QULOQSIZ BOLALARNING ONALARIGA 7 MASLAHAT  ( 5278 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  04 Mart 2011, 19:53:58

Sizning bolangiz doim xarxasha qilib, jo’rttaga injiqlik qilayotgandek bo’ladimi? Bu tabiiy hol. Go’dak o’ziga ishonch bilan va quvnoq o’sishi uchun o’zining hissiyotlari va xulq-atvorini nazorat qilishiga o’rgatishi ham zarur.
Barchasi bolalikdan boshlanadi, siz bolangizni sekin-asta oilangiz uchun odat bo’lib qolgan ovqatlanish tartibiga ko’niktirib borasiz. Keyinroq esa uni uyqu oldidan mustaqil tinchlanishiga va qisqa vaqt ichida o’zi bilan o’ynashga o’rgatasiz. Go’dak yura boshlaganidan so’ng siz uning har jihatdan mustaqilligini orttirasiz. Bolada xarakter va vijdonni tarbiyalar ekansiz, bu uning maktabgacha bo’lgan yoshida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Intizom — bu bamisli ota-onalarning farzandlariga beradigan qo’llanmasi bo’lib, bolalar undan hayot uchun zarur tajribalarni o’rganishadi. Bu jiddiy, sermashaqqat ish va u bilan o’qtin-o’qtin shug’ullanish mumkin emas. Biz sizga ettita oqilona yo’lni taqdim etamiz, ular farzandlaringizning yuksak darajada kamol topishiga ko’maklashadi.

Bolalar sho’xligining oldini oling
Siz go’dagingizga gullarga tegmasligini bir necha marta iltimos qildingiz, ammo nima uchun siz xonadan chiqishingiz zahoti u gullarga tashlanadi va uzishni boshlaydi?
Muammo: 1,5 yoshgacha bo’lgan go’daklar o’z impulslarini to’liq nazorat qilishga hali qodir bo’lmaydilar. Shuningdek ular ongli ravishda gapga quloq solmaslikni ham uddalay olishmaydi va boshqa odamlarning fikrlashi va xohishlari ularning shaxsiy fikrlaridan boshqacharoq bo’lishi mumkinligini ham unchalik tushunishmaydi. Ularning eng katta istagi esa albatta, olamni anglashdir. Endigina yurishni boshlagan go’daklar atrofdagi barcha narsaning ta’mini totib ko’rishga, ularga tegib ko’rishga harakat qilishadi. Go’daklarga yangi tovushlar, yangi narsalar qiziq tuyuladi. Shu tufayli ularga "œTegma!" deb doim aytaverish qat’iyyan mumkin emas, axir ular sezgi orqali yangi bilimlarni qo’lga kiritadilar-da.


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:54:21

Yechim: uyingizni va bog’ingizni bola uchun bemalol harakatlanadigan va har doim "œyo’q!" degan xitobni eshitmaydigan holatda xavfsiz qilib qo’ying. Agar boshqa joyga qo’yib bo’lmaydigan va tez sinadigan buyumlar, masalan bog’ingizdagi o’simliklar go’dakni jalb qiladigan bo’lsa, uning diqqatini yanada qiziqarliroq boshqa ob’ektga qaratishni o’ylab ko’ring. Misol uchun, jigarbandingizdan o’tloqda o’sib yotgan momaqaymoqni uzib olishni yoki undagi uchar pufakchalar bilan o’ynashni so’rashingiz mumkin.

Go’dakning hissiyotlarini hurmat qiling
Go’dak shodonlik bilan parkdagi arg’imchoqda uchmoqda, aynan shu paytda siz u uchun dahshatli bo’lgan jumlani qo’llaysiz: «Azizim, uyga ketish vaqti bo’ldi!». Shu gapdan so’ng bir lahzada mashmasha boshlanadi. Siz xunob bo’lasiz, yig’ini bas qilishni va tezda uyga otlanishini talab qilasiz, aks holda hech qachon bog’ga olib kelmaysiz. Bola yanada qattiqroq yig’laydi va arg’imchoqqa mahkamroq yopishadi.
Muammo: u ikki yoshga to’lganmi, yoki ikki yuz ikkigami, uni urishsa va nimadir qilishga majbur qilishsa, albatta hech kimga yoqmaydi. Mana nima uchun jahli chiqqan boladan itoatkorlik talab qilinishi ko’p hollarda jazavaga tushishga olib kelar ekan.
Echim: Farzandingizning o’z hislariga ega bo’lish huquqini tan oling. Vaziyatga uning ko’zlari bilan qarang. Sizning farzandingiz bog’da qolishni xohlagani uchun jahlingiz chiqdi. Ammo nahotki uning bog’da qolishni istashi yomon bo’lsa? Bolangizga shunday deyishga harakat qilib ko’ring: «achchig’ing chiqayotganini tushunib turibman, chunki qolishni istayapsan, men esa seni uyga ketishga undayapman. Ammo chindan ham uyga ketish payti keldi». Keyin ehtiyot bo’lib, ammo ishonch bilan bolani ko’taring va uni mashinaga olib boring yoki uy tomon etaklang. Bu yoshda so’zdan ham ko’ra harakat kattaroq o’rinda turishini esdan chiqarmang. Go’dakning tuyg’ulariga qarshi bormang va uni ko’ndirishga harakat qilmang. «Bizningcha, bu juda oddiy, biroq ko’pgina ota-onalar go’daklari o’z hissiyotlari bilan yashashiga qiyinchilik bilan yo’l qo’yishadi, chunki ularni g’amgin ko’rishlarini xohlashmaydi. Biroq agar ota-ona o’z farzandining tuyg’ularini anglasa va ularni boshqarishni o’rgansa, u holda bola gapga ko’nadigan bo’lib qoladi», − deydi oilaviy ruhshunos Olesya Agranovich.

Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:54:33

Gapirmang, balki namuna ko’rsating.
Siz tanish ona bilan bolalar maydonchasida gaplashib turibsiz, shu onda sizning go’dagingiz baland va tantanali qichqiriq bilan diqqatingizni jalb qiladi. Siz o’girilasiz va bir yarim yashar farzandingiz boshqa bir go’dakning sochlariga chang solayotganligining guvohi bo’lasiz. Siz yugurib borasiz, ularni ajratasiz va qattiqqo’llik bilan tanbeh berasiz: «Sochidan tortma! Soch dan tortma!»
Muammo: Sizning bolangiz "œSochidan tort!" jumlasini, ya’ni aynan siz istamayotgan narsani eshitadi va buning o’rniga u nima qilish kerakligini tushunmaydi.
Echim: Kichkintoyning qo’lchasini o’z kaftingizga qo’ying, u bilan o’zining sochlariga ohista qo’l tekkizing va "œUlarni nozik siypala!" deb ayting.
«Agar gap tartib-intizom haqida ketayotgan bo’lsa, bolalar bu yoshda quruq so’zdan ko’ra harakatni yaxshiroq tushunishadi, − deya ta’kidlaydi oilaviy ruhshunos Olesya Agranovich. − ularga unday qilish kerak emasligi haqidagi pand-nasihatni bergandan ko’ra nima qilish kerak va mumkinligini yumshoqlik va xotirjamlik bilan ko’rsatib berish ko’proq samara beradi».
Qoidaga amal qiling
Siz qoida o’rnatdingiz: unga ko’ra siz uyqu oldidan unga ertak o’qib berishingizdan avval go’dagingiz sizga o’yinchoqlarini yig’ishtirishga yordam berishi shart. Ammo odatiy tartibga rioya qilaman deb siz tez-tez charchaysiz va o’yinchoqlarni o’zingiz yig’ishtirib qo’ya qolasiz. Keyin navbatdagi uyqu oldidan xatoingizni eslab qolasiz va kichkintoyingizni barchasini o’z joyiga qo’yishiga majbur qilasiz. U esa polga yotib olib, hiqqillashni boshlaydi. Kubiklarni o’zingiz yig’ishtirasiz va "œO’zingni yomon tutyapsan. SHu sababli bugun kechqurun xech qanaqa ertak aytilmaydi!" deysiz. SHu onning o’zidayoq jazava boshlanadi.
Muammo: «Tuturiqsizlik o’z-o’zidan ixtiloflarni keltirib chiqaradi, axir bir yoshli boladan to o’smirgacha, har biri ruxsat etiladigan narsalarning aniq chegarasini bilishni istaydi», − deydi oilaviy ruhshunos Olesya Agranovich. Agar biz aniq qoidalardan tez-tez chekinadigan bo’lsak, bolalarda yolg’on hislar qaror topishi mumkin, bu bilan ular xavfsizlik hissini yo’qotishadi. «O’zini himoyalangan sezishi uchun bolalarga bu oldindan aytilishi zurur bo’ladi», − deb izoh beradi Olesya Agranovich.
Har bir qadami kuzatuv ostida bo’ladigan bolalar shaxsiy qaror qabul qilishni hech qachon o’rgana olishmaydi.

Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:54:52

Yechimi: Har doim amal qilinishi lozim bo’lgan bir nechta mustahkam oila qoidalarini tanlab oling. «Hamma narsaga qoida o’rnatib chiqish shart emas. Siz o’z oldingizga yuksak namunadagi bolani tarbiyalashni maqsad qilib qo’yishingizga hojat yo’q, − deydi oilaviy ruhshunos Olesya Agranovich. — Sizning vazifangiz − o’zining ham, begonaning ham chegaralarini tushunadigan va hurmat qiladigan, o’ziga ishonadigan insonni o’stirishdan iborat». Qoidani tushuntiring va uni buzishdan kelib chiqadigan oqibat haqida albbata gapirib bering. Shunday qilingki, buning oqibati go’dak xulq-atvori bilan bog’liq bo’lsin, u sababini va oqibatini aniq tushunib olishi kerak. Misol uchun, agar qoida "œovqat bilan o’ynama!" tarzida yangrasa, mantiqiy xulosaga ko’ra oxir-oqibat uning tarelkasini tortib olasiz. Agar o’zinikini ma’qullayversa, oqibati nima bo’lishi mumkinligi haqida ogohlantiring: agar u qoidani buzishni tanlasa, u bu bilan birga kelib chiqadigan natijani ham tanlagan bo’ladi.
Buyruq bermang, iltimos qiling
Sizning uch yashar o’g’lingiz katta opasining oldiga keladi, qora flomasterni oladi va uning rasmiga qalin chiziq tortadi. Siz flomasterni olasiz: «Hozirning o’zida kechirim so’ra!» deysiz.
Muammo: «Kichkintoylar noto’g’ri ish qilishgani, o’zlari buni sezishi va tezroq tuzatishlari kerakligi haqida pand-nasihat qilib, biz ularning shaxsiy xatolarini o’rganish imkoniyatidan mahrum etamiz, − deydi Olesya Agranovich. − Go’dak "œkechir" deyishi mumkin, ammo bu bilan u hech nimani his etmaydi. Xo’sh, ular bu bilan nimani o’rganishadi? Atrofdagilardan ma’qullov eshitish uchun yaxshisi yolg’on gapirish kerakliginimi? »
Echim: To’g’ri maqsadga o’tib unga savollar bering: «Nima yuz berganini gapirib ber-chi? Opang nimani his qildi? Sen nimani his etding? Vaziyatni tuzatish uchun nima qilish kerak deb o’ylaysan?» «SHu yo’l bilan siz go’dakni mulohaza yuritishga va mustaqil qaror qabul qilishga o’rgatasiz, − deb tushuntiradi Olesya Agranovich. — Bizning asosiy vazifamiz − bolalarga nimani o’ylashlari zarurligini emas, qanday o’ylash zarurligini o’rgatishdan iborat».
Salbiyni ijobiyga aylantiring

Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:55:14

2,5 yoshli go’dak o’zining mustaqilligini (va sizning sabringizni) amalda sinab ko’ryapti. Siz esa o’zingizni ancha siyqasi chiqqan plastinkaga o’xshatyapsiz: «Jurnal stolchasiga chiqma!», «Oyingni kompyuteriga suv quyma!»
Muammo: Agar go’dak "œyo’q" so’zini har doim eshitaversa, u bu so’zni fahmlashni bas qiladi. Xuddi aeroport atrofida yashayotganlar samolyot shovqinini his qilishni bas qilganidek.
Echim: Ijobiy jumla yordamida chegara o’rnating. Misol uchun, "œgulchelakdan o’yinchoqqa suv quyma" jumlasi o’rniga— «Kel, gullarga suv quyamiz!» Ijobiy ifoda orqali go’dakka tanbeh bersangiz, siz unga o’zini yaxshi tutishi mumkinligini uqtirgan bo’lasiz. Agar go’dak "œyo’q" so’zini hadeb eshitavermasa, o’zi ham ularni kam qo’llaydigan bo’ladi.

Yaxshi narsalarga diqqatni kuchaytiring
Bir yoshli go’dak o’z tarelkasini va qoshig’ini polga tashlamaydi. 1,5 yoshda stolga emas, qog’ozlarga chizadi, 3 yoshida esa o’z mashinachasini boshqa bolalarga qizg’anmasdan o’ynash uchun berib turadi.
Muammo: Bola boshqalarning e’tiborini ularga jalb etadigan harakatlarni qaytaradi. Agar siz e’tiborni go’dakning "œyomon" qiliqlariga jalb qilib, "œyaxshilariga" e’tiborni kamaytirsangiz, go’dak o’zining yomon hatti-xarakati hayotdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi, deb hisoblaydigan bo’ladi.
Echim: Ular qachon o’zlarini yaxshi tutishsa, buni ularga tushuntiring. Har doim ularning harakatlaridagi kamchiliklarni qidirishga urinmang, doim ijobiy qiliqlariga e’tibor qarating! Ammo me’yorni ham biling: har besh daqiqada maqtab turish ham uncha to’g’ri kelmaydi.
Onalar uchun taym-aut
Go’dakni ma’lum muddatga yakkalatib qo’yish — jazolashning uncha yaxshi yo’li emas. Agar siz charchoqni sezsangiz, bola xavfsiz joyda, misol uchun karavotchasida, o’zining xonasida ekanligiga amin bo’ling. YOki bo’lmasa 5-10 daqiqalik erkin vaqtdan katalogni varaqlash, bir chashka choy ichish yoki nafas olish gimnastikasi bilan shug’ullanib, unumli foydalaning. O’z holatingiz haqida qayg’urish juda muhim, agar charchab qolsangiz, u holda to’g’ri qaror chiqarish ancha mushkul bo’ladi.

Manba: wday.ru/parents-online/

Qayd etilgan