15 TA “MUMKIN EMAS" YOKI KASAL BOLANING OTA-ONASI BILISHI LOZIM BO’LGAN NARSALAR  ( 14204 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  04 Mart 2011, 20:00:04

Jajji farzandlarimiz gulday nozik bo’ladi, shu bois ular, ayniqsa kasal bo’lib qolishganida g’amxo’rlik va ehtiyotkorlikni talab qilishadi. Farzandingizga yordam beraman deb, unga zarar etkazib qo’ymaslik uchun bolalar tez-tez yo’liqadigan xastaliklarni va ular bilan bog’liq "œmumkin emas"larni o’rganing. O’shanda istalgan vaziyatda to’g’ri yo’l tutasiz.

"œMumkin emas"larning eng jiddiylari

Farzandingiz xastaliklardan yiroq bo’lishi uchun QILMASLIGINGIZ KERAK bo’lgan ishlarni esda saqlab qoling. Ularning eng asosiysi:
"¢ "œstaj"ga ega ota-ona bo’lsangiz ham mustaqil ravishda tashxis qo’ymang
"¢ bolani shifokorga ko’rsatmasdan turib davolashni boshlamang
Shifokor uchun ikkita bir xil yo’tal yoki qorin og’rig’i bo’lmaydi — har bir bolaga alohida yondashuv zarur! Shuning uchun bolangizning salomatligi bilan bog’liq har bir holatda avvalambor va iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qiling!
Farzandingizga nima bo’lganini faqat u aniqlashi mumkin.
Kasallik boshlanganidan to bolangizni shifokor ko’rguniga qadar, odatda bir necha soat vaqt o’tadi. Demak, shifokor kelguncha ota-ona NIMA QILMASLIGI LOZIMligi haqida to’xtalib o’tamiz.

 

Agar 4 yoshgacha bo’lgan farzandingizning harorati oshgan bo’lsa (38,5°S dan yuqori) quyidagilar MUMKIN EMAS:

"¢ bolaga analgin, aspirin, shu jumladan kattalar uchun mo’ljallangan eriydigan tabletkalarni berish, klizma orqali analgin yuborish (ushbu dorilar asorat qoldirishi mumkin);
"¢ agar bolada isitma bo’lsa, uni issiq o’rab qo’yish (organizm issiqlikni tashqariga chiqara olmaydi va haroratni tushirish qiyin bo’ladi);
"¢ bolaning tanasini konsentrasiyalangan spirt eritmalari (40° dan yuqori) va aralashtirilgan uksus bilan artish (terini kuydirib qo’yishingiz mumkin);
"¢ agar bundan oldin haroratning oshishi bolada tomir tortishishini keltirib chiqargan bo’lsa, isitmasini tushirishga urinish (38°S va undan yuqori);
"¢ agar isitma ko’tarilishidan tashqari bolada yo’tal va burun oqishi boshlangan bo’lsa, gorchichnik, banka qo’yish, oyoqlarni issiq suvga solish va ingalyasiya qilish (aks holda harorat ko’tarilib ketishi mumkin). Isitmaning ko’tarilishi krup (qo’pol, xirillagan yo’tal, bo’g’iq ovoz, nafas olishning qiyinlashishi) alomatlari bilan kechadigan holatlar bundan mustasno. Bu holatda bug’li ingalyasiya juda zarur!


