Farzandim kechasi uxlashga qiynalyapti, nima qilishim kerak?  ( 6755 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  04 Mart 2011, 19:58:09

Ko’pgina oilalarda bolalarni uxlatish masalasi bilan bog’liq muammolar mavjuddir. Bola yoki yotgisi kelmaydi, yoki yotgan o’rnidan turib ketadi. Bunday holat kun boyi charchagan, ayniqsa ishlayotgan ota-onalar uchun ancha zahmatlidir. Kichik yoshdan boshlab bolaga beriladigan uyqu tarbiyasi bilan boladagi kunduz uxlamaslik, o’z yotog’ida uxlamaslik kabi muammolarni oldini olishingiz mumkin. Agar bolaning uyqu muammosi qandaydir hastalik bilan bog’liq bo’lmasa, bu muammo ota-onaning say-harakatlari bilan echilishi mumkin.

Farzandigiz nima sababdan kech yotishni istaydi?

·        Bolalar 3-6 yoshlik davrlarida qoidalarga qarshilik qilib, qaysarlik bilan, ota-onalarining asablarini sinaydilar. Ko’pincha bu sinov ota-onalarining bolalaridan istagan narslari bilan bog’liq bo’ladi va shu bilan birga sizning qay darajada qarorli ekanligingizni sinayotgan bo’lishi mumkin.
·        Ota-ona ishlaydigan oilalarda, bola ota-onasi bilan ko’proq vaqt sarflashni istab, "œe’tibor" ehtiyojini qondirish uchun yotishni istamasligi ham mumkin.

·        Farzandingiz kechalari qo’rquv tufayli uxlashga qiynalayotgan bo’lishi mumkin. Maktab yoshidagi bolalarning uxlash va uyg’onish muammolari ko’pincha xafa bo’lish, stress holatlari va qo’rquvga bog’liqdir. Bu muammolar kechasi bir narsadan qo’rqishga, kunduzi sodir bo’lgan travmatik voqeaga yoki boshqa ma'lum bir voqeaga aks ta’sir sifatida yuzaga chiqayotgan bo’lishi mumkin. Ayniqsa, ota-onalarning ajrashishi, yangi uka yoki singil, maktab muammolari kabi stressli vaziyatlarda ota-onalarning salbiy munosabatlari  masalani yanada murakkablashtiradi. Masalan, oilada yangi tug’ilgan chaqaloq farzadingizning hafa bo’lish sababi bo’lishi mumkin. Chunki u uxlagan paytida ukasiga ko’proq vaqt ajratishingizdan havotirlanib yotishni istamasligi mumkin. Bolaning bu kabi boshidan o’tkazayotgan hafagarchiliklarni sezish juda muhimdir. Shuning uchun "œota-onalik" fidokorlik bilan birga bilim, mohirlik va mehnat talab qiladigan san’atdir. 
·        Ota- onalarning yoshlikdan bolani tartibli uyquga o’rgatmaganliklari yoki uyda uyqu soatiga rioya etilmaslikning natijasida bolada uyqu vaqti tushunchasi rivojlanmagan bo’lishi mumkin.


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:58:29

Farzandingizni uyqu soatiga qanday qilib odatlantirishingiz mumkin?

·        Uyquga qiziqtirish uchun farzandizngizga bir hikoya yoki ertak aytib bering. Yoshiga qarab xonasida tungi chiroqni yoqib qo’yishingiz mumkin. Agar qo’rqayotgan bo’lsa eshikni biroz ochib qo’yib, o’zi yaxshi ko’rgan o’yinchog’ini (uxlash paytida xalaqit beradigan bo’lmasa) yoniga qo’yib qo’yishingiz mumkin.
·        Bolaning yoshiga qarab unga vaqtli yotish sabablarini tushuntirilishi mumkin. Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarning bir kunda 10- 12 soat uyquga ehtiyojlari bo’lsa kattalar uchun 6- 8 soat uyqu yetarlidir. Bu holatni bolaga o’zi tushunadigan tilda tushuntirishingiz mumkin.
·        Avvalambor, farzandingizga o’zgarmaydigan uyqu rejasini tuzishingiz kerak. Uxlash soati ota-onaning istagiga ham bog’liq ekanligini unutmang. Bu yerda bola, ota yoki onasining qarorlarida ozgina bo’shik sezsa, shu fursatdan hech ikkilanmasdan foydalanadi. Asosiysi oilada ota-onalarning farzandlari oldida gaplashayotgan gaplari bir-biriga mos bo’lishi kerak. Faqat, bu yerda e’tibor berilishi kerak bo’lgan nuqta, uxlash vaqtiga berilayotgan ahamiyat haddan oshmasligi kerak. Masalan, farzandingizning boshidan o’tkazgan stressli voqea yoki oiladagi qandaydir bir hursandchilik bolaning uyqu tartibini o’zgartirishi mumkin. Vaqti- vaqti bilan, farzandingizning ijobiy harakatlarini yaxshilash uchun kech uxlashga ruxsat berishingiz mumkin.
·        O’zingiz televizor ko’ra turib, farzandingizga "œuxlash vaqting keldi, o’rning borib yot," deyishingiz, bola qabul qilishi qiyin bo’lgan holatdir. Ayniqsa, uyqu soati tushunchasini shakllantirishga harakat qilinayotgan davrlarning boshida televizorning o’chirilishi, jismoniy ehtiyojlarning qondirilishi (hojat, yuvinish kabilar) atrofning sukunat holatga keltirilishi, uxlash soatidan yarim soat oldin "œBirozdan so’ng uxlash vaqti keladi" kabi oldindan ogohlantirishlar bilan farzandingizni uyquga tayyorlashingiz mumkin. Shu bilan birga uxlash vaqti yaqinlashganda, bolani hayajonlantiruvchi, harakatga keltiruvchi o’yinlardan uzoq bo’lishi kerak.
·        Kechalari uyg’onib ketish yoki yotmaslik kabi muammolari bo’lgan bolalarda albatta kech uyg’onosh kabi muammolari ham bo’ladi. Bu muammoni kamaytirish uchun odatdagiga nisbatan vaqtli yotgan va vaqtli turgan kunni topishga harakat qiling va o’sha kunni imkon qadar samarali o’tkazing. So’ng farzandingiz bilan o’tkazgan kuni haqida suhbatlashishingiz va unga "œKecha vaqtli uxlaganing uchun bugun vaqtli turding va biz ham sen bilan birga ko’p ishlar qildik," deb uni vaqtli yotishga o’rgatishingiz mumkin.

Bolajon.com dan olindi

Qayd etilgan