Бешик  ( 12367 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ansora  07 Mart 2011, 13:58:37

Qadam urdiyu tarki mahd qildi,
Qo‘yub emgak, yururga jahd qildi.
Alisher Navoiyning "œFarhod va Shirin" asaridan olingan bu misralardagi "œmahd" so‘zi beshik ma’nosini beradi. Emgak — emaklash, yura boshlash ma’nosini bildiradi. Ha, beshik ana shunday juda qadimiy jihoz, qulaylik. Unda ming bor hikmatu fayz mujassam.
Muallifning: "œ"¦ an’anada avvalgi kunning aksi bor"¦ Unga tanqidiy qarashni bilishimiz kerak"¦ Shunda taraqqiyotimiz tezroq bo‘lishiga imkoniyat tug‘iladi", degan fikrlari sovetchilik nazariyasidan boshqa narsa emas!!! 75 yildan ziyod vaqt mobaynida tanqid bilan qaradik o‘zligimizga — jadal taraqqiy etdikmi? Hozirgi kunda har jihatdan taraqqiy etishimizga g‘ov-to‘siqlar, illatlar, "œShaxsiy fikr"da ko‘tarib chiqishga loyiqroq mavzular ozmunchami? Bola tarbiyasi bobida gap ketganda unga mehr-oqibat, fahm-farosat, ziyraklik, ezgu xislatlar ona suti orqali singadi, deyiladi. Buni tibbiyot faniyam, boshqasiyam tasdiqlaydi. "œFiguram" buziladi deb, bolasini qasddan emizmayotgan, "œtaraqqiy etgan" onalar haqida, sun’iy sutning bola fiziologiyasi, psixologiyasiga salbiy ta’siri haqida nega muallif lom-mim demaydi. Nega psixolog bu mavzularni "œShaxsiy fikr" orqali keng ommaga ko‘tarib chiqmaydi? "œHarom luqma va bolaning fe’l atvori" mavzusiyam dolzarb-ku? "œO‘zlikmi yoki taqlid?" "œBeburdlik" mavzulariyam bor.
Muallif o‘rni kelganda, "œu paytlar pampers bo‘lmagan", deya pampersni alohida ta’kidlab o‘tdi. "œPampers"ning bolaga ta’siri, hatto uni kelajakda bepusht qilib qo‘yishi mumkinligi va qator boshqa zararlari haqida gazetada o‘qigandim. Muallif esa pampers haqida entikib gapiryapti. O‘zligini unutgan odamga o‘zligidan boshqa hamma narsa "œsehrli" va "œjozibador" ko‘rinaveradi, tuyulaveradi!!!
Yana matbuot xabaridan ma’lum bo‘lgandiki, angliyaliklar O‘zbekistondagi beshik ustalarini o‘z yurt­lariga taklif qilishibdi. Maqsad ingliz oilasidayam beshikni joriy qilish. Chunki ingliz ortopedlari bola suyagining bir tekis o‘sishida beshikning ahamiyatini yaxshi baholashgan, tagining quruq bo‘lishiyam diqqatga sazovor. Boshqa yana ko‘plab foydali jihatlari inglizlarni o‘ziga rom etibdi. Inglizlar beshikni havas qilib turgan bir paytda, buni qarangki, o‘zi bolaligida beshikda yotgan o‘zbek muallifi beshikdan ehtiyot bo‘ling deya bong urmoqda va bu bilan go‘yoki nechog‘lik "œtaraqqiyparvar" ekanligini ko‘z-ko‘z qilmoqchi. Psixolog esa beshikning naq kushandasi sifatida namoyon bo‘lyapti. Bundayin "œpsixologu mutaxassislar"ning o‘rni qaerdaligining o‘ziyam muhokama qilishga loyiq, eng zo‘r, zamonaning eng dolzarb mavzularidandir! "œShaxsiy fikr"ga bizning shaxsiy fikrimiz shuki, bunaqangi muallif va psixologlardan ehtiyot bo‘lish koni foyda. Ular bilan hamfikr bo‘lish taraqqiyotga emas, bil’aks muqarrar zalolatga yetaklaydi odamlarni! Ko‘rsatuv ishtirokchilarining 20 foizi ular bilan hamfikr ekanligini bildirdi. O‘sha 20 foiz ichida hali turmush qurmagan, kelajakda ona bo‘ladigan yoshlarning borligi achinarlidir. Chunki endi ular bolaning "œfiziologik-psixologik" holatidan xavotir olib beshikdan voz kechishlari mumkin?!

Qayd etilgan


Ansora  07 Mart 2011, 13:58:53

Xulosa shuki, Vatan tuyg‘usi, yurt ishqi, millat qayg‘usi beshikning bir maromda tebranishi barobarida shakllanadi. Yuksak zakovat, ilm, e’tiqod tuyg‘usi, ezgu fazilatlarga ham beshikning daxli bor. Muallif ko‘rsatuvda e’tirof etganidek, "œQolgan 99 foiz millat beshikda yotmagan-ku.." degan e’tirozga kelsak, chamasi osiyoliklar yer yuzidagi millatlarning atigi 1 foizini tashkil etmasligi aniq. Sal mulohaza bilan hisob qilib fikr aytilsa, ayniqsa, OAVdagi chiqishlarda, juda o‘rinli bo‘lardi! Qolaversa, "œNur — Sharq­dan" ekanligini o‘sha beshikda yotmaganlar hozirgacha chuqur anglab e’tirof etadi. Shu bilan birga, Sharqdan — beshikda yotganlar orasidan yana Farobiy, Amir Temur, Rumiy, Nasafiy, Buxoriy, Ulug‘bek, ibn Sinolar yetishib chiqishidan ayrim beshikda yotmaganlarning xavotir olayotgani bor gap.
Buning uchun millatning qadriyatlariga yanada raxna solish, o‘zligidan, binobarin, hatto beshigidan judo qilish sari hormay-tolmayotganlar, beshikda yotganlar kabi butun dunyoga nur, hidoyat, ma’rifat, ilm ziyosini tarqatish emas, balki buzg‘unchilik, urush, zalolat, adovat urug‘ini sochayotganlar ham o‘sha "œ99 foiz"dagilar — beshiksizlar ekanligini unutib, xotirjam bo‘lishga haqqimiz bormi? Beshikda yotmaganlar dunyoni tebratsa ana shunaqa bo‘ladi! Ya’niki afkor ommaning halovati yo‘qoladi!
Muhiddin MIRZAAHMAD
Manba: Hurriyat.uz

Qayd etilgan