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 20:00:33

Yo’talda (4 yoshgcha bo’lgan bolalarda) quyidagilar MUMKIN EMAS:

"¢ turli allergiyasi bor 2 yoshgacha bo’lgan va turli yoshdagi bolalarga gorchichnik qo’yish, ingalyasiya yoki tanaga surishlar uchun efir moylaridan foydalanish (bu bolalarda allergiya reaksiyasini qo’zg’ashi mumkin, shu jumladan nafas olishning buzilishini ham, obstruktiv bronxit bilan kasallangan kichkina bolalarda esa havo almashinishini va nafas olishni qiyinlashtirishi mumkin);
"¢ banka qo’yish;
"¢ balg’amli yo’talda yo’tal refleksini bosib turuvchi suyuq dori yoki tabletka berish (agar yo’tal balg’amini chiqarish qiyinlashtirilsa, u to’planib qoladi va nafas yo’llaridagi yallig’lanish jarayoni tez rivojlana boshlaydi);
"¢ uxlash oldidan balg’am ko’chiradigan suyuq dorini ichirish (bola balg’amdan bo’g’ilib qolishi mumkin).

Burun oqqanida (4 yoshgacha bo’lgan bolalarda) quyidagilar MUMKIN EMAS:

"¢ tomirlarni toraytiruvchi tomchilardan erkin foydalanish: keragidan ortiqcha tomizish yoki muayyan yoshdagi bolaga konsentrasiyasi to’g’ri kelmaydigan eritmalardan foydalanish (ortiqcha doza bola uchun xavfli);
"¢ burunga piyoz va sarimsoq suvini tomizish;
"¢ 1 yoshgacha bo’lgan bolalar va allergiyasi bor bolalarga shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan damlamalarni tomizish yoki burnni ular bilan yuvish (bu allergiyani keltirib chiqarishi mumkin);
"¢ 1 yoshgacha bo’lgan bolalarning burnini e’tiborsizlik bilan tozalash (agar bolada nafas olish qiyinlashsa, qonning kislorodga to’yinishi sezilarli darajada kamayadi, bu esa uning kayfiyatiga ta’sir qiladi);
"¢ burun oqishini davolatmaslik (asoratlar qolishi mumkin, masalan, otit).

Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 20:01:01

Tomoq qizarishi va og’rig’ida quyidagilar MUMKIN EMAS:

"¢ 2 yoshgacha bo’lgan bolalar va allergiyasi bor barcha yoshdagi bolalarning tomoq yallig’lanishini aerozol-dorilar, nastoykalar, shifobaxsh giyohlar damlamasi, efir moylari bilan davolash (bu allergiya reaksiyasini qo’zg’ashi mumkin);
"¢ konsentrasiyalangan (40° dan yuqori) spirt eritmalari bilan kompress qilish (ular terini kuydirishi mumkin).

Quloq og’rig’ida quyidagilar MUMKIN EMAS:

"¢ 4 yoshgacha bo’lgan bolalar qulog’iga shifokor tavsiyasisiz yog’ va dorilar tomizish (bolaning quloq pardasi lat eyishi va tomchilar o’rta quloq bo’shlig’iga tushib qolib kasallikni chuqurlashtirishi mumkin).

Qayt qilishda (4 yoshgacha bo’lgan bolalarda) quyidagilar MUMKIN EMAS:

"¢ bolaga "œdezinfeksiya" uchun marganes eritmalarini ichirish (bu oshqozonni og’ritishi va uning shilliq pardasini kuydirishi mumkin);
"¢ bola yana qayt qilishidan qo’rqib, unga suv bermaslik (bola organizmi qayt qilish bilan birga unga zarur bo’lgan suv va mineral tuzlarni yo’qotadi);
"¢ bolaga suyuqlikni noto’g’ri ichirish, ya’ni u qattiq chanqagan bo’lsa ham unga birdaniga ko’p suyuqlik berish (bu qayt qilishni yana qo’zg’ashi va organizm suyuqlik yo’qotishiga olib kelishi mumkin; 1 yoshgacha bo’lgan bolalarga 10 ml dan ko’p va yoshi kattaroq bolalarga 40-50 ml dan ko’p suv bermaslik lozim);
"¢ ichirish uchun sharbatlardan, suyuq konsentrasiyalangan kompotlardan foydalanish;
"¢ bolani qayt qilganidan so’ng darhol ovqatlantirish (bu yana qayt qilishga olib keladi);
"¢ bolani chalqanchasiga yotqizish (u qayt massasiga bo’g’ilib qolishi mumkin).


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 20:01:27

Me’da buzilishida (4 yoshgacha bo’lgan bolalarda) quyidagilar MUMKIN EMAS:

"¢ diareyani to’xtatishni va’da qiluvchi vositalardan foydalanish (aks holda axlat massasidagi toksinlar organizmni zaharlashi mumkin);
"¢ bolaga suyuqlik ichirmaslik yoki buni noto’g’ri bajarish (ich ketishi ham qayt qilishga o’xshab organizmdagi suv va mineral tuzlar yo’qolishiga olib keladi);
"¢ bolaga shirinliklar, pishirilmagan sabzavotlar, mevalar, qovurilgan va yog’li ovqatlar, sigir suti, shirin kompot berish.

Ich qotishida (4 yoshgacha bo’lgan bolalarda) quyidagilar MUMKIN EMAS:

"¢ 1 yoshgacha bo’lgan bolalarga shifokor tavsiyasisiz ich so’radigan dorilar berish;
"¢ to’g’ri ichakka sovun, gaz chiqaruvchi trubkani kiritish orqali ichak faoliyatini kuchaytirish (bunda ichak shilliq pardasiga zarar etkazishingiz mumkin);
"¢ klizma qilayotganda haddan tashqari ko’p iliq yoki issiq suv kiritish (bu holda axlatdagi toksinlar ichak devorlari orqali qonga shimilishi mumkin);
"¢ klizma orqali marganes eritmasini qiritish (bunda ichak shilliq pardasiga zarar etkazish mumkin).

Qorin og’rig’ida (istalgan yoshdagi bolalarda) quyidagilar MUMKIN EMAS:

"¢ og’riqni qoldiradigan...
"¢ ... va ich so’radigan dorilarni berish!
Og’riq jarrohlik yo’li bilan qoldiriladigan xastalik alomati bo’lishi, dori esa uni panalab qo’yishi mumkin.


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 20:02:03

Toshmada (4 yoshgacha bo’lgan bolalarda) quyidagilar MUMKIN EMAS:

"¢ shifokor kelgunga qadar dog’larni ko’kdori, marganes eritmasi bilan bo’yash (shifokor tashxis qo’yishi uchun toshmani ko’zdan kechirishi lozim);
"¢ paydo bo’lgan "œpufakchalar"ni ochish va siqish (ularda kasallikni qo’zg’atuvchilar bo’lishi mumkin, shunday ekan toshma tarqalishi yoki unga yangi infeksiya tushish xavfi bor);
"¢ masalan, agar suvchechak bo’lsa, hosil bo’lgan "œpo’stloq"ni timdalab olib tashlash (uning o’rni dog’ bo’lib qolishi mumkin).

Kuyishda (4 yoshgacha bo’lgan bolalarda) quyidagilar MUMKIN EMAS:

"¢ kuygan joyga ko’kdori, yod, spirtli eritma, yog’ surish;
"¢ kompress qilish;
"¢ kuyganda hosil bo’ladigan "œpufakchalar"ni yorish.

Kesilgan yarada (4 yoshgacha bo’lgan bolalarda) quyidagilar MUMKIN EMAS:

"¢ kesilgan joyni bir soatdan ko’pga tarang qilib bog’lash yoki jgut qo’yish (bu bog’langan joyda qon aylanishining buzilishiga olib keladi).

Bolaning burni yoki qulog’iga munchoq yoki tugmacha tushganida:

"¢ ularni tasodifan chuqurroq kiritib yubormaslik uchun mustaqil ravishda chiqarib olishga harakat qilmang. Masalan, silliq munchoq burundan nafas yo’llarining pastki qismlariga o’tib ketishi va bola normal nafas olmay qolishi mumkin.


Manba:    www.mamam-papam.ru

Qayd etilgan