Muallif Mavzu: Bolalarda tish chiqishi  ( 32013 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Bolalarda tish chiqishi
« : 07 Mart 2011, 14:02:55 »
Tish chiqishi bilan bo'gliq muammolar


Bolada tish chiqishi asosan 6 oydan boshlanib, 2.5-3 yoshiga qadar ma'lum bir tartibda barchasi chiqib bo'ladi. (Tish chiqish jadvali) Lekin bu muddat va tartib bolaning ovqatlanishi, genetik rivojlanishi va boshqa sabablar tufayli har xil bo'lishi mumkin. Agar oldin tish chiqishining kechikishi raxit belgisi deb ta'kidlangan bo'lsa, hozirgi kunga kelib, jismonan sog'lom bolada ham tish chiqishi  normadan kechikishi  yoki oldinroq bo'lishi mumkin ekanligi aniqlandi. Tish chiqish jarayoni ayrim bolalarda muammolar keltirib chiqarishi mumkin.


Ota-onalar quyidagi holatlarga alohida ahamiyat bermoqlari lozim:


- Tish chiqishi jadvaldagi muddatlardan 2-3 oyga kechikishi;
- Tishning jadvaldagi muddatdan 2-3 oy oldin chiqishi;
- Tish chiqish tartibining buzulishi;
- Tish chiqishi milkdagi tishlar qatoridan bo'lmasligi;
- Tishning noto'g'ri shakllanishi;
- Tug'ilishdan oldin tish chiqishi.

Yuqoridagi holatlar kasallik holati emas, lekin bola organizmida ma'lum patologik jarayon  mavjudligidan dalolat beradi.

Tish chiqayotganda, ko'p so'lak oqishini, bola tajang bo'lishini, og'ziga qo'lini yoki o'yinchoqlarni solib yurishini, ishtaha yo'qligini, uyqusi buzulishini kuzatishimiz mumkin. 

Bola tishi chiqayotganda uning qiynalishini qanday yengillashtirish mumkin:

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalarda tish chiqishi
« Javob #1 : 07 Mart 2011, 14:03:26 »
1. Tishi chiqayotgan paytda bolaga ikki barobar ko'proq mehr va e'tibor;

2. Rezinali, plastmassali bola tishlab yuradigan va tish chiqishini osonlashtiruvchi maxsus o'yinchoqlar (bolada og'riq juda sezilarli bo'lsa, bu o'yinchoqni berishdan oldin muzlatgichda sovutib bersangiz, og'riqni ham oladi);

3. Onaning toza qo'llarini doka bilan o'rab bola milklarini asta-asta massaj qilish (doka muzdek bo'lsa ham yaxshi);

4. Pediatr belgilagan og'riqni bosuvchi dori;

5. Tish og'rig'ini sezdirmaydigan maxsus gellar. (ayrim bolalarda bunday gellar tish chiqish jarayonini sekinlashtirib qo'yishi mumkin).

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalarda tish chiqishi
« Javob #2 : 07 Mart 2011, 14:04:25 »
Tish chiqishi alomatlari

Bolaning tishi chiqayotganda quyidagi alomatlar vujudga kelishi mumkin, lekin shart emas.
 
1 Bolaning milki shishib qoladi;
 
2. Bolaning milki oqsih rangga bo'yaladi;
 
3. Ko'p so'lak oqadi;
 
4. Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni istaydi;
 
5. Tana harorati oshadi ( ko'pi bilan 37-38 gradusgacha);
 
6. Bola injiqroq bo'lib qoladi;
 
7. Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi;
 
8. Bola ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi;
 
9. Bolaning ishtahasi yo'qoladi;
 
10. Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi.
 
Yuqoridagi alomatlarni ayrim kasalliklar alomatlari bilan adashtirib yubormang. Masalan, bolaning tana harorati oshib, bola yo'talib, burni oqayotgan bo'lsa, u holda bola shamollagan bo'lishi mumkin. Yoki bolaning ichi ketishi kuchayib borib, unga qusish ham qo'shilib ketsa, demak bola infeksion kasallikka uchragan, uni darhol davolash lozim.   
 
Onaning o'zi bolasi uchun birinchi shifokor. Shuning uchun yuqoridagi alomatlarni bolada kuzatsangiz va ular kasallik emasligiga shubhalanayotgan bo'lsangiz, u holda vrachga murojaat qilganingiz ma'qul.

Manba: www.uzbaby.com

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalarda tish chiqishi
« Javob #3 : 16 Sentyabr 2011, 14:39:07 »
O'g'lim xozirgi kunda oziq tishlari chiqayotgani sabab tinmay meni tishlayabdi. Ichi ketyabdi, qusyabdi. Agar bu holatlar tishi chiqmagan paytda bo'lsa edi aniq kasal, deb o'ylab kasalxonaga olib borgan bo'lardim. Oson emas tishi chiqishi, tinmay qashinyabdi shekilli, qo'liga tushgan hamma narsani tishlab, orada meni ham tishlab turibdi. Qo'llarimni yara qildi:) majburlab olib qolmasam qo'limni, tishlari kuchli bo'lganligi uchun etimni uzib olishgacha boradi. Albatta birinchi marta chiqayotgan tish bo'lganligi uchun sog'lom, kuchli.
Kechalari tez tez uyg'onyabdi. O'zi tayinli uxlamasdi, tishlari sabab umuman uyqu rejimi qolmadi. Tezroq chiqa qolsa edi qolgan tishlariyam:(

 

Tish og‘rig‘ining davolari

Muallif NodiBo'lim Salomatlik

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 12449
So'nggi javob 25 Noyabr 2010, 19:55:32
muallifi Habib
Bolalarda ich qotishi.

Muallif yoqutxonBo'lim Bolalar tibbiy tarbiyasi

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 48066
So'nggi javob 18 Sentyabr 2012, 12:08:24
muallifi Mahdiyah
Bolalarda ASTMA

Muallif AnsoraBo'lim Bolalar tibbiy tarbiyasi

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6479
So'nggi javob 07 Mart 2011, 15:05:22
muallifi Ansora
Bolalar tish-jag' sistemasi kasalliklari profilaktikasi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tibbiy kutubxona

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 17614
So'nggi javob 09 Sentyabr 2011, 06:03:24
muallifi Humayro
Bolalarda o'tkir appenditsit va uning alomatlari

Muallif AbdulAzizBo'lim Tibbiy kutubxona

Javoblar: 20
Ko'rilgan: 12757
So'nggi javob 12 Sentyabr 2011, 09:33:38
muallifi Humayro