi.
Yaxshi narsalarga diqqatni kuchaytiring
Bir yoshli go’dak o’z tarelkasini va qoshig’ini polga tashlamaydi. 1,5 yoshda stolga emas, qog’ozlarga chizadi, 3 yoshida esa o’z mashinachasini boshqa bolalarga qizg’anmasdan o’ynash uchun berib turadi.
Muammo: Bola boshqalarning e’tiborini ularga jalb etadigan harakatlarni qaytaradi. Agar siz e’tiborni go’dakning "œyomon" qiliqlariga jalb qilib, "œyaxshilariga" e’tiborni kamaytirsangiz, go’dak o’zining yomon hatti-xarakati hayotdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi, deb hisoblaydigan bo’ladi.
Echim: Ular qachon o’zlarini yaxshi tutishsa, buni ularga tushuntiring. Har doim ularning harakatlaridagi kamchiliklarni qidirishga urinmang, doim ijobiy qiliqlariga e’tibor qarating! Ammo me’yorni ham biling: har besh daqiqada maqtab turish ham uncha to’g’ri kelmaydi.
Onalar uchun taym-aut
Go’dakni ma’lum muddatga yakkalatib qo’yish — jazolashning uncha yaxshi yo’li emas. Agar siz charchoqni sezsangiz, bola xavfsiz joyda, misol uchun karavotchasida, o’zining xonasida ekanligiga amin bo’ling. YOki bo’lmasa 5-10 daqiqalik erkin vaqtdan katalogni varaqlash, bir chashka choy ichish yoki nafas olish gimnastikasi bilan shug’ullanib, unumli foydalaning. O’z holatingiz haqida qayg’urish juda muhim, agar charchab qolsangiz, u holda to’g’ri qaror chiqarish ancha mushkul bo’ladi.
Manba: wday.ru/parents-online/