1. Chaqaloqni birinchi bor qachon cho'miltirish lozim?
Ayrim pediatrlarning ta'kidlashicha, chaqaloqni kindigi tushib ketmaguniga qadar bolani vannachada cho'miltirish mumkin emas. Boshqa pediatrlar bolani tug'ilganidanoq kindigiga qaramay bemalol cho'miltirish mumkin degan fikrda bo'ladilar. Siz o'zingiz hissiyotingizga qarab bir yo'lni tanlab olishingiz mumkin. Albatta, agar chaqaloq birinchi farzandingiz bo'lib, sizda kindik uchun biroz xavotir bo'lsa, u holda kindik tushib ketmaguncha cho'miltirmasdan yumshoq dastro'molcha bilan iliqdan issiqroq suvga botirib bola tanasini artib turing (har kuni). Kindik atrofini astalik bilan artib o'ting. Agar yangi zamon onasi bo'lsangiz, o'zingizga ishongan va cho'miltirishga qo'rqmaydigan bo'lsangiz, u holda bemalol chaqalog'ingizni cho'miltirishingiz mumkin. Faqat cho'miltirib bo'lgach kindik va uning atrofini yumshoq salfetkada quruqlating. Bunda salfetkani badanga ishqalamasdan, asta-asta bosib kindik va uning atrofidagi namlikni shimdiring. Kindik ho'l bo'lib qolib ketishi mutloq mumkin emas.
2. Cho'miltirish jarayonida bolani qanday yuvish lozim?
Bolani ishqalab yuvmaysiz albatta. Shunchaki suvni badaniga tekkizib-tekkizib, bir oz sovunlab, chayib tezda olib chiqasiz. Boshini tanasidan oldin yuvib, sovuq qotmasligi uchun artib bosh kiyim kiyg'azib qo'yish lozim.
3. Yuzlarini qanday yuvish kerak?
Chaqaloq yuzi juda mayin bo'ladi. Uni cho'miltirganda emas, balki yotgan holida mayin sochiqni iliq suvga botirgan holda asta-asta artib chiqing. Ko'zlarini ham shunday sekin bosmasdan ichkaridan tashqariga qarab arting